386
Ekspluatatorlik
davlatining
faoliyat
ko‗rsatishida
majbur
qilish
salohiyatining fuqarolar o‗rtasida taqsimlanishi muhim rol o‗ynaydi. Chunki aynan
shaxs yoki kuch ishlatining katta imkoniyatiga ega bo‗lgan guruh davlat apparatini
nazorat qiladi va kuch ishlatishni qo‗llash monopoliyasini qo‗lga kiritadi.
Aynan
shuning uchun harbiy texnologiyaning rivojlanishi ekspluatatorlik davlati
faoliyatining asosiy omillaridan biriga aylanadi. Bu esa, o‗z navbatida, uning ichki
beqarorligini nazarda tutadi. Haqiqatdan ham, harbiy texnologiyaning o‗zgarishi
kuch ishlatish salohiyatining turli aholi guruhlari o‗rtasida
qayta taqsimlanishiga,
demak, davlat apparatini nazorat qiluvchi guruhning almashishiga olib keladi.
Davlatning ekspluatatorlik modelidan shartnomaviy modelga o‗tish ham mumkin.
Bundan davlat qurilishi dinamikasining, demak, mulkchilik huquqlari tarkibi
dinamikasining tebrantirib turuvchi xususiyati haqidagi taxminlar kelib chiqadi.
Rentani undirishga yo‗naltirilgan tizimdan keyin samaradorlikni
oshiruvchi tizim
kelishi muqarrar va aksincha.
Dostları ilə paylaş: