Abulqosimov m. H., Umarov a. T., Qulmatov a. A. Institusional iqtisodiyot


 O„yinlar nazariyasi tayanch modellarining tasnifi



Yüklə 5,06 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/290
tarix18.11.2023
ölçüsü5,06 Mb.
#132866
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   290
Институционал иқтисодиёт дарслик l

3.3. O„yinlar nazariyasi tayanch modellarining tasnifi 
O‗yinlar nazariyasi uchun bir necha tayanch modellar mavjud [40]. Ushbu 
modellar Nesh bo‗yicha muvozanat nuqtalarining soni bilan va ularning 
Shtakelberg bo‗yicha va Pareto bo‗yicha muvozanat nuqtalariga mos kelishi yoki 
mos kelmasligi bilan farq qiladi.
Umumiy 
ko‗rinishda modellar tipologiyasi o‗yinlar nazariyasida 
foydalaniladigan ikkala ishtirokchisi uchun quyidagi ko‗rinishga ega bo‗ladi:
1
St/N 



1
Олейник А.Н. Институциональная экономика. Теория игр и моделирование 
взаимодействий / Вопросы экономики. №3, 1999. – С. 141. 


69 

I. N
1
=St
1
=St
2
=R≠N
2
II. N=St
1
=St
2
=R 
III. N=St
1
= St
2
≠R
≠ 
IV. N
1
=St
1
=R
1
≠(N
2
=St
2
=R
2

V. N=St
1
=R
1
≠(St
2
=R
2

VII. St
1
=R≠(St
2
=R) 
VI. N=St
1
≠(St
2
=R) 
VIII. St
1
=R≠St
2
I model. Masalan, ikkita talaba tomonidan uchrashuv joyining tanlanishi 
vaziyatini aks ettiradi. Ulardan har birini yo kutubxonada yoki bufetda topish 
mumkin. Bufetdagi uchrashuv ikkala talabaga ham foydalilikni ta‘minlashi nazarda 
tutiladi: ular kofe yoki biror xil sharbat ustida suhbat o‗tkazishlari mumkin. 
1-talaba 
2-talaba 
Kutubxonaga borish 
Bufetga borish 
Kutubxonaga borish 
0; 1 
2; 2[N
2

Bufetga borish 
3; 3[N
1
St
1
St
2
R] 
1; 0 
Bu o‗yin uning yordamida «fokal nuqta» - ikkala talaba tomonidan o‗zlari 
tanlaydigan uchrashuv joyi g‗oyasi aks ettirilishi tufayli qiziqarli. Agar ikkalasi 
ham bir-birini yaxshi bilsa, ular bir birini topishi mumkin bo‗lgan joyni taxmin 
qilish unchalik qiyinchilik tug‗dirmaydi. «Fokal nuqta» bufet bo‗lishi ehtimoli 
ko‗proq. 
II model. Er-xotin o‗rtasidagi qat‘iy shakldagi keskin vaziyatni namoyon 
etadi. Er-xotin ikkita muqobil – konsertga yoki futbolga borish variantidan birini 
tanlash yo‗li bilan kechki vaqtni qanday o‗tkazishni hal etadi. Har birining fikri 
ravshan: xotin - konsertga, er - futbolga borishni afzal ko‗radi. Bunda er-xotin 
kechki vaqtni birgalikda o‗tkazishdan hordiq chiqarishni ancha past baholashadi. 
Er 
Xotin 
Konsertga borish £ 
Futbolga borish 
Konsertga borish 
1; 3 
0; 0 
Futbolga borish £ 
2; 2[N
1
St
1
St
2
R] 
3; 1 


70 
O‗yin shunisi bilan qiziqki, bu Еrda ikkala ishtirokchida ham ustun 
strategiya mavjud (£) «konsertga borish» – xotin uchun, «futbol matchiga borish» - 
er uchun. 
III model. «Mahbuslar dilemmasi» muhokamasi. 
1-gumondor 
2-gumondor 
Aybni tan olish £ 
Aybni tan olmaslik 
Aybni tan olish £ 
1; 1 [N St
1
St
2

3; 0 
Aybni tan olmaslik
0; 3 
2; 2 [R] 
IV model. Er-xotin o‗rtasidagi avvalgi qattiq shakldagi ixtilofli vaziyatning 
yumshoqroq varianti. Qat‘iy shakldagi ixtilofli vaziyatning yumshoq shakldan 
faqat bitta farqi mavjud, er-xotin birgalikda o‗tkazilgan kechki vaqtdan ko‗rilgan 
manfaatni yuqori baholashadi: 
Er 
Xotin 
Konsertga borish
Futbolga borish 
Konsertga borish 
2; 3 [N
2
St
2
R
2

0; 0 
Futbolga borish
1; 1 
3; 2 [N
1
St
1
R
1

V model. Ushbu model qurolsizlanish muammosini ifodalaydi. A mamlakat 
B mamlakatga nisbatan urush boshlash masalasini hal etadi, B mamlakat esa 
qurollanish yoki qurolsizlanish variantlaridan birini tanlaydi. Muammo shundan 
ibortki, qurolsizlangan B mamlakt tajovvuzkor A mamlakat uchun oson o‗ljaga 
aylanadi, qurollangan mamlakat esa tajovvuzga tajovvuz bilan javob qaytarishi 
mumkin: 
A mamlakat 
B mamlakat 


71 
Qurollanish 
Qurolsizlanish £ 
Urush e‘lon qilish 
0; 0 
3; 1 [N St
1
R] 
Urush e‘lon qilmaslik
2; 2[St
2
R] 
1; 3
VI model. Biron-bir romanni o‗qish to‗g‗risida qaror qabul qilish bilan 
bog‗liq og‗ir ma‘naviy tanlash vaziyatini aks ettiradi. Birinchi kitobxon, agar u 
kitobni o‗qiy olmasa, afsus chekadi, lekin, agar u ushbu romanni baribir o‗qishni 
boshlasa, o‗zi bundan uyaladi. Ikkinchi kitobxon – munofiqning fikriga ko‗ra, 
kitobni o‗qishni hammaga taqiqlash lozim, lekin agar romanni o‗qish kerak bo‗lsa, 
u holda faqat uning o‗zi o‗qishi lozim: 
1-kitobxon 
2-kitobxon 
O‗qimaslik £ 
O‗qish
O‗qimaslik 
0; 3 
3; 1 [St
2
R] 
O‗qish 
1; 1 [N St
1

2; 0 
VII model quyidagi o‗yin ko‗rinishida amalga oshiriladi. Har bir o‗yinchi 
o‗yin boshida 2 dollarga ega va ushbu summaning yarmini qutiga solib qo‗yadi. 
So‗ngra quti birinchi o‗yinchiga topshiriladi, u ushbu summani o‗zida qoldirishi 
yoki quduqqa tashlab yuborishi mumkin. Ikkinchi ishtirokchi birinchi o‗yinchining 
xatti-harakatini oldindan aytib berishi lozim va, agar u buning uddasidan chiqsa, 1 
dollar oladi. Bundan tashqari, agar quti quduqqa tashlanmasa, o‗yinchilar undagi 
summani o‗zaro bo‗lib olishadi:
1-o‗yinchi 
2-o‗yinchi 
Quduqqa tashlash 
Quduqqa tashlamaslik
Quduqqa tashlash 
0; 2 
2; 0
Quduqqa tashlamaslik 
3; 1 [St
2
R] 
1; 3 [St
1
R] 


72 
VIII modelda davlat bilan sarmoyador o‗rtasidagi o‗zaro munosabatlar 
ifodalanadi. Sarmoyadorda harakatlarning ikkita varianti mavjud – mamlakatda 
investitsiyani amalga oshirish yoki oshirmaslik. Davlat esa investitsiyalardan 
olinadigan daromadlarga yuqori soliq belgilashi yoki soliqni umuman bekor qilishi 
mumkin: 
Davlat 
Sarmoyador 
Investitsiya kiritmaslik 
Investitsiya kiritish 
Soliq joriy etish 
0; 1 
3; 0
Joriy etmaslik 
1; 2 [St
2

2; 3 [St
1
R] 
Yuqorida izohlangan modellarni ko‗rib chiqish individlar o‗rtasidagi o‗zaro 
hamkorlik jarayonida yuzaga keladigan qator muammolarni aniqlash va tahlil 
qilish imkonini beradi: 

muvofiqlashtirish muammosi
Nesh bo‗yicha ikkita nuqta mavjud bo‗lgan 
hollarda paydo bo‗ladi (I, IV modellar). Muvofiqlashtirish muammosining hal 
etilishi qo‗shimcha institutsional shart-sharoitlar joriy etilishi, «fokal nuqtalar» 
yoki kelishuvlar mavjud bo‗lishini talab qiladi. Masalan, er-xotinning qiziqishlari 
bir joydan chiqqan hollarda, ular o‗z harakatlarini muvofiqlashtirishi ancha 
osonlashadi; 
-
birga bo‗la olishlik muammosi 
Nesh bo‗yicha muvozanat mavjud 
bo‗lmagan vaziyat uchun xosdir (VII, VIII modellar). Agar institutlar 
strategiyalarni tanlashni cheklamasa va «yo‗naltirmasa», individlar o‗z 
harakatlarini muvofiqlashtira olishmaydi. Masalan, davlat bilan sarmoyador 
o‗rtasidagi o‗zaro munosabatga davlatning nufuzi omilining joriy etilishi (2, 3)
yakunda to‗xtalish imkonini beradi; 
-
kooperatsiya muammosi - 
Nesh bo‗yicha muvozanat mavjud, u 
yagona, lekin Pareto bo‗yicha optimal emas (III model - «mahbuslar dilemmasi»). 
Ushbu vaziyatda ham institutsional cheklovning joriy etilishi Pareto bo‗yicha 
optimal natijaga erishishni ta‘minlaydi; 


73 
-
adolatlilik muammosining
dolzarbligi -
 
Nesh bo‗yicha yagona 
muvozanat asimmetrik, yutuqning o‗zaro hamkorlik ishtirokchilari o‗rtasida 
adolatsiz taqsimlanishi bilan tavsiflanadi (V, VI modellar). Adolatsizlik 
muammosini hal etish variantlaridan biri takrorlanadigan o‗yinlarga o‗tish va 
«aralash» strategiyalar asosida normalarni ya‘ni, t
0
vaqt lahzasida individ A 
strategiyani, t

vaqt lahzasida esa B strtegiyani tanlaganda bo‗ladi.

Yüklə 5,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   290




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin