3–misol. Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda transaksiya
sektorining jadal o„sishi omili, taqiqlanadigan darajada yuqori bo„lgan
transaksiya xarajatlari iqtisodiy rivojlanishning chegaralaridan biri
ekanligini anglatadimi?
a) ha;
b) yo‗q.
Javob: b),
transaksiya sektori dinamikasining o‗zi emas, balki bir
transaksiyaga hisoblaganda transaksiya xarajatlarining dinamikasi muhim.
Agar a) transaksiya sektori YaMMga qaraganda past sur‘atlar bilan o‗ssa, b)
davlat transaksiya sektorining o‗sish sur‘atlari umuman transaksiya
sektorining o‗sish sur‘atlaridan yuqori bo‗lsa, transaksiya sektorining
o‗sishi
holatidabir
transaksiyaga
hisoblaganda
transaksiya
xarajatlarikamayishi mumkin.
KЕYSLAR
1. Kvartirani qanday qilib ijaraga olish to‘g‘ri bo‘ladi – ijarachiga
maslahatlar
Kvartirani ijaraga olish – hozirgi vaqtda tavaalchilikka qo‗l urishga to‗g‗ri
keladigan masalalar jumlasiga kiradi. Ijaraga beruvchi tusatdan ijara haqini
oshirishi, sizni muddatidan oldin chiqarib yuborishi, ijaraga olingan uy-joyni
ta‘mirlash munosabati bilan siz qilgan xarajatlarning o‗rnini qoplash to‗g‗risida
―unutib qo‗yishi‖ mumkin. Misol uchun, siz kvartirani ijaraga olib, ko‗chib
130
o‗tdingiz (buyumlarni tashish uchun mashina yolladingiz, – ko‗chish uchun sarf-
xarajat qildingiz, barcha Еtishmaydigan narsalar (kastryullar, choynaklar, unitaz
uchun qopqoq va x.k.)ni xarid qilish maqsadida do‗konlarga borish uchun dam
olish kuni oldingiz. Kvartiraga alohida ajratilgan internet liniyasini o‗tkazdingiz,
internet xizmati haqini 2 oy oldinga to‗lab qo‗ydingiz, bolani yangi yashash
joyidagi bog‗chaga joylashtirdingiz va h.k.). Lekin ikki hafta o‗tgach kvartira
egasi kelib sizga kechagina qo‗shnisi Erkin tog‗adan bilib olgan yangilikni, ya‘ni
sizni kvartiraga shuncha arzon qo‗yib hato qilganligini, aslida uning kvartirasi ikki
marta
qimmat
turishini
aytadi. Bu siz kvartirani ijaraga olganda yuz berishi mumkin bo‗lgan vaziyatlardan
biri, xolos. Lekin vaziyatning bunday yakun topishi holatlarini keskin kamaytirish
mumkin. Buning uchun bir necha qoidalarga amal qilish kerak. Quyida biz Sizga
kvartirani qanday qilib ijaraga olish kerakligi, kvartira egasida qanaqa hujjatlar
bo‗lishi lozimligi va uy-joyni ijaraga olish shartnomasining shartlariga ko‗ra kim
nimaga javob berishi haqida hikoya qilamiz.
Ijaraga oluvchi kvartira egasi uni istalgan vaqtda chiqarib yuborishi mumkin
deb o‗ylab hato qiladi. Bu, yumshoq qilib aytganda, unday emas. Ijaraga beruvchi
ijaraga oluvchini shartnomaning amal qilishi muddati tugagunga qadar chiqarib
yuborishga haqli emas. Agar ijaraga olish shartnomasi bir yil va undan ko‗p
muddatga tuzilgan bo‗lsa, ijaraga oluvchi yangi muddatga shartnoma tuzish uchun
boshqa shaxslar oldida ustunlikka ega. Shuning uchun ijaraga oluvchilar bizga
―shunchaki yoqmay qoldi‖ (ular shartnomaning hech qanaqa shartlarini buzmagan
bo‗lsa-da) va biz o‗zimizga ko‗proq mos keladigan kishilarni topdik qabilidagi
barcha gap-so‗zlarda hech qanday ma‘no yo‗q. Sizni faqat qonunda belgilangan
holatlarda yoki shartnoma shartlari buzilgan holatlarda (masalan, agar siz uy-joy
uchun ijara haqini to‗lamagan bo‗lsangiz) sud tartibida muddatidan oldin chiqarib
yuborishi mumkin.
E‘tibor qarating: biz yuqorida keltirgan va quyida keltiradigan barcha
holatlarda asosiy so‗z – bu «shartnoma». Lekin uy egasi «kvartiraga shunchaki
odam qo‗ysa», odatda hech qanday shartnoma haqida so‗z bormaydi. Qoidaga
131
ko‗ra, nimadir haqida og‗zaki kelishiladi, juda bo‗lmasa, qandaydir qog‗ozga imzo
chekishadi, lekin agar keyinchalik nizo kelib chiqadigan bo‗lsa, ushbu qog‗ozcha
bo‗yicha o‗z huquqlarini himoya qilishning deyarli iloji bo‗lmaydi.
Dostları ilə paylaş: |