Abulqosimov m. H., Umarov a. T., Qulmatov a. A. Institusional iqtisodiyot


Resurslarni investitsiyalashning an’anaviy sohalaridan yangi



Yüklə 5,06 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə62/290
tarix18.11.2023
ölçüsü5,06 Mb.
#132866
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   290
Институционал иқтисодиёт дарслик l

Resurslarni investitsiyalashning an’anaviy sohalaridan yangi 
institutlarni barpo etishga yo‘naltirish.
Eski xo‗jalik mexanizmini tugatish, narxni 
shakllantirish va soliq solishning yangi usullariga o‗tish, xususiylashtirish 
mexanizmlarini yaratish, moliya va bank tizimini tubdan o‗zgartirish – bularning 
barchasi resurslarni investitsiyalashning an‘anaviy sohalaridan chetlashtirish bilan 
bog‗liq. 
2.
Qayta tashkil qilish xarajatlari
. Uning ikkita jihatini farqlash lozim. 
Birinchidan, islohotlar jarayonida eski tizimining buzilishi yangi tizimning 
samaradorligi namoyon bo‗lgunga qadar yuz beradi. Bozorni egallab olish 
bo‗yicha qat‘iy kurashda ishtirok etuvchi ko‗p sonli iqtisodiyot sub‘ekttlarining 
faqatgina bir qismi o‗z loyihalarini amalga oshiradi, natijada – jamiyat 
yo‗qotishlarga duch keladi. Ikkinchidan, muvozanatga tomon harakatlanish 
jarayonida turli sub‘yektlar, shu jumladan davlatning ham, harakatlarining 
uyg‗unlashmaganligi. Ushbu jihat islohotchilar tomonidan Еtarlicha baholanmagan 
va bu hanuzgacha Еtarlicha o‗rganilmagan. 
3.
O‘tish rentasini qayta taqsimlash xarajatlari
. Buyruqbozlik tizimida 
jamiyatdagi mavjud resurslarning qat‘iy tartibga solinishi alohida guruhlar uchun 
imtiyozlarning paydo bo‗lishiga olib keldi, bu renta daromadi bilan bir xil bo‗ladi. 
Ulgurji va chakana narxlar, shuningdek ichki va jahon narxlari o‗rtasidagi farqlar 
hisobidan olingan rentaning katta qismi davlatga kelib tushib, turli ijtimoiy 
guruhlar o‗rtasida qayta taqsimlandi, ularning kichik qismi esa amaldorlar va 


112 
xufyona bozor sub‘yektlar tomoniga o‗tdi. Iqtisodiyotning erkinlashtirilishi ushbu 
xildagi renta daromadlari va suiiste‘mol qilish imkoniyatlarining yo‗qolishiga olib 
kelishi lozim.
Transformatsiya xarajatlarining turlarini tahlil qilish o‗tish iqtisodiyotiga ega 
bo‗lgan mamlakatlarda ularning o‗sishi mexanizmini tushuntirish imkonini beradi: 
institutlarning dastlabki sifati qanchalik yomon bo‗lsa, ularni takomillashtirish 
uchun shunchalik ko‗p investitsiyalar yo‗naltiriladi; tizim muvozanatdan qanchalik 
yiroq bo‗lsa, o‗tish jarayoni shunchalik uzoq davom etadi va tugatish yo‗qotishlari 
shunchalik ko‗p bo‗ladi; muvozanatdan yiroqlik o‗tish rentasini qayta taqsimlash 
ko‗lamlarining kattaligini, demak u uchun kurashish oqibatida yo‗qotishlar katta 
bo‗lishini anglatadi. Ta‘kidlash lozimki, islohotlar xarajatlari va foydasi aholining 
turli guruhlari o‗rtasida noteng taqsimlanadi, bu ko‗p jihatdan turli ijtimoiy 
guruhlarning o‗zaro hamkorligiga bog‗liq bo‗lgan transformatsiyalar dinamikasida 
o‗z aksini topadi. 
Hozirgi vaqtda o‗tish iqtisodiyotiga ega bo‗lgan mamlakatlar, shu jumladan 
O‗zbekistonda hamda rivojlanayotgan mamlakatlarda yuz berayotgan keng 
ko‗lamli institutsional o‗zgarishlar munosabati bilan katta hajmdagi 
transformatsiya xarajatlari muammosi g‗oyat keskin turibdi. Bu o‗rinda 
transformatsiya xarajatlarini qanday qilib qisqartirish mumkin va ularni qisqartirib 
bo‗ladimi degan savol tug‗iladi. 
Institutsional muhitni sun‘iy ravishda o‗zgartirishda (mavjud institutlarni 
o‗zgartirishda yoki mutlaqo yangi institutlarni import qilishda) ko‗p jihatdan ularda 
bunday institutlar jamiyat evolyutsiyasi jarayonida shakllangan va muvaffaqiyatli 
faoliyat ko‗rsatib turgan mamlakatlar tajribasini puxta o‗rganish transformatsiya 
xarajatlarining qisqarishiga ko‗maklashishi mumkin. 
Afsuski, transformatsiya xarajatlari muammosiga olimlar va iqtisodchilar 
faqat so‗nggi yillarga kelib e‘tibor qarata boshladi va, transformatsiya xarajatlari 
o‗tish iqtisodiyoti va rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyotining iqtisodiyot 
fanida eng zarur va muhim unsur hisoblanishiga qaramay, ular kam o‗rganilgan 
omil bo‗lib qolmoqda. 


113 
Shu bilan bir qatorda yangi institutlarini tashkil etishning u yoki bu usullari 
foydasiga hal etish nafaqat ularning faoliyat ko‗rsatish samaradorligi turlicha 
ekanligi tufayli, balki insonlar o‗rtacha chamalangan bahoni chiqarishda 
ko‗rsatkichlarni o‗lchashning turli usullaridan foydalanishi sababli ham farq qilishi 
mumkin. 
Shu nuqtai nazardan transaksiya hamda transformatsiya xarajatlarini 
o‗lchash muammosi muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki transaksiya xarajatlari 
ko‗pincha ushbu tarkibiy qismning o‗lchab bo‗linmasligi bilan tavsiflanadi. Ushbu 
sohada tadqiqot olib borgan mutaxassislar fikriga ko‗ra, iqtisodiy tahlilga 
transaksiya xarajatlarining kiritilishi deyarli barcha hodisalarni transaksiya 
xarajatlarini kamaytirish yo‗li bilan erishilgan samaradorlik nuqtai nazaridan 
izohlash imkonini bergan bo‗lar edi. Transaksiya xarajatlarini o‗lchash imkonini 
beruvchi usullarning ishlab chiqilishi ushbu sohada erishilgan samarali qadam 
bo‗ldi. 
Tahlillarga ko‗ra, o‗lchash muammosini shartnomalar tuzishning turli 
usullaridagi transaksiya xarajatlarini taqqoslash yo‗li bilan hal etish mumkin. 
Boshqaruvning muqobil aniq (mavjud) tuzilmalarini taqqoslashni ko‗pincha 
murakkab matematik apparatni qo‗llamasdan yoki chegara qiymatlarni hisoblab 
chiqmasdan turib amalga oshirish mumkin. Ikkita qiymatning bir biriga mos 
kelmaganligini ko‗rsatib berish uchun ushbu qiymatlarning chegara qiymatlari 
tengligiga erishiladigan sharoitlarni aniqlashdagi kabi nozik va murakkab usullar 
talab etilmaydi. 
Ayrim iqtisodchilar har bir muayyan holatda xarajatlarni aniq tafsirlashni 
taklif etadi, masalan, bir holatda – bu xususiy tadbirkorlikni tashkil etish xarajatlari 
(tadbirkorlik shaklini ro‗yxatdan o‗tkazish, litsenziya olish va h.k.), ikkinchi 
holatda mulkiy huquqlarning harakatini ta‘minlovchi xarajatlar, uchinchi holatda 
shartnomalarni tuzish va himoyalash bilan bog‗liq xarajatlar, to‗rtinchi holatda 
korxona ichida qarorlar qabul qilish bilan bog‗liq xarajatlar bo‗lishi mumkin va 
h.k. 


114 
Transaksion yondashuvni qo‗llashdagi o‗ziga xos murakkabliklar shundan 
iboratki, ayrim transaksiya xarajatlari ushbu turdagi xarajatlarning paydo 
bo‗lishiga olib kelgan transaksiyalarning mavjud emasligi tufayli tafsirlanishi va 
hisoblab chiqilishi mumkin emas. Bunday xarajatlarning ushbu turlari ―virtual 
xarajatlar‖, deb ataladi. 


115 

Yüklə 5,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   290




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin