383
14.2.1-rasm. Shartnomaviy davlat mavjudligining shartlari
1.
Davlat faoliyatining aniq konstitutsiyaviy doiralarining mavjud
bo‗lishi.
Konstitutsiyada shaxslar tomonidan davlatga topshiriladigan va hech bir
sharoitda begonalashtirilishi mumkin bo‗lmagan
huquqlar eksplitsit tarzda
kelishilgan. Bundan tashqari, davlat apparatining o‗zi ular asosida faoliyat
ko‗rsatadigan me‘yorlar aniq ifodalangan
1
.
2.
Fuqarolarning davlat faoliyatida ishtirok etishi mexanizmlarining
mavjud bo‗lishi.
Fuqarolar davlat faoliyatida ishtirok etishining siyosiy
1
Тамбовцев В. Государство и переходная экономика: пределы управляемости. – М.: 1997 -
С. 80-81.
Shartnomaviy davlat mavjudligining
shartlari
Davlat faoliyatining aniq
konstitutsiyaviy doiralarining
mavjud boʼlishi.
Fuqarolarning davlat faoliyatida
ishtirok etishi mexanizmlarining
mavjud boʼlishi.
Mulkchilik huquqlarini
taqsimlashning asosiy
muqobil mexanizmi
sifatida bozor institutining
mavjud boʼlishi
Mulkchilik huquqlarini
tafsirlash va himoya qilish
muqobil mexanizmlarining
mavjudligi.
384
mexanizmlari jumlasiga demokratik tartibotlar kiradi. Biroq
demokratiya
me‘yorlari o‗z o‗zicha Еtarli emas, ular fuqarolar ishtirokining barqaror
an‘analariga tayanishi lozim, ular ba‘zan fuqarolarning umumiy farovonlikning
o‗sishini ta‘minlashdagi roli tufayli ijtimoiy kapital deb ataladi. Iqtisodiy sohada
fuqarolar ishtirokining an‘analari alohida firmalar darajasida o‗zini o‗zi
boshqarishni rivojlantirish shaklini qabul qiladi. Ish o‗rnidagi demokratiya
umuman jamiyatni demokratlashtirishning unsuri hisoblanadi: inson, agar u
davlatni demokratik boshqarishda faol ishtirok etishga intilsa, o‗zining kundalik
turmushida demokratik o‗zini o‗zi boshqarish tajribasiga ega bo‗lishi lozim.
3.
Mulkchilik huquqlarini taqsimlashning asosiy muqobil mexanizmi
sifatida bozor institutining mavjud bo‗lishi
. Davlat mulkchilik huquqlarining
bozorda nolli transaksiya xarajatlari chog‗ida erishilishi mumkin bo‗lgan tarzda
taqsimlanishiga erishishni ko‗zlaydi. Shuning uchun
davlat vaqti-vaqti bilan
bozorga taqqoslanmagan holda faoliyat ko‗rsata olmaydi.
4.
Mulkchilik
huquqlarini
tafsirlash
va
himoya
qilish
muqobil
mexanizmlarining mavjudligi.
«Ovoz»dan foydalanish, ya‘ni fuqarolarning
davlatning faoliyatida ishtirok etishi bilan bir qatorda «chiqish» - shaxslarning
shartnomalar bajarilishining boshqa kafillariga murojat etishining muqobil
variantlari ham mavjud bo‗lishi kerak. Muqobil kafillar sifatida boshqa davlatlar,
davlatni nazorat qiluvchi guruhga muholifat, mafiya,
ijtimoiy guruh, hakamlar
sud‘yasi ishtirok etishi mumkin. Subinstitutlar qanchalik takomillashgan bo‗lsa,
davlat shunchalik kam darajada erkinlikka ega, umumiy daromadning shunchalik
katta ulushi fuqarolarning qo‗llariga tegadi. Shu nuqtai nazardan bir davlat
mintaqalari o‗rtasidagi hamda davlatlar o‗rtasidagi migratsion oqimlar insonlarning
samarasiz davlat apparatiga qarshi ovoz berish istagini aks ettiradi. Umuman
olganda mulkchilik huquqlarini tafsirlash va himoya qilish mexanizmlarining
«bozori» haqida gapirish mumkin. Ushbu bozorda
shaxslar nafaqat muayyan
jamiyat doirasidagi mavjud muqobil variantlar o‗rtasida tanlaydi, balki boshqa
mamlakatlarda mavjud bo‗lgan, tarixda yoki nazariyada mavjud bo‗lgan muqobil
variantlarni ham hisobga olishadi. Sharqiy Еvropa mamlakatlarida bunday bozor
385
ayniqsa yaqqol ifodalangan: ushbu bozorning davlatni uning shartnomalarning
muqobil kafillari bilan raqobatlashishi jarayonida isloh qilishdagi roli o‗ta muhim.
Dostları ilə paylaş: