6
bizga chetdan kelib qilib bermaydi.
Xalqimiz shuni yaxshi bilishi kerak:
oldimizda uzoq va mashaqqatli yo„l turibdi. Barchamiz jipslashib, tinimsiz
o„qib-o„rgansak, ishimizni mukammal va unumli bajarsak, zamonaviy
bilimlarni egallab, o„zimizni ayamasdan oldinga intilsak, albatta, hayotimiz
va jamiyatimiz o„zgaradi”
1
-deb ta‟kidlagan.
Hozirgi kunda institutsional iqtisodiyot fani iqtisodiy nazariyaning uzviy bir
yo‗nalishi sifatida dadil maydonga chiqdi. Ushbu fan Belorussiya, Rossiya,
Ukraina, Qozog‗iston, Boltiq bo‗yi va boshqa o‗tish iqtisodiyotiga ega bo‗lgan
qator mamlakatlarning iqtisodiyot yo‗nalishida kadrlar tayyorlovchi oliy o‗quv
yurtlarida keng o‗qitilmoqda va mazkur fan bo‗yicha kafedralar tashkil etilgan.
E‘tiboringizga havola etilayotgan ushbu darslikda yangi institutsional
nazariyaning
metodologik asoslariga, asosiy qoidalariga, tamoyillariga, ushbu
yo‗nalish vakillarining
ilmiy qarashlariga, jamiyatdagi rasmiy va norasmiy
normalarni muvofiqlashtirish muammosiga, norasmiy institutlarning roliga muhim
ahamiyat berilgan.
Shuningdek, darslikda institutsional iqtisodiyotning tadqiqot usuli sifatida
o‗yinlar nazariyasi va modellashtirish tavsifiga, reja va bozor institutlari faoliyati
normalari hamda shartnomalar xillariga katta e‘tibor qaratilgan. Transaksiyalar va
transaksiya xarajatlari nazariyasi, transformatsion yondashuvning o‗ziga xos
xususiyatlari va uning ahamiyati
hamda tahliliy usullari, mulkchilik huquqlari va
mulk shakllarining rivojlanishi, davlat va uy xo‗jaligi xillari, firmalar turlari va
ular faoliyatining institutsional asoslari keng yoritilgan.
Darslikda institutlarni
yangi institutsional muhitga joriy etish jarayonlarini o‗rganishga keng o‗rin
berilgan.
Ushbu darslik T.Veblen, R.Kouz, D.Nort, O.Uilyamson, T.Eggertson kabi
institutsionalizm namoyondalarining jahonda tan olingan asarlarini, Mustaqil
davlatlar hamdo‗stligi mamlakatlari olimlarining so‗nggi yillar mobaynida chop
etilgan, institutsional iqtisodiyot nazariyasi doirasidagi
tadqiqotlarning yangi
1
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиѐевнинг Олий Мажлисга мурожаатномаси. 2020 йил
24 январь//Халқ сўзи, 2020 йил 25 январь.
7
yo‗nalishlarini
belgilab
bergan
A.N.Oleynik,
R.I.Kapelyushnikov,
V.M.Polterovich, V.L.Tambovsev, A.Е.Shastitko hamda mamlakatimiz olimlari
akademik S.S.G‗ulomov, A.Sh.Bekmurodov, I.Butikov, Ab.V.Vaxabov,
Al.V.Vaxabov,
N.X.JumaЕv,
T.T.Jo‗raЕv,
A.F.
Rasulev,
D.TojiboЕva,
T.Sh..ShodiЕv, Sh.Sh.Shodmonov, A.IsaxodjaЕv,F.T.EgamberdiЕv, N.Yusupova,
R.Yaushev, A.M. Qodirov, A.Xoshimov kabilarning mulkchilik huquqi,
institutsional islohotlar,
transaksiya va shartnomalar, xufyona va norasmiy
iqtisodiyot nazariyalari bilan bog‗liq ilmiy ishlarini hamda mamlakatimizda
amalga oshirilgan institutsional hamda iqtisodiy islohotlar natijalarni ilmiy jihatdan
umumlashtirishga asoslangan.