Abulqosimov m. H., Umarov a. T., Qulmatov a. A. Institusional iqtisodiyot


Iqtisodiyotning barcha sohalarini raqamli texnologiyalar asosida yangilashni



Yüklə 5,06 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə259/290
tarix18.11.2023
ölçüsü5,06 Mb.
#132866
1   ...   255   256   257   258   259   260   261   262   ...   290
Институционал иқтисодиёт дарслик l

Iqtisodiyotning barcha sohalarini raqamli texnologiyalar asosida yangilashni 
nazarda tutadigan Raqamli iqtisodiyot milliy konsepsiyasini ishlab 
chiqishimiz kerak. Shu asosda “Raqamli O„zbekiston – 2030” dasturini 
hayotga tatbiq etishimiz zarur. 
Raqamli iqtisodiyot yalpi ichki mahsulotni 
kamida 30 foizga o‗stirish, korrupsiyani keskin kamaytirish imkonini beradi. 
Nufuzli xalqaro tashkilotlar o‗tkazgan tahlillar ham buni tasdiqlamoqda‖
2
, -deb 
ta‘kidlagan edi. 
Mamlakatimizning innovatsion iqtisodiyotga o‗tishida faol investitsiya 
siyosatini amalga oshirish ham dolzarb hisoblanadi. Shu boisdan, davlat rahbari 
tomonidan 2019 yilga ―Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili‖, deb nom 
1
Ўзбекистон Республикаси Президентининг ―2019-2021 йилларда Ўзбекистон Республикасини 
инновацион ривожлантириш стратегиясини тасдиқлаш тўғрисида‖ги 2018 йил 21 сентябрдаги ПФ-
5544-сонли Фармони.
2
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиѐевнинг Олий Мажлисга 
мурожаатномаси.2018 йил 28 декабр. //Халқ сўзи, 2018 йил 29-декабр.


488 
berish taklif qilindi. Prezident Sh.M.MirziyoЕv tomonidan iqtisodiyotimiz 
rivojlanishining muhim sharti bo‗lgan faol investitsiya siyosatini izchil davom 
ettirish vazifasi belgilandi. 2019 yilda 
to‗g‗ridan-to‗g‗ri xorijiy investitsiyalar 4,2 
milliard dollarni tashkil etib, 2018 yilga nisbatan – mana shu raqamga 
e‘tiboringizni qaratmoqchiman – 3,1 milliard dollarga yoki 3,7 barobar 
o‗sdi

Investitsiyalarning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 37 foizga Еtdi. 
Mamlakatimiz ilk bor xalqaro kredit reytingini oldi va jahon moliya bozorida 1 
milliard dollarlik obligatsiyalarini muvaffaqiyatli joylashtirdi. Iqtisodiy hamkorlik 
va rivojlanish tashkiloti tomonidan O‗zbekistonning kreditga doir tavakkalchilik 
reytingi oxirgi 10 yilda birinchi marta yaxshilandi. Energetika, neft-gaz, geologiya, 
transport, yo‗l qurilishi, qishloq va suv xo‗jaligi, ichimlik suvi va issiqlik ta‘minoti 
hamda boshqa qator tarmoqlarda chuqur tarkibiy islohotlar boshlandi. Sanoatning 
12 ta Еtakchi tarmog‗ida modernizatsiyalash va raqobatdoshlikni kuchaytirish 
dasturlari jadal amalga oshirilmoqda. Natijada o‗tgan yili iqtisodiy o‗sish 5,6 foizni 
tashkil etdi. Sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmi 6,6 foizga, eksport – 28 foizga 
ko‗paydi. Oltin-valyuta zaxiralarimiz 2019 yil davomida 2,2 milliard dollarga 
ortib, 28,6 milliard dollarga Еtdi
1

O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat MirziyoЕv 2020 yil 24 
yanvardagi Oliy Majlisga murojaatnomasida ―Taraqqiyotga erishish uchun raqamli 
bilimlar va zamonaviy axborot texnologiyalarini egallashimiz zarur va shart. Bu 
bizga yuksalishning eng qisqa yo‗lidan borish imkoniyatini beradi. Zero, bugun 
dunyoda barcha sohalarga axborot texnologiyalari chuqur kirib bormoqda. 
Yurtimiz ―Xalqaro axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish 
indeksi‖ bo‗yicha 2019 yilda 8 pog‗onaga ko‗tarilgan bo‗lsa-da, hali juda ham 
orqadamiz. Aksariyat vazirlik va idoralar, korxonalar raqamli texnologiyalardan 
mutlaqo yiroq, desak, bu ham haqiqat. Albatta, raqamli iqtisodiyotni shakllantirish 
kerakli infratuzilma, ko‗p mablag‗ va mehnat resurslarini talab etishini juda yaxshi 
bilamiz. Biroq, qanchalik qiyin bo‗lmasin, bu ishga bugun kirishmasak, qachon 
1
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиѐевнинг Олий Мажлисга 
мурожаатномаси. 2020 йил 24 январь //Халқ сўзи, 2020 йил 25 январь. 


489 
kirishamiz?! Ertaga juda kech bo‗ladi. Shu bois, raqamli iqtisodiyotga faol o‗tish – 
kelgusi 5 yildagi eng ustuvor vazifalarimizdan biri bo‗ladi. 
Raqamli texnologiyalar nafaqat mahsulot va xizmatlar sifatini oshiradi, ortiqcha 
xarajatlarni kamaytiradi. Shu bilan birga, meni juda qattiq tashvishga soladigan va 
bezovta qiladigan eng og‗ir illat – korrupsiya balosini yo‗qotishda ham ular 
samarali vositadir. Buni barchamiz teran anglab olishimiz darkor,‖
1
- deb 
ta‘kidlagan. Shundan kelib chiqib, yurtboshimiz Mamlakatimizda ilm-fanni 
yanada ravnaq toptirish, yoshlarimizni chuqur bilim, yuksak ma‘naviyat va 
madaniyat egasi etib tarbiyalash, raqobatbardosh iqtisodiyotni shakllantirish 
borasida boshlagan ishlarimizni jadal davom ettirish va yangi, zamonaviy 
bosqichga ko‗tarish maqsadida yurtimizda 2020 yilga

Yüklə 5,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   255   256   257   258   259   260   261   262   ...   290




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin