Abulqosimov m. H., Umarov a. T., Qulmatov a. A. Institusional iqtisodiyot



Yüklə 5,06 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə78/290
tarix18.11.2023
ölçüsü5,06 Mb.
#132866
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   290
Институционал иқтисодиёт дарслик l

4.
Norasmiy iqtisodiyot.
Norasmiy iqtisodiyot jamiyat foydasini hamda 
mulkchilik munosabatlarini, litsenziyalashni, mehnat shartnomalarini, moliyaviy 
kreditlash va ijtimoiy sug‗urtalash munosabatlarini tartibga soluvchi qonunlar va 
ma‘muriy qoidalar bilan belgilangan huquqlarni buzgan holda alohida xarajatlarni 
tejovchi iqtisodiy faoliyatni o‗z ichiga oladi. U norasmiy faoliyat yurituvchi 
iqtisodiy agentlar tomonidan olinadigan daromadlar bilan o‗lchanadi(qarang: 6.2.1-
rasm). 
6.2.1-rasm. Xufyona iqtisodiyot turlari. 
Iqtisodiyotning ushbu xiliga uyda ishlab chiqarishni kiritish mumkin, chunki 
iqtisodiy nuqtai nazardan u hisoblashning qiyinligi tufayli hisobga olinmaydi. 
Norasmiy sektorning hozirgi ta‘riflari, E.Faygning fikricha, odatda, 
norasmiylikning huquqiy konsepsiyasini nazarda tutuvchi E. de Satoning 
Xufyona iqtisodyot turlari 
Nolegal iqtisodiyot
Ro‘yhatga olinmagan 
iqtisodiyot
Norasmiy iqtisodiyot
Hisobga olinmagan 
iqtisodiyot


144 
g‗oyalarini o‗zida aks ettiradi. Norasmiy sektor to‗g‗risidagi adabiyotlarning katta 
qismi shahar iqtisodiyotiga bag‗ishlangan bo‗lsa-da, albatta, qishloq norasmiy 
iqtisodiyoti yanada katta. 
Xufyona xo‗jalik aylanmasi, tabiiyki, rasmiy statistikaga kiritilmasligi bois, 
xufyona iqtisodiyot o‗lchamlarini baholash muammosi o‗ta dolzarb hisoblanadi. 
Ushbu maqsad uchun quyidagi yondashuvlardan foydalaniladi: 

monetar usul
, u xufyona hisob-kitoblarda faqat naqd mablag‗lardan 
foydalanilishi to‗g‗risidagi gipotezaga asosida quriladi (naqd pul massasi 
harakatining dinamikasi xufyona iqtisodiyotning o‗lchamlari haqida fikr yuritish 
imkonini beradi); 

xarajatlar va daromadlar balanslari usuli
, unda deklaratsiya qilinadigan 
daromadlar xarajatlar summasi, tovarlar va xizmatlar iste‘molining real hajmlari 
bilan taqqoslanadi; 


Yüklə 5,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   290




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin