Abulqosimov m. H., Umarov a. T., Qulmatov a. A. Institusional iqtisodiyot


ratsional maqsadli fe’l-atvor (hulq, xatti-harakat)



Yüklə 5,06 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/290
tarix18.11.2023
ölçüsü5,06 Mb.
#132866
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   290
Институционал иқтисодиёт дарслик l

ratsional maqsadli fe’l-atvor (hulq, xatti-harakat)
 
normasi foydalilikni muayyan 
vazifalarning hal etilishi bilan bog‗lagan holda oshirishni muayyanlashtiradi. 
Ma‘lumki, ratsional maqsadli fe‘l-atvor individ tomonidan o‗zining ratsional 
qo‗yilgan va o‗ylangan maqsadiga erishish uchun tashqi olam predmetlari va 
insonlarning
ma‘lum fe‘l-atvoridan foydalanishini nazarda tutadi. Axborotning 
to‗liqsizligi va uni qayta ishlash bo‗yicha kognitiv qobiliyatlarning cheklanganligi 
sharoitida ratsional maqsadli fe‘l-atvor nayrang qilishga aylanadi: agar individ 
katta hajmdagi axborotga ega bo‗lsa, u o‗zining hamkori bilan nayrang qiladi. 
Individ shu usul bilan atrofidagilarni o‗z maqsadiga – foydalilikni oshirishga 
erishish vositasiga aylantirishga urinadi. 
Ayrim agentlarning foydalnilgan avtomobillar bozori va «ma‘naviy xatar» 
bilan bog‗liq sug‗urta bozorida boshqalarni ziyonga uchratishi axborot 
asimmetriyasidan foydalanishga klassik misol bo‗ladi. Bunday ayyorlik, yaqqol 
yoki nozik shaklda aldash bilan shaxsiy manfaat ko‗zlanadigan xatti-harakatga 
opportunizm nomi berilgan. Ratsional maqsadli fe‘l-atvorni opportunizmga 
aylantirishga qarshi kafolatlar barcha ishtirokchilar faoliyatining quyidagi yo 
tarkibiy yoki rasmiy-huquqiy jihatlari bilan tavsiflanadi: 


89 
-
mukammal kognitiv qobiliyat va almashuvda to‗liq axborotga ega 
bo‗lish; 
-
shartnoma tuzishda maxsus taomillardan foydalanish. 
Ikkinchi jihat optimal shartnoma nazariyasini maxsus o‗rganish predmeti 
hisoblanadi, shuning uchun bu Еrda bozor konstitutsiyasining ikkinchi unsuri 
sifatida 
to‗liq ratsionallik 
mezonlariga javob beruvchi 
ratsional maqsadli fe‘l-
atvor
ni ta‘kidlash lozim. 
Maqsadli ratsional fe‘l-atvor shakllanishining asoslardan biri atrof-muhit 
predmetlari va odamlarning fe‘l – atvorini kutilayogan voqelikka nisbatan mos 
ravishda ayta olishdir. Individ tomonidan qabul qilinadigan qarorlar xatarining 
hamkor faoliyati asosida aniqlangan vaziyatlari kutilayotgan voqelikka kontragent 
xarakatlarining mos bo‗lishi uchun o‗ta ahamiyatlidir. O‗zaro bog‗liqlar sharoitida 
individlar o‗rtasidagi munosobatlarni tartibga soluvchi norma sifatidagi ishonch 
bo‗lgan taqdirda maqsadli ratsional harakatga erishiladi. Individga o‗z harakatini 
boshlashidan oldin atrofdagi harakatlar aniq bo‗lib, individ tanloviga ayrim 
atrofdagi harakatlar bo‗yicha kutilishlarning ta‘sir qilishiga ishonch deyiladi. 
Bozordagi bitim bilan individuallashmagan ishonch o‗rtasidagi bog‗liqlik oldindan 
to‗lovlarning amal qilishida namoyon bo‗ladi. Bu eng oddiy bozor bitimi 
hisoblanadi. 
Iqtisodiyoti 
rivojlangan 
malakatlarda 
ishonchning 
individuallashmaganligi bo‗yicha o‗tkazilgan so‗rovlarga javoblar (Daniya-94 %; 
Germaniya-90 %; Fransiya-84%)da yuqori natijalar olingan. 
Bozor konstitutsiyasining yana bir normasi empatiya bo‗lib, bunda individ 
o‗zini hamkor o‗rniga qo‗yib ko‗radi va uning barcha kechinmalari, qiziqishlari va 
mo‗ljallarini bozor subekti sifatida o‗zidan o‗tkazishga harakat qiladi. Ayrim 
shaxslar doirasi bilan cheklanmagan empatiya individning o‗z xarakatlarida 
erkinlikka chiqqani bilan bog‗liq. Insonning faoliyati qancha erkin bo‗lsa, u 
atrofdagilarning harakatini shuncha yaxshi tushunadi va uni oldindan ayta oladi. 
Bu erkinlik normasining ratsional asoslangan maqsadga erishishda to‗siq emas, 
balki muvaffaqiyat shartiga aylanishini ta‘minlaydi. So‗nggi norma legalizm 
bo‗lib, bunda qonunni hurmat kilish va o‗z ixtiyoriga ko‗ra, unga bo‗ysinish 


90 
tushuniladi. Bu norma ayni chog‗da, mulkiy huquqlarning samarali himoya 
qilinishiga ham yo‗l ochadi. Yuqorda bayon etilganlardan shu narsa kelib 
chiqadiki, bozor konstitutsiyasi normalarida ham ayrim nuqsonlar mavjud bo‗lgani 
holda, ularning o‗zaro bog‗liq tarzda amal qilishi tizimning muntazam 
takomillashuviga xizmat qiladi.

Yüklə 5,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   290




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin