53
Jamiyat rivojlanishi bilan mavjud institutlar va ular negizini tashkil etuvchi
rasmiy va norasmiy qoidalar ham o‗zgarib boradi, takomillashadi. Bunday
o‗zgarishlarni ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy sharoitlar belgilab beradi.
Institutlar o‗zaro muvofiqlashtirilgan
tarzda ishlashi, davlat tizimi
faoliyatining samaradorligiga katta ta‘sir ko‗rsatadi. Institutlar
faoliyati aksariyat
hollarda normalarga bog‗liq. Norma tushunchasi tartibni saqlash funksiyasiga ega
bo‗lib, u o‗zaro hamkorliklik tizimida majburiy xatti-harakat bajarilishini talab
etadi. Normalar
hamkorlik strategiyasi, qoida, xususan, normaning o‗zi kabi
shakllarga ega. Ratsionallikning to‗liq, to‗liqsiz, tartibotli,
asoslangan, harakat
normasi kabi shakllari mavjud. Ijtimoiy tanlash nazariyasida
normalarga oqilona
tanlash natijasi sifatida qaraladi. Kelishuvlar iqtisodiyotida esa,
normalar oqilona
xatti-harakatning omili sifatida tahlil qilinadi.
MAVZUGA DOIR TAYANCH IBORALAR
Institut
– insonlar tomonidan barpo etiladigan va o‗zaro hamkorlikni
tarkiblovchi siyosiy, iqtisodiy hamda ijtimoiy me‘yorlar va qoidalar.
Dostları ilə paylaş: