152
6.4. Jahonda xufyona iqtisodiyot
Xufyona iqtisodiyot iqtisodiy tizimlarning barcha xillariga xos bo‗lib, uning
ko‗lamlari
rivojlangan mamlakatlarda ham, rivojlanayotgan mamlakatlarda ham
g‗oyat keng.
1990-yillarning ikkinchi yarmida rivojlangan
mamlakatlarda xufyona
iqtisodiyot YaIMning o‗rtacha 12 foiziga, o‗tish iqtisodiyotiga ega mamlakatlarda
23 foiziga, rivojlanayotgan mamlakatlarda esa 39 foiziga teng bo‗lgan.
1998 yilda ushbu ko‗rsatkich bo‗yicha Gretsiya (YaIMning 29,0 foizi),
Italiya (27,8%), Ispaniya (23,4%), Belgiya (23,4%) ―etakchilik qildi‖. Irlandiya,
Kanada, Fransiyada ham xufyona iqtisodiyotning ko‗lamlari keng – 14,9
foizdan
16,3 foizgacha. Bu borada Avstriya (9,1%), AQSh (8,9) va Shveysariya (8,0) eng
qulay hisoblanadi
1
.
Xufyona iqtisodiyot ko‗lamlarining eng tez sur‘atlar bilan o‗sishi Gretsiya,
Italiya,
Shvetsiya, Norvegiya va Germaniyada kuzatilmoqda. Masalan,
Germaniyada 2001 yilda xufyona sektorning o‗sishi 3,5 foizni, ayni paytda
YaIMning o‗sishi esa 1 foizni tashkil qilgan. Jami xufyona sektor YaIMning 16,5
foizini tashkil qiladi.
Xufyona sektor rivojlanayotgan mamlakatlarda eng keng ko‗lamlarga ega.
Masalan, xufyona sektor Nigeriyada YaIMning 76 foizini, Taylandda 71 foizini,
Misrda 68 foizini, Boliviyada 66 foizini, Panamada 62 foizini tashkil qiladi.
XX asrning so‗nggi o‗n yilligi sobiq sotsialistik
mamlakatlarda amalga
oshirilgan chuqur islohotlar bilan bog‗liq. Ham siyosiy,
ham huquqiy tizimning
beqarorligi iqtisodiy sohaga ham salbiy ta‘sir ko‗rsatdi. Ushbu mamlakatlarda
xufyona iqtisodiyotning o‗sish sur‘atlari 6.4.1-jadvalda keltirilgan.
Quyidagi jadval ma‘lumotlari o‗z mualliflari
tomonidan elektr-muvazanat
usuli yordamida hisoblab chiqilgan. Mazkur usul g‗oyasi shundan iboratki,
elektr
energiyasini g‗amlab bo‗lmaydi va shuning uchun iste‘mol qilinayotgan energiya
hajmining o‗sish sur‘atlari YaIM o‗sish sur‘atlariga qaraganda yuqori bo‗lishi
energiyaning xufyona iste‘mol qilinayotganligidan dalolat beradi.
1
Эксперт. 2000. №12 (223) от 27 марта.