16.2.1-jadval.
Sanoat iqtisodiyoti va innovatsion iqtisodiyot o„rtasidagi farq
Sanoat iqtisodiyoti
Innovatsion iqtisodiyot
Hom-ashyo
Tabiiy resurslar, ishchi
kuchi, kapital
G‗oyalar
Mijozlar tomon
yo„nalish
Ommaviy ishlab chiqarish
Axborot texnologiyalari va
mahsulot dizayniga asoslangan
ommaviy kastomizatsiyalash
Tashkiliy jihat
Katta korporatsiyalar,
masshtab iqtisodiyoti
Tadbirkorlar, kichik
o‗lchamlilik, Еrkin agentliklar,
tarmoqlar
Omad olib
keluvchi omil
Mehnat; Sifat; Arzon narx
Barqarorlik; Nazorat
Talant tezligi, innovatsiya
Moslashuvchanlik;
Kastomizatsiyalash
464
Source:
The innovation driven economic development model. A practical guide for the regional
innovation
broker.
Collaborative
Economics.
California,
2008.
5-p.
(available
at:
www.InnovateCalifornia.com)
Innovatsion iqtisodiyotni ishlab chiqish va yangi bozorlarni shakllantirish
jarayonini rag‗batlantirish uchun innovatsion jarayonlarni qo‗llab-quvvatlovchi
maxsus innovatsion infratuzilmani va institutlarni yaratish zarur. Bu Еrda
mamlakatlarning milliy innovatsion tizimlari hal qiluvchi omilga aylanadi. Milliy
innovatsion tizim odamlar, korxonalar va muassasalar o‗rtasida texnologiya va
axborot oqimini anglatadi va milliy darajada innovatsion jarayonni ta‘minlaydi.
Iqtisodchilar milliy innovatsion tizim (MIT)ga turlicha ta‘riflar beradilar:
MIT – davlat va xususiy sektorda faoliyat yurituvchi va yangi
texnologiyalarni import qilish, o‗zgartirish va tarqatish sohasidagi o‗zaro aloqador
muassasalar tarmog‗i
1
;
MIT– yangi, iqtisodiy va foydali bilimlarni ishlab chiqarish, tarqatish va
ulardan foydalanishda o‗zaro ta‘sir qiluvchi, bir millat davlati chegaralarida
joylashgan yoki ildiz otgan elementlar va munosabatlardir
1
;
MIT– milliy kompaniyalarning innovatsion faoliyatini belgilab beruvchi
institutlar to‗plamidir
2
;
MIT–mamlakatda texnologik ta‘limning darajasi va yo‗nalishini
belgilaydigan milliy institutlar, ularni rag‗batlantiruvchi tuzilmalar va vakolatlar
yig‗indisi
3
;
MIT–yangi texnologiyalarni ishlab chiqish va tarqatish uchun birgalikda
va individual ravishda o‗z hissasini qo‗shadigan turli xil muassasa va tashkilotlar
bo‗lib, ular hukumatning innovatsion jarayonga ta‘sir o‗tkazish siyosatini
shakllantiradi va amalga oshiradi. Shunday qilib, MIT yangi texnologiyalarni
1
Freeman C. The National System of Innovation in Historical Perspective//Cambridge Journal of Economics.
Cambridge, 1995.
No. 19.P. 5-24
1
Lundvall, B.A. National Innovation Systems: Towards a Theory of Innovation and Interactive Learning.
London:
Pinter, 1992.
45- p.
2
Nelson, R. National innovation systems. A comparative analysis.
New York: Oxford University Press, 1993.
P.102
3
Patel, P and Pavitt L. The Nature and Economic Importance of National Innovation Systems//STI Review
OECD:
Paris, 1994.
№. 14
465
aniqlaydigan bilim, ko‗nikma vaishlarni yaratish, saqlash va uzatish uchun o‗zaro
bog‗langan muassasalar tizimi
1
.
Innovatsion jarayonda universitetlar; ITTKI institutlari; kansalting markazlari;
yuridik institutlar; marketing agentliklari; Еtkazib beruvchilar, iste‘molchilar va
boshqalar asosan axborot oqimlari orqali faoliyat yuritadilar. Tadqiqotchilar
innovatsion jarayon, milliy xo‗jalikning innovatsion faoliyatida bilimning bosh
omil ekanini ta‘kidlab, kichik hajmda bo‗lsada, ammo ochiq bilim katta hajmdagi,
ammo yopiq bilimdan ko‗ra ko‗proq samara olib kelishini aytadilar. Bu esa
innovatsion tizim faolitini tushunish, tarqaish va diffuziya qiliga yordam beradi
2
.
Bugungi kunda milliy innovatsion tizimni shakllantirishning universal
amaliyoti yo‗q. Biroq ekspertlar Еvro Atlantik, Sharqiy Osiyo modelini va
rivojlanayotgan mamlakatlar modeli keltirib o‗tadilar. Barcha modellarninng
taraqqiyoti quyidagi shart-sharoitlarga asoslanadi
1
:
Iqtisodiy rivojlanishning Еtarlicha darajasi – innovatsion tizimni
moliyalashtirish uchun tegishli mablag‗lar ajrata oladigan rivojlanish darajasi
bo‗lib, YaIM va aholi jon boshiga to‗g‗ri keladigan yalpi ichki mahsulot (YaIM)
bilan belgilanadi;
milliy innovatsion tizimni shakllantirish va rivojlantirish uchun Еtarli
bo‗lgan texnologik va innovatsion salohiyat;
Innovatsion rivojlanishga yo‗naltirilgan institutlarning mavjudligi;
uy xo‗jaliklarining innovatsiyalarga bo‗lgan talablari.
Innovatsion tizimda innovatsion faoliyatni moliyalashtirish muhim
ahamiyatga ega. Innovatsion faoliyatni moliyalashtirishda g‗oyalar va bilimlarni
yakuniy mahsulotga aylantirish va ularni amaliyotga joriy qilish uchun zarur
moliyaviy resurslarni jalb qilishni tushunamiz. Iqtisodchilar innovatsion faoliyatni
1
Metcalfe, S.The Economic Foundations of Technology Policy: Equilibrium and Evolutionary Perspectives.
Handbook of the economics of innovation and technological change.
Blackwell Oxford, 1995
2
Cowan R. and Gert van de Paal. Innovation policy in a knowledge-based economy. The Commission of the
European Communities, Luxembourg.
ECSC-EC-EAEC:Brussels-Luxembourg, 2000.
21-p.
1
Камилова М.Х., Ходжаева К.А. Модернизация экономики Узбекистана: формирование национальной
инновационной системы (
www.ukros.ru>2013/03>камилова_ходжаева)
466
moliyalashtirishni manbasiga ko‗ra ikki turni ajratadilar: davlat tomonidan
moliyalashtirish va xususiy moliyalashtirish.
Innovatsion iqtisodiyotni rag‗batlantirish uchun ayrim xorijlik iqtisodchilar
quyidagi takliflarni beradilar
1
:
ishchi kuchi samaradorlini o‗lchash uchun yaxshiroq o‗lchovlardan
foydalanish. Ishchining yoki barcha ishchilarning ish soatining YaIMga nisbatan
hisoblanuvchi eskicha yondoshuvlar raqamli texnologiyalarning transformatsional
tabiatini nazardan chetda qoldiradi;
kichik biznes, startaplarni boshlash uchun kreditni kengaytirish orqali
tadbirkorlikni
rag‗batlantirish,
maktab
o‗quv
dasturlariga
tadbirkorlik
ko‗nikmalarini qo‗shish;
hukumatning
innovativligi
va
hamkorligini
kuchaytirish,
xizmat
ko‗rsatishning yangi yondashuvlari rivojlantirish, shaffoflikni oshirish;
keng tarmoqli, axborot uzatish markazlari va mobil uyali aloqalariga
investitsiya kiritish orqali infratuzilmani mustahkamlash va simsiz dasturlardan
foydalanishni yaxshilash;
muhim raqamli aktivlarni himoya qilish, muhim infratuzilmalarga
tahdidlarni monitoring qilish jarayonlarini ishlab chiqish;
raqamli darsliklar orqali bilimlarni Еtkazib berishni takomillashtirish,
o‗quv materiallari uchun ijodiy uyushmalarning litsenziyalaridan keng foydalanish;
davlat va xususiy sarmoyalarni ish joylari va iqtisodiy faoliyatga
aylantirish, shuningdek, sog‗liqni saqlash, xavfsizlik va farovonlikni yaxshilash
uchun universitetlar va mahalliy laboratoriyalardan bilimlarni tijoratlashtirishda
keng kengaytirish;
global innovatsiyalar va iqtisodiy erkinlikni rag‗batlantirish uchun
transchegaraviy qonunlarni uyg‗unlashtirish.
Innovatsiyalar mamlakat va uning iqtisodiyotini rivojlantirishning eng
samarali
yo‗llaridan
sanaladi.
A.Toffler,
F.Fukuyama,
D.Bell
kabi
1
West D., Friedman A., and Valdivia W. Building an innovation-based economy. Governance Studies at Brookings,
November 2012.
1-p..
467
iqtisodchilarning ta‘kidlashicha, aynan innovatsiyalar zamonaviy dunyoda
rivojlangan mamlakatlarning boshqa mamlakatlarga nisbatan iqtisodiy ustunligini
belgilab bermoqda. Shuningdek, Massachusets Texnologiyalar Instituti professori
D. Achemogluning fikricha ―innovatsiya uzoq muddatli o‗sish uchun eng muhim
narsaligiga iqtisodchilarning 95 foizi qo‗shiladi‖. Misol uchun, innovatsiyalarning
ahamiyati va muhim roli tufayli, 2008-yilda Katta 20 talik (G-20) rahbarlari
tomonidan ―dinamizm, innovatsiya va tadbirlorlik iqtisodiy o‗sish uchun
muhimdir‖ deb nomlanuvchi qo‗shma bayonotni qabul qilindi
1
.
Har yili global innovatsiyalar indeksi, global ijodkorlik indeksi, global
raqobatbardoshlik indeksi, bilimlar iqtisodiyoti indeksi, tarmoqqa tayyorlik
indeksi, Blumberg innovatsiyalar indeksi, Jahon iqtisodiy forumining hisobotlari,
Birlashgan Millatlar Tashkilotining innovatsion salohiyatiga ko‗ra dunyo
mamlakatlarining reytinglari e‘lon qilib boriladi.
Global innovatsiyalar indeksi (GII) har yili chop Еtiladigan nashr bo‗lib, unda
mamlakatlarning (iqtisodiyotlarning) innovatsiyalar uchun qulay sharoitlar
yaratishi va innovatsion natijalari bo‗yicha yig‗ma ko‗rsatkichi taqdim etiladi. GII
140 dan ortiq mamlakatlarni 84 ko‗rsatkichdan foydalangan holda baholaydi.
Iqtisodiy o‗sish va farovonlik omili sifatida innovatsiyalarning muhim roli e‘tirof
Еtilib,
rivojlangan
va
rivojlanayotgan
mamlakatlarda
qo‗llaniladigan
innovatsiyalarga keng gorizontdan qarash zarurligini ta‘kidlagan holda, GII
an‘anaviy innovatsion tadqiqotlar darajasiga kirmaydigan ko‗rsatkichlarni ham o‗z
ichiga oladi. Jahon intellektual mulk tashkiloti (WIPO), Kornel universiteti va
Еvropa biznes boshqaruvi instituti (INSEAD) tomonidan birgalikda nashr
etiladigan Global Innovatsiyalar Indeksi bo‗yicha 2019yilda Shveysariya,
Shvetsiya, AQSh, Gollandiya va Buyuk Britaniya dunyoning eng innovatsion
jihatdan rivojlangan mamlakatlari sanaladi
1
. Blumberg Innovatsiyalar Indeksining
1
www.innovationexcellence.com/blog/2015/02/03/triumph-of-the-innovation-economy-part 7/ February3, 2015 by
Rowan Gibson
1
https://www.wipo.int/global_innovation_index/en/2019/
468
2019 yilgi reytingiga ko‗ra esa Janubiy Koreya, Germaniya, Finlandiya,
Shvetsariya, Istoil jahonda Еtakchilik qiladi
1
.
Xulosa qilib aytish mumkin, jahon iqtisodiyotida zamonaviy tendensiyalardan
hisoblanuvchi innovatsion iqtisodiyot rivojlanishning yangi bosqichi sanaladi.
Innovatsiya asoslanuvchi iqtisodiyot inson kapitali, fan, ta‘lim, ishlab chiqarish,
institutlarning samaradorligi, infratuzilma, bozor ba biznesning rivojlanganlik
darajasi, bilim va va texnologik natijalarning yig‗indisi bo‗lib, unda bilim,
ijodkorlik, olimlar va ixtirochilar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning asosisy resursi
sanaladi. Milliy innovatsion tizim mamlakatning innovativligini va uning global
maydonda
raqobatbardoshligini belgilab, innovatsion
siyosatning
asosiy
yo‗nalishlarini aniqlab beradi. Shunday ekan, innovatsion iqtisodiyotning nazariy
asoslarini hayotga tadbiq etgan, jozibador innovatsion muhitini yaratgan
mamlakatlargina global raqobatda ustunliklarga ega bo‗laveradi. Natijada,
hukumat va xusisy sektorning mustahkam hamkorligi yaratilib, uzoq muddatli
iqtisodiy o‗sishga asos solinadi.
Dostları ilə paylaş: |