Mulk huquqi institutining asosiy tamoyillari
1) xususiy mulkning davlat mulki bilan bir qatorda konstitutsiyaviy tan
olinishi va davlat mulkining ham, xususiy mulkning ham yuridik jihatdan teng
himoyalanishi;
2) har qanday ob‘ektning xususiy mulk sifatida tan olinishi, qonunda
ko‗rsatib o‗tilganlar bundan mustasno;
3) yakka tartibdagi shaxsning xususiy mulkida bo‗lgan ob‘yektlar sifati yoki
qiymatiga cheklovlarning mavjud emasligi;
4) xususiy mulk uning mulkdori tomonidan istalgan vaqtda uchinchi
tomonga mulkni topshirish usullarini tartibga soluvchi tegishli qoidalarga amal
qilingan holda topshirilishi mumkinligi;
5) xususiy mulk ob‘ekti ashyolarni ham, mulkiy huquqlarni ham o‗z ichiga
olishi;
521
6) xususiy mulk egasi bunday mulkni boshqa shaxsga mulkni, ishonchli
mulkchilik asosida tasarruf etuvchi shaxsga mulkchilik huquqini o‗tkazmagan
holda, ishonchli boshqarishga topshirishi mumkinligi;
7) davlat mulkni, o‗ziga tegishli korxonani xo‗jalik yuritish yoki tezkor
boshqarish huquqlarida topshirishi mumkinligi;
8) barcha Еr va tabiiy resurslar mutlaq davlat mulki hisoblanishi;
9) davlat Еr va mineral resurslardan foydalanish, ularga egalik qilish va
ularni tasarruf etish huquqini xususiy (jismoniy yoki yuridik) shaxsga topshirishi
mumkinligi;
10) jamiyat ehtiyojlari uchun xususiy mulk rekvizitsiya qilinishiga faqat
qonunda ko‗rsatilgan alohida holatlarda ruxsat etilishi va mulkdor uchun Fuqarolik
kodeksining
203-moddasidagi
rekvizitsiyalash
to‗g‗risidagi
qoidada
mujassamlangan himoyalash choralarini nazarda tutadi.
3-ilova
O„zbekistonda xususiy mulkchilik shakllari:
yakka tadbirkorlik;
xususiy korxonalar;
fermer xo‗jaliklari;
dehqon xo‗jaliklari;
xo‗jalik jamiyatlari (AJ, MChJ, QMJ);
kichik korxonalar;
mikrofirmalar.
522
4- ilova
Dostları ilə paylaş: |