Abulqosimov m. H., Umarov a. T., Qulmatov a. A. Institusional iqtisodiyot


 Xufyona bozor institutsional tizim sifatida



Yüklə 5,06 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə80/290
tarix18.11.2023
ölçüsü5,06 Mb.
#132866
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   290
Институционал иқтисодиёт дарслик l

6.3. Xufyona bozor institutsional tizim sifatida 
Xufyona sektor bilan bog‗liq eng katta xavf-xatar – bu bozor 
konstitutsiyasidan keskin farq qiluvchi xatti-harakatlar va bitimlar tuzishning 
alohida me‘yorlari shakllanishidir. Xufyona me‘yorlarning asosida ularning amal 
qilishi hududiy jihatdan va / yoki shaxslarning ma‘lum doirasi tomonidan 
chegaralangan ijtimoiy mexanizmlar yotadi - qonunga bo‗ysunish me‘yorlarining 
mavjud emasligi, me‘yorlarning ijtimoiy mansubligidan qat‘i nazar barcha 
iqtisodiy sub‘yektlarga amal qilishiga imkon bermaydi. 
Xufyona me‘yorlarning yozilmagan va yakka hol xususiyati tufayli xufyona 
bitimlar tuzish uchun barchaga mos keladigan o‗yin qoidalarini ifodalab bo‗lmasa-
da, xufyona iqtisodiyot «konstitutsiyasi»ning asosiy unsurlarini aniqlash mumkin. 
Ilmiy manbalarda bunga misol tariqasida iqtisodchilar va sotsiologlar tomonidan 
yaxshi o‗rganib chiqilgan Italiya, Sitsiliya, Kalabriya va boshqa rivojlangan 
xufyona sektorga ega bo‗lgan mamlakatlar keltirilgan. 
Davlatning (dastlab Ispaniya, so‗ngra Italiya davlatining) kam ishtiroki va 
uning mahalliy aholining turmushini va mulkchilik huquqlarini himoyalashni 
ta‘minlashga layoqatsizligi Italiya janubi tarixiy rivojlanishining muhim omillari 
bo‗lgan. Davlat ushbu mintaqalarning uzoqda joylashganligi va o‗zi olib boradigan 
«bo‗lib ol va hokimiyat o‗rnat» siyosat tufayli ularning mavjudligi haqida 
shunchaki unutib qo‗ydi. Shuning uchun, ayniqsa feodal huquqning bekor qilinishi 


149 
va mayda mulkdorlar sinfining shakllanishi munosabati bilan mulkchilik 
huquqlarini tafsirlash va shartnomalar bajarilishini ta‘minlashning davlatning 
aralashuviga muqobil mexanizmlari talab etildi. Mulkchilik huquqlarini tafsirlash 
va himoyalash bo‗yicha davlatga muqobil institut sifatida mafiya haqida dastlabki 
tilga olinishi feodalizmdan mayda va o‗rta Еr mulkchiligiga o‗tishning aynan shu 
pallasiga taalluqli. «Mafiya» atamasi odatda turli ma‘nolarda va turli xildagi 
hodisalarni yoritish uchun qo‗llaniladi. Iqtisodiy tahlilda ushbu atamadan asosan 
bitimlarni tuzishda amalga oshiriladigan xatti-harakatning alohida me‘yorlari va 
na‘munalarini belgilash uchun foydalaniladi. Ya‘ni, mafiya rasmiy tashkilot 
bo‗lmasada, xatti-harakat va hukmdorlik munosabatlarining alohida xili 
hisoblanadi. Boshqacha aytganda, mafiya institut sifatida shaxslarga o‗zining 
iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy sohalardagi faoliyatini muvofiqlashtirish imkonini 
beruvchi o‗yin qoidalarining yig‗indisidir. 
Birinchi me‘yor «o‗yin konstitutsiyasi» o‗zaro hamkorlik maqsadlarini 
aniqlashga taalluqli, uni sha‘n me‘yori sifatida ifodalash mumkin. Mafiyaning 
avjiga chiqqan klassik davri (1890-1970 yillar)da Italiya janubi aholisining asosiy 
maqsadi o‗zining foydaliligini oshirishdan emas, balki o‗z sha‘nini va o‗z 
oilasining sha‘nini saqlab qolishdan iborat bo‗lgan. Hatto o‗zini mafiya deb 
hisoblagan insonning o‗zini nomlashi – «sha‘n odami» - uning faoliyati 
maqsadining an‘anaviy xususiyatini tasdiqlagan. Kelishuvlar nazariyasi atamasidan 
foydalangan holda, sha‘n me‘yorini an‘anaviy kelishuv jumlasiga kiritish mumkin, 
chunki gap oilaning sha‘ni va obro‗si haqida, birinchi galda, er-xotinning sha‘ni 
haqida ketayapti. Sha‘nning yo‗qotilishi ijtimoiy o‗zaro munosabatlar sohasidan 
chiqarilishga olib keladi – uni yo‗qotgan insonlar hatto alohida, qishloqlarning 
chekkalarida yashashadi va faqat o‗z muhiti doirasida muloqatda bo‗lishadi. 
Haqiqiy mafioz uchun hatto tijorat sohasidagi muvaffaqiyat ham mustaqil qadr-
qimmat emas, balki sha‘n belgisi sifatida ko‗rib chiqiladi. 
Agar utilitarizm me‘yorini oqilona harakat me‘yori to‗ldirsa, sha‘nni himoya 
qilish va tasdiqlashning asosiy vositasi – «hasad raqobatchiligi», erkaklar ega 
bo‗lgan zulm o‗tkazish salohiyatini doimiy ravishda taqqoslash (ta‘kidlash lozimki, 


150 
mafiyaning madaniy sohasi – «machizm», ya‘ni erkakka sig‗inish)dir. Shaxs 
tomonidan hamkorlar ehtiyojlarini qondirish orqali foydalilikni oshirishning bozor 
tamoyili (unga ko‗ra almashuvning barcha ishtirokchilari yutadi)dan farqli o‗laroq, 
hasad raqobatchiligida ikkita g‗olib bo‗lishi mumkin emas: faqat bitta g‗olib 
mavjud – qolganlar hammasi – mag‗lublar. Kundalik turmushni tartibga soluvchi 
vosita sifatida zulm o‗tkazishdan foydalanish uchun taqiqlarning mavjud emasligi, 
zulm o‗tkazishni monopollashtirishga urinish iqtisodiy sohadagi mafiya 
vakillarining xatti-harakatlariga ham o‗z ta‘sirini o‗tkazmoqda. Mafiya bilan 
bog‗liq tadbirkorda foyda olishga cheklashlar oshkora tadbirkornikiga qaraganda 
kam. Xufyona tadbirkor zarur hollarda zulm qo‗llanilishi bilan to‗xtab qolmaydi, 
oshkora tadbirkor esa zulm o‗tkazish uchun davlat monopoliyasi oqibatida 
erkinlikning ushbu darajasidan mahrum etilgan. Shuning uchun mafiya bilan 
bog‗liq korxonalarning raqobat jihatdan ustunliklari raqobat natijasida emas, balki 
yakka (alohida) monopoliyani hosil qilish va raqobatni cheklash natijasida yuzaga 
keladi. Mafiya qoidalari bo‗yicha faoliyat ko‗rsatuvchi bozor mukammal raqobat 
shartlaridan yiroqlashadi, bunday qoidalarning mavjud bo‗lishi iqtisodiy 
mexanizmlarning amal qilishi tartibini o‗zgartiradi. 
Navbatdagi me‘yor – ishonch – an‘anaviy xususiyatga ega, chunki u oila 
doirasida lokalizatsiyalashgan. Oila ichida ishonch bo‗lmasa, uning boshlig‗ining 
sha‘ni tushunchasi o‗z kuchini yo‗qotadi. Shu nuqtai nazardan ishonch an‘anaviy 
tarzda oila turmushining bazaviy tamoyillaridan birini aks ettiradi va uning 
tashqarisiga amal qilmaydi, demak, u bozor konstitutsiyasida ko‗zda tutilganidek, 
oqilona harakatning sharti bo‗lishi mumkin emas. Mafiyaning bazaviy tashkiliy 
birligi – sossa – 15-20 (ko‗pi bilan 70-80, kamida 7) kishidan iborat va oila-
qarindoshchilik aloqalari asosida shakllanadigan guruhni o‗zida namoyon etadi. 
Sossa faoliyati doirasiga tushgan barcha shaxslar uning a‘zolari bilan do‗stona 
munosabatlar orqali bir-biriga bog‗liq. 
Oila ichidagi munosabatlarni qurish uchun foydalaniladigan ishonch 
mafiyaning iqtisodiy faoliyatini ham belgilab beradi. Mafiya bilan bog‗liq 
tadbirkorlarning raqobat jihatdan yana bir ustunligi bo‗lib ishonch asosida 


151 
shartnoma munosabatlarini qurish hisoblanadi – mafiya shartnoma majburiyatlari 
bajarilishining eng yaxshi kafolati hisoblanadi. D.Gambetta yozganidek, mafiyani 
bozorning ishonchning «tabiiy» darajasi haddan ziyod past bo‗lgan va bitim tuzish 
imkonini bermaydigan sektorlarida va ana shunday mintaqalarda (Italiya Janubida 
bunday holat o‗rin tutadi) ishonchni tug‗dirish, reklama qilish va sotish bilan 
shug‗ullanuvchi alohida korxona sifatida namoyon etish mumkin. Shuningdek, 
ishonch yuqori bo‗lmagan sharoitda amalga oshiriladigan oshkora tovarlar bilan 
istalgan xufyona bitimlarga va taqiqlangan tovarlar (qurol, giyohvandlik 
moddalari) bilan istalgan bitimlarga ham e‘tibor qaratiladi. Tovar sifatida 
ishonchning o‗ziga xos jihatini hisobga olgan holda, mafiya uni sotishni 
g‗ayrioddiy usul bilan – oila-qarindoshchilik, do‗stona yoki mijozlik aloqalari 
sohasiga manfaatdor tadbirkorni aralashtirish orqali amalga oshiradi. Xususan, 
mafiyaning iqtisodiy faoliyatini yoritish uchun ko‗pincha mafiyaning oilaviy 
aloqalari asosida tashkil etiladigan «tarmoq» tushunchasidan foydalaniladi. Aynan 
o‗zgaruvchan sharoitlarga tez moslashuvchi tarmoqlar doirasida «o‗zlariniki» 
o‗rtasida yuqori ishonch salohiyatidan foydalanuvchi mafiyaning asosiy iqtisodiy 
faoliyati amalga oshiriladi. 
Bitimlar bo‗yicha hamkorlarni «o‗ziniki» va «begona» toifasiga bo‗lish 
prinsipial jihatdan muhim, bu Еrda gap ikkita standart, ikki xil xatti-harakat haqida 
boradi. «O‗ziniki» doirasida sha‘n va obro‗ga birgalikdagi sa‘y-harakatlar orqali 
erishiladi va himoya qilinadi, munosabatlar ishonch asosida quriladi. «O‗ziniki» va 
«begona» o‗rtasida «hasadguylik raqobatchiligi» bo‗lishi muqarrar, ishonch esa 
dushmanlik va zulmga o‗z o‗rnini bo‗shatib beradi. Xatti-harakatning ikki yoqlama 
standarti mantig‗iga yana bir muhim me‘yor – mahfiylik kiritiladi. Ushbu me‘yor 
tashqi olam bilan, ayniqsa, davlat vakillari bilan munosabatlarda to‗liq yopiqlikni 
belgilab beradi, uning teskari tomoni sifatida to‗liq ochiqlik va oila a‘zolaridan 
faqat haqiqatni gapirishni talab qilish ishtirok etadi. Haqiqiy mafiozlar hamma vaqt 
jim turishadi. 

Yüklə 5,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   290




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin