Abulqosimov m. H., Umarov a. T., Qulmatov a. A. Institusional iqtisodiyot



Yüklə 5,06 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/290
tarix18.11.2023
ölçüsü5,06 Mb.
#132866
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   290
Институционал иқтисодиёт дарслик l

Институтлар 
Сиёсий соҳа 
Ижтимоий соҳа 
Иқтисодий соҳа 
Институтлар 
Сиёсий соҳа 
Ижтимоий соҳа 
Иқтисодий соҳа 
Институтлар 
Сиёсий соҳа 
Ижтимоий соҳа 
Иқтисодий соҳа 
Institutlar 
Сиёсий соҳа 
Ijtimoiy soha 
Iqtisodiy soha 
Siyosiy soha 


48 
2.4. Institutsional o„zgarishlar va institutlarning
o„zaro bog„liqligi 
Institutlar qanday ishlayotganligini, nima uchun ular asrlar mobaynida 
mavjud bo‗lishi va rivojlanishini, ularning ―hayotiyligi‖ yoki barqarorligini 
tushunish uchun institutsional o‗zgarishlarga olib keluvchi sabablarni o‗rganib 
chiqish lozim. 
Jamiyatning rivojlanish jarayonida institutlar shaklining o‗zgarishi ro‗y 
beradi. Agar rasmiy qoidalarni u yoki bu qonun, farmonni qabul qilib o‗zgartirish 
mumkin bo‗lsa, an‘analar va urf-odatlarda ifodalanadigan norasmiy cheklovlarni 
bir kunda o‗zgartirib yoki tugatib bo‗lmaydi. Ular yana uzoq vaqt amal qilishda va 
jamiyat rivojiga ta‘sir ko‗rsatishda davom etadi. 
Biroq institutsional tizimning o‗zida doimiy ravishda o‗zgarishlarga ehtiyoj 
sezilib bo‗lib turadi. T.Veblenning ta‘kidlashicha, institutsional o‗zgarishlarning 
asosiy sababi shakllangan institutlar bilan o‗zgargan sharoitlar, tashqi muhit 
o‗rtasidagi o‗zaro nomuvofiqlik hisoblanadi. 
D.Nort institutsional o‗zgarishlar sub‘ekti sifatida yakka tartibdagi 
tadbirkorni, institutsional o‗zgarishlar manbai sifatida esa narxlar nisbatidagi 
fundamental siljishlarni ajratadi. 
O‗zgarishlar mexanizmi quyidagicha: nisbiy narxlar tarkibidagi siljishlar 
ishlab chiqarish omillarining narxlari o‗rtasidagi narx ulushiga, axborot qiymatiga 
va texnologiyalardagi o‗zgarishlarga ta‘sirni nazarda tutadi. Ushbu o‗zgarishlardan 
ayrimlari ekzogen xususiyatga ega (inqiroz, epidimiya va h.k.), biroq aksariyat 
o‗zgarishlar endogen xususiyatga ega bo‗lib, insonlarning joriy faoliyati 
kengayishi natijalarini aks ettiradi. Narxlar nisbatidagi fundamental o‗zgarishlar 
vaqt o‗tishi bilan xatti-harakat eski odatlarining o‗zgarishiga va insonlar tomonidan 
xatti-harakat standartlarini hosil qiladigan omillarning aglab Еtilishiga olib keladi. 
Biroq, narxlar o‗zgarishining g‗oyalarga ta‘siri darajasi to‗g‗risidagi masala 
hozircha kam o‗rganilganligicha qolmoqda. 


49 
D.Nortning fikriga ko‗ra, mafkura institutsional o‗zgarishlarning yana bir 
manbai hisoblanadi. Mafkura deganda, u insonlar ular orqali atrofdagi olamni 
qabul qiladigan va baholaydigan sub‘ektiv modelni tushunadi. Mafkuraviy 
mayillik ham iqtisodiy hisob-kitoblardan holi emas: olamning sub‘ektiv manzarasi 
kimningdir foydali imkoniyatlarini chegaralashi qanchalik katta bo‗lsa, uni qayta 
ko‗rib chiqishdan manfaatdorlik shunchalik kuchli bo‗ladi. 
Shunday qilib, institutsional o‗zgarishlar texnika taraqqiyoti, yangi 
bozorlarning ochilishi, aholi sonining o‗sishi va hokazolar, ya‘ni ular natijasida 
tashkiliy va institutsional o‗zaro hamkorlikning ilgari muvafaqiyatli faoliyat 
ko‗rsatgan alohida shakllari ―foydasiz‖ bo‗lib qoladigan jarayonlar oqibatida yuz 
berishi mumkin. Yangi rasmiy normalar o‗rniga boshqalari qabul qilinadi, 
norasmiy normalarga amal qiladigan insonlar soni kamayib borishi bilan ular asta-
sekin yo‗qolib boradi.
Institutlar paydo bo‗lishining o‗ziga xos jihatlari shundaki, ular o‗zlari paydo 
bo‗lishidan avval amal qilgan normalar va sharoitlarga bog‗liq hisoblanadi. Shu 
tariqa, har qanday yangi institut, mavjud iqtisodiy yoki ijtimoiy sharoitlar 
(institutsional matritsa) tomonidan belgilab beriladi. Institutsional o‗zgarishlar 
sezilarsiz tarzda kechishi ham, yoki o‗zgarishlar, jamiyatdagi mavjud ijtimoiy-
iqtisodiy tizimning tezda takomillashuviga olib kelishi ham mumkin. 
Institutsional o‗zgarishlar eski va yangi institutlar o‗rtasidagi o‗zaro 
bog‗liqlik xususiyati ham katta rol o‗ynaydi. D.Nort bog‗liqlikning quyidagi 
turlarini ta‘kidlaydi: 
Birinchisi – rivojlanishning avvalgi yo‗liga bog‗liqlik – chuqur aloqa, yangi 
institutlarning faqatgina eski institutlar negizida paydo bo‗lishini ta‘minlovchi 
yangi institutlarning eski institutlarga kuchli bog‗liqligi. 
Ikinchisi – mutlaq yangi institutlarning paydo bo‗lishiga bo‗shliq mavjudligi 
orqali belgilanadigan nisbatan kamroq. 
Bog‗liqlikning ushbu ikki xili evolyutsion xususiyatga ega, chunki eski 
institutlardan yangi institutlarga o‗tishda izchillikka amal qilinadi. Evolyutsion 
o‗zgarishlar jiddiy iqtisodiy larzalar sodir bo‗lmagan va ularning jahon ishlab 


50 
chiqarishidagi ulushi ustun bo‗lgan bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarning 
institutsional tizimlariga xosdir. Izchilligiga qaramay evolyutsion o‗zgarishlar sifat 
jihatdan ilgari siljishlarni istisno etmaydi – miqdoriy-sifat o‗zgarishlar dialektikasi 
o‗z kuchida qoladi. 
D.Nort tomonidan ajratilgan bog‗liqlikning uchinchi xili – eski va yangi 
institutlar o‗rtasida yaqqol aloqa (bog‗liqlik)ning mvjud emasligi – inqilobiy 
xususiyatga ega. Inqilobiy o‗zgarishlar jamiyat rivojlanishining avvalgi o‗zgarish 
chizig‗iga amal qilishni nazarda tutmaydi va tafakkur tarzi odatlari va 
an‘analarining tubdan o‗zgarishi bilan kuzatiladi. 
Hatto iqtisodiy tizim samaradorligining oshishiga xizmat qiluvchi inqilobiy 
o‗zgarishlar ham aholining ko‗plab guruhlari uchun jiddiy ijtimoiy oqibatlarni 
keltirib chiqarishi mumkin. Bunga bir yaqqol misol tariqasida XV-XVIII asrlarda 
Angliyada ro‗y bergan agrar sohadagi tub burilishlar bilan bog‗liq institutsional 
o‗zgarishlarni keltirish mumkin. 

Yüklə 5,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   290




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin