92
tomonidan bir vaqtning o‗zida bir yaylovdan foydalanilishini tasvirlovchi holatni
ko‗rib chiqaymiz. Misolda ishlab chiqarishning faqat ikkita omili – fermerlarning
Еri va mehnati hisobga olinsin.
Faraz qilaylik, yaylovga qo‗shimcha mehnat birligi sarflangan, ya‘ni birinchi
fermer egallagan yaylovga ikkinchi fermer o‗z podasini olib keldi. Ushbu holatda
qo‗shimcha mehnat sarfining samarasi pasayadi. Ishlab chiqarish (etishtirish)
umumiy hajmi oshgani holda qo‗shimcha mehnat qilgan fermerning manfaatdorligi
pasayadi va o‗rtacha mahsulotning kamayishi yuz beradi. Agar yaylov xususiy
mulkchilikda bo‗lsa, u holda mulkdorning shaxsiy sarf-xarajatlari ko‗proq samara
keltiradi va renta eng yuqori bo‗ladi. Agar yaylov umumiy foydalanishda bo‗lsa,
mehnat sarfi samaradorligining darajasi pasayib, renta yo‗qoladi. Yuqorida bayon
etilganlarga yakun yasab, ta‘kidlash lozimki, mulkchilik huquqlarining o‗rntilishi
kamida ikkita sababga ko‗ra iqtisodiy agentlar manfaatlariga mos keladi, ya‘ni
ularning o‗zaro hamkorligidagi noaniqlik (ikkilanish) kamayadi va resurslardan
foydalanish optimallashadi.
Dostları ilə paylaş: