Abulqosimov m. H., Umarov a. T., Qulmatov a. A. Institusional iqtisodiyot



Yüklə 5,06 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə87/290
tarix18.11.2023
ölçüsü5,06 Mb.
#132866
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   290
Институционал иқтисодиёт дарслик l

Xufyona iqtisodiyot
– bu u uchun odatiy xo‗jalik faoliyatini yuritishda 
mavjud qonunlarga amal qilish xarajatlari (transaksiya xarajatlari) o‗z 
maqsadlariga erishishdan ko‗riladigan foydadan yuqori bo‗lgan insonlar uchun 
panoh (E. de Soto). 
Ikkilamchi iqtisodiyot
– kishilarga zarar keltirmaydigan, ular uchun naf 
beradigan, lekin rasman ruxsat berilmagan va davlat ro‗yxatidan o‗tmagan 
iqtisodiy faoliyat. Ular yashirin tadbirkorlik hisoblanadi. Rasman ruxsat etilgan 
faoliyat bilan birga, qo‗shimcha ravishda yashirin ishlab chiqarishga qo‗l urish, 
ochiq ishlaydigan korxonalarda qo‗shimcha ravishda hisobga kirmagan mahsulot 
chiqarib, uni yashirin sotish.
Mansabni suiiste‟mol qilish va korrupsiyaga asoslangan iqtisodiy xatti-
harakatlar.
Bular jumlasiga davlat idoralaridagi yashirin poraxo‗rlik, yashirin 
lobbizm, mansabdan foydalanib, subsidiyalar olishni kiritish mumkin.


164 
Qalbakilashtirilgan iqtisodiy faoliyat
. Bu iqtisodiyot davlat sektoriga xos 
bo‗lib, davlatni aldashga qaratiladi. Buning eng yaqqol namunasi davlat 
sektoridagi qo‗shib yozishlar, qilinmagan ishlar uchun davlatdan haq olish va 
boshqalar.
Xufyonalik
– shaxslarning kundalik faoliyatni tashkil qilishda mavjud huquq 
(qonun) normalaridan foydalanishdan bo‗yin tovlash va yozilmagan huquqqa, 
ya‘ni an‘analar va urf-odatlarda qayd etilgan normalarga hamda mulkchilik 
huquqlarini almashish va himoyalash yuzasidan kelib chiqqan nizolarni hal 
etishning huquq doirasidan chetga chiquvchi mexanizmlariga murojaat etishidan 
iborat. 
MAVZUGA DOIR AMALIY MISOLLAR VA KЕYSLAR: 
1–misol.Ko„plab tadbirkorlar qarindoshlarining o„z oilaviy biznesida 
ishtirok etishiga yo„l qo„ymaslikka intilishadi. Bunday yo„l tutishni qanaqa 

Yüklə 5,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   290




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin