Abulqosimov m. H., Umarov a. T., Qulmatov a. A. Institusional iqtisodiyot


-rasm. Yuqori texnologik eksport bo„yicha 2017 yilda jahonning



Yüklə 5,06 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə253/290
tarix18.11.2023
ölçüsü5,06 Mb.
#132866
1   ...   249   250   251   252   253   254   255   256   ...   290
Институционал иқтисодиёт дарслик l

 
16.3.2-rasm. Yuqori texnologik eksport bo„yicha 2017 yilda jahonning 
Еtakchi Top-10 davlatlari (mlrd. doll.; %)
1
 
Ikkinchi va uchinchi o‗rinlarni Germaniya va Singapur egallagan bo‗lib, 
2017 yilda mazkur davlatlar birgalikda dunyo texnologiyalarining 16% ini 
(307,8 mlrd. doll.) eksport qilgan. Bunda 2010-1017 yillar oralig‗ida Germaniya 
1
World Bank Data (
https://data.worldbank.org/indicator/TX.VAL.TECH.CD?end=2018&start=2010

1
 
https://knoema.ru/atlas/ranks/Экспорт-высокотехнологичных-товаров
 


476 
Еtkazmalari ikki barobarga ko‗paygan bo‗lsa, Singapur dunyoning eng katta 
iqtisodiyoti – AQSh ni quvib o‗tdi. 
Mamlakat innovatsion faolligi ixtirolarga talabnomalar yoki berilgan 
patentlar soni orqali ham tavsiflanishi mumkin. Ularning soni nafaqat davlat sanoat 
rivojlanishining ko‗rsatkichi, balki innovatsion harakatlar, amaliy tadqiqotlar va 
tajriba-konstruktorlik ishlanmalarning rivojlanish darajasining tashqi belgisi ham 
hisoblanadi. 
Bugungi kunda yirik xalqaro tashkilotlar yirik mamlakatlarning texnologik 
faolligini ularning Amerika yoki Еvropa patent idoralariga berilgan talabnomalar 
orqali baholab boradilar. Ulardan eng yirigi bo‗lgan Jahon intellektual mulk 
tashkiloti (World Intellectual Property Organization) ga ko‗ra, 2018 yilda patent 
talabnomalari soni bo‗yicha AQSh (56142 ta), Xitoy (53,345 ta) va Yaponiya 
(49,702 ta) Еtakchi bo‗lib, ular umumiy patentlar hajmida mos ravishda 22,2%, 
21,1% va 19,6% ulushga egalik qilmoqda
1

Yuqorida qayd etib o‗tilgan ko‗rsatkichlarni tahlil etish natijalari shuni 
ko‗rsatadiki, zamonaviy bosqichda innovatsionlik darajasi aksariyat hollarda 
iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda yuqoriligicha qolmoqda. O‗z-o‗zidan 
aksariyat hollarda aynan o‗z milliy innovatsion tizimini to‗g‗ri shakllantira olgan 
davlatlar iqtisodiy xavfsizlik jihatidan ham boshqa iqtisodiyotlarga qaraganda 
Еtakchilik qilmoqda. Xulosa qilib aytganda, bugungi sharoitda mamlakat iqtisodiy 
xavfsizligini ta‘minlash innovatsion rivojlanish bilan o‗zaro bog‗liq holda amalga 
oshirilishi lozim. 

Yüklə 5,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   249   250   251   252   253   254   255   256   ...   290




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin