97
«
Daloyit»
ga muvofiq eng muvaffaqiyatli kompaniyalar unda kompaniya va
uning eng muhim savdo sheriklari bir zanjirning yaxshi yo‗lga qo‗yilgan bug‗ini
kabi hamjihatlik bilan harakat qiladigan vaziyatni yaratishdi.
«Daloyit»
tadqiqoti
natijalari shuni ko‗rsatmoqdaki, kompaniyalarning deyarli to‗rtdan uch qismi
bahamjihat harakatlarni o‗zining
oliy maqsadi deb hisoblashadi, boshqa
kompaniyalar bilan ishbilarmonlik jarayonlarini uyg‗unlashtirgan kompaniyalar
esa o‗zining savdo sheriklari bilan integratsiyalashmagan kompaniyalarga
qaraganda 70 foizga ko‗p foyda olishmoqda. Ushbu
raqamlar ikki yil oldin
o‗tkazilgan ana shunday tadqiqot natijalariga qaraganda 20 foizga oshdi.
Shuningdek, mazkur tadqiqot kompaniyalarning tobora ko‗pchiligi ushbu
tamoyilni amalga oshirishga kirisha boshlayotganligini ko‗rsatmoqda. Katta
korxonalar (5 mlrd. dollardan ko‗p aylanma mablag‗larga ega bo‗lgan
kompaniyalar)ning 33 foizi dastlabki dasturlarni
amalga oshirishni boshlab
yubordi, yana 45 foizi dastlabki loyihani rejalashtirmoqda.
«Daloyit»
tahlilchilarining fikriga ko‗ra, 2012 yilga kelib kompaniyalarning 85 foizi qo‗shma
tijorat borasidagi ayrim tashabbuslarni hayotga tatbiq etmoqda.
Dostları ilə paylaş: