Abulqosimov m. H., Umarov a. T., Qulmatov a. A. Institusional iqtisodiyot



Yüklə 5,06 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/290
tarix18.11.2023
ölçüsü5,06 Mb.
#132866
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   290
Институционал иқтисодиёт дарслик l

 


83 
IV BOB.
 
RЕJA INSTITUTI VA 
BOZOR INSTITUTI 
 
4.1. Iqtisodiyot konstitutsiyalarining shakllanishi
4.2. Buyruqbozlik iqtisodiyoti normalari 
4.3. Bozor konstitutsiyasi normalari 
4.4. Mulkchilik huquqlarini iqtisodiy asoslash
 
 
4.1. Iqtisodiyot konstitutsiyalarining shakllanishi 
Normalar individlarning o‗zaro muvofiq munosabatlari barqarorligining 
asosiy kafolati hisoblanadi. Individ kontragent harakatlarini tushunish va o‗z 
harakatini ular bilan muvofiqlashtirish uchun u yoki bu normani tanlash barobarida 
umuman tizimning barqarorligini ta‘minlaydi. Individ normadan chetga chiqsa, 
uni normaga qaytaruvchi tartibga solish mexanizmining mavjudligi normalar 
tizimini shakllantiradi. Shuningdek, normalar tizimi makro va mikrodarajalar 
o‗rtasidagi asosiy bog‗lovchi bo‗g‗inga aylanadi.
Individlarning iqtisodiy faoliyat ko‗rsatishini ta‘minlovchi normalar tizimiga 
iqtisodiyot konstitutsiyasi deyiladi. Iqtisodiyot konstitutsiyasi buyruqbozlik va 
bozor tizimlaridagi o‗zaro zid normalarga amal qiladi. Masalan, bozor tizimi faqat 
individlar o‗zlarining kundalik iqtisodiy faoliyatida u asoslanadigan normalardan 
foydalangan darajaga qarab barqaror va takror ishlab chiqarishga qodir bo‗ladi. 
O‗zining shaxsiy manfaatlarini ko‗zlovchi individlar o‗rtasidagi bitimlardan 
makroiqtisodiy darajaga o‗tish bozor xatti-harakatlari normalari orqali amalga 
oshiriladi. 
Buyruqbozlik iqtisodiyotining normalar tizimi surunkali taqchillik, ya‘ni 
resurslarning Еtishmasligini o‗zida namoyon etadi. Taqchillikning ma‘lum 
darajada barqarorlashuvi hamda iqtisodiy agentlar ushbu darajaga moslashuvi 
tizimda
normal taqchillik 
holatini yuzaga keltiradi. Bunda buyruqbozlik 
iqtisodiyoti uchun xos bo‗lgan navbatning normal uzunligi, resurslar va tayyor 


84 
mahsulotlarning normal zahiralari va hokazolar tushuniladi. Boshqacha aytganda, 
nafaqat Valras bo‗yicha umumiy muvozanat iqtisodiy tizimning barqaror holati 
bilan cheklaniladi, balki tizim hatto muvozanatsiz holatda ham barqarorlashishi 
mumkinligi namoyon bo‗ladi. 
Umuman olganda, buyruqbozlik va bozor tizimlarida qo‗llaniladigan 
normalarning tarkibiy tuzilishini quyidagi jadvalda ko‗rish mumkin. Quyida ushbu 
normalarning iqtisodiyotda namoyon bo‗lishi ko‗rib chiqilgan. 

Yüklə 5,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   290




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin