388
holatda) haqida fikr yuritishga imkon beradi. Ta‘kidlash lozimki, budjetda «bozor»
soliqlarining ulushi barqaror qisqarish tendensiyasiga ega. Shuningdek,
soliqlarning yig‗ilishi, ya‘ni amaldagi soliq tushumlari va soliq solish bazasining
real miqdorlaridan kelib chiqib hisoblab yozilgan soliqlar o‗rtasidagi nisbat
to‗g‗risidagi ma‘lumotlar ham muhim axborotni o‗zida mujassamlantiradi.
Soliqlarning yig‗ilishi qanchalik yuqori bo‗lsa, davlat shartnomaviy modelga
shunchalik yaqin bo‗ladi.
Ikkinchi mezon – davlat xarajatlarining tarkibi va birinchi navbatda real
moliyalangan hamda davlat budjeti to‗g‗risidagi qonunda qayd etilgan xarajatlar
nisbati. Ekspluatatorlik davlatida uning majbur qilish salohiyatini saqlab qolish va
kuchaytirish bilan bog‗liq xarajatlar («kuch ishlatuvchi» vazirliklarni saqlab turish
xarajatlari) hamda bevosita davlat apparatini saqlab turish uchun yo‗naltirilgan
xarajatlarni moliyalashning ustuvorligi o‗rin tutadi. Mudofaa, huquqni muhofaza
qilish faoliyati va davlat apparati xarajatlarni katta tayyorgarlik bilan amalga
oshiradi.
Dostları ilə paylaş: