Abulqosimov m. H., Umarov a. T., Qulmatov a. A. Institusional iqtisodiyot


-rasm. Innovatsion rivojlanish indikatorlari



Yüklə 5,06 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə250/290
tarix18.11.2023
ölçüsü5,06 Mb.
#132866
1   ...   246   247   248   249   250   251   252   253   ...   290
Институционал иқтисодиёт дарслик l

16.3.1.-rasm. Innovatsion rivojlanish indikatorlari
1
Innovatsion iqtisodiyotning shakllanishi va rivojlanishini ifodalovchi 
mezonlarning asosiylari sanoatning rivojlanganlik darajasi, yuqori texnologiyalar 
asosida ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi, YaIMda ITTKIga qilingan xarajatlar 
salmog‗i, YaIM tarkibida innovatsion mahsulotlar ulushi, mamlakatda qilingan va 
ro‗yxatga olingan ixtirolar, kashfiyotlar, patentlar soni va ularning tijoratlashuv 
1
Шокирова Ф. томонидан ишлаб чикилган 
Innovatsion rivojlanish indikatorlari 
Iqtisodiy sohada 
Ijtimoiy sohada 
Faol innovatsion faoliyat 
sohasida 
Iqtisodiy erkinlik indeksi 
yuqoriligi 
Inson kapitalining 
yuqori sifati 
Global innovatsion indeks 
yuqoriligi 
Kapital joylashuvi va 
oqimining joʼshqinligi 
Hayot sifati va 
darajasining yuqoriligi 
YaIM tarkibida ITTKI ga 
ajratilayotgan mablagʼning 
yuqoriligi 
Samarali investitsion siyosat, 
raqobat muhitining 
mavjudligi 
Chet el investitsiyalarini jalb 
etish uchun tegishli sotsial 
infratuzilmaning mavjudligi 
Innovatsion faoliyat subʼektlariga 
qoʼllanilayotgan keng qamrovli 
soliq imtiyozlari tizimi mavjudligi


471 
darajasi hisoblanadi. Innovatsion iqtisodiyotni barpo etishda davlatning va xususiy 
bo‗g‗inning katta miqdordagi moliyaviy mablag‗larini safarbar etish zarur bo‗ladi.
Innovatsion rivojlanishni va innovatsion iqtisodiyotga o‗tishni ta‘minlash 
maqsadida innovatsion siyosat amalga oshiriladi.
 Innovatsiya siyosati
– bu davlat 
tuzilmalarining innovatsiya jarayonlarini faollashtirish va ular ijtimoiy-iqtisodiy 
samaradorligini oshirish bilan bog‗liq holda iqtisodiyot va umuman jamiyatga 
ta‘sir ko‗rsatishga qaratilgan maqsad hamda usullar majmuasidir
1
.
Hozirgi vaqtda innovatsiya siyosatining asosiy yo‗nalishlari quyidagilardan 
iborat: 
a) milliy mahsulot raqobatbardoshligi ortishini ta‘minlaydigan innovatsiya 
faolligini kuchaytirish;
b) zamonaviy texnologiyalar asosini tashkil etadigan innovatsiyalarni butun 
choralar bilan qo‗llab-quvvatlash; 
v) yangi mahsulotlar va ilg‗or texnikaviy ishlanmalarga asoslangan 
texnologiya yaratish hamda keyinchalik ularni moddiy ishlab chiqarish sohasida 
joriy etish uchun ilmiy-tadqiqot va konstruktorlik loyihalarini moliyalashtirish;
g) innovatsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solishni raqobatbardosh 
bozor innovatsiya mexanizmi samarali amal qilishi va intellektual mulkni 
himoyalash bilan qo‗shib olib borish; 
d) innovatsiyalarni amalga oshirish uchun ishlab chiqarish va umuman 
iqtisodiyotning texnikaviy darajasini tubdan o‗zgartirishga qaratilgan qonunchilik 
va axborot asosini yaratish;
e) texnologiyalarning xalqaro va mintaqalararo transferti, xalqaro 
investitsiyaviy hamkorlik, milliy innovatsiya tadbirkorligi manfaatlarini himoya 
qilishga ko‗maklashish
1

Innovatsion iqtisodiyotga o‗tishda quyidagi indikatorlarning zaruriy 
chegarasini kiritish lozim bo‗ladi: 
1
Абулқосимов Ҳ.П., Абулқосимов М.Ҳ. Иқтисодий хавфсизлик: назария ва амалиѐт. Ўқув қўлланма.-
Т.:Ноширлик ѐғдуси, 2019.-211-212-бетлар. 
1
Қаранг: Абулкасимов Х.П., Расулов Т.С. Особенности научно-технической и инновационной политики 
стран СНГ, Ближнего и Среднего Востока. Учебное пособие.- Т., ТашГИВ, 2017.380 с. 


472 
• 
mehnat unumdorligining o‗sishi iqtisodiy natija (sof daromad) o‗sishining 
birligiga nisbatan kamida 1,5 martaga, mashinasozlikning ilmhajmkor 
tarmoqlarda 2 martadan kam bo‗lmagan o‗sishiga erishish; 
• 
fondlar tushumining o‗sishi iqtisodiy natija o‗sishining birligiga 
ilmhajmkor tarmoqlar uchun 5%, iqtisodiyotning boshqa sohalari uchun 
minimum 10%dan kam bo‗lmasligi lozim; 
• 
Resurslar sig‗imining pasayishi iqtisodiy natija o‗sishining birligiga
iqtisodiyot real sektorining barcha tarmoqlari uchun 10%dan kam 
bo‗lmasligi kerak
1
.
Moliyaviy mablag‗siz nafaqat, g‗oya izlash, ilmiy tadqiqot o‗tkazish, 
zamonaviy jihozlar, asbob-uskunalar orqali sinovlar o‗tkazish, ish haqi berish 
kabilarni, balki, umumiy innovatsion jarayonni amalga oshirish mumkin 
bo‗lmagan asosiy resurs hisoblanadi. Shu bois ham mamlakatlar o‗zlari erishgan 
ilmiy-texnik taraqqiyoti darajasini saqlab turish uchun ilmiy-texnologik faoliyatga 
kiritiladigan investitsiyalarini doimiy oshirib borishlari lozim. 2010-2017 yillar 
mobaynida ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmanlari (ITTKI) 
xarajatlarining yillik oshishi dunyoda o‗rtacha 5%
1
ni tashkil etgan bo‗lsa, dunyo 
YaIM i bu vaqt oralig‗ida o‗rtacha 3%
2
darajasida o‗sdi. Absolyut narxlarda esa 
dunyo ITTKI xarajatlari 1437,0 mlrd. AQSh dollaridan rekord darajadagi 
ko‗rsatkich – 2 trillionga Еtdi
3
. Hozirga paytda tadqiqot va ishlanmalarga 
investitsiya kiritish bo‗yicha birinchi beshtalikdan AQSh, Xitoy, Yaponiya, 
Germaniya va Koreya Respublikasi kabi yirik iqtisodiyotga ega mamlakatlar joy 
olgan, ularga jami xarajatlarning 54% i to‗g‗ri keladi (qarang:16.3.1-jadval). 

Yüklə 5,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   246   247   248   249   250   251   252   253   ...   290




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin