Abulqosimov m. H., Umarov a. T., Qulmatov a. A. Institusional iqtisodiyot


KЕYSLAR  1. Vrachlarning opportunistik xatti-harakati ehtimoli



Yüklə 5,06 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə89/290
tarix18.11.2023
ölçüsü5,06 Mb.
#132866
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   290
Институционал иқтисодиёт дарслик l

KЕYSLAR 
1. Vrachlarning opportunistik xatti-harakati ehtimoli.
-Sport jamoasining vrachi – 
bu, nafaqat o‗z bilimlari bilan psixoterapevtdan 
tortib to diЕtologgacha turli mutaxassisliklarni birlashtirishi shart bo‗lgan doktor. 
Doktor, bulardan tashqari, birinchi galda, ayniqsa yuklamalarga doimiy ravishda 
o‗zgartirishlar kiritish va yuklamalarni tabaqalashtirish zarur bo‗lgan tayyorgarlik 
davridagi o‗quv-mashg‗ulot jarayonida murabbiyning eng muhim yordamchisi 
hisoblanadi.
Vrach xonasida emas, balki odamlar oldida, holatlarning yarmida, odatda, 
sharoitlarni oldindan aytib bo‗lmaydigan boshqa shaharlarda aql va qo‗llarning 
yaxshi reaksiyalarini talab qiluvchi ish. 
Bu Еrda alohida moyillik va sabr-toqat kerak. Doktor jamoasida – faqat 
retsept va kasallik varaqasi bilan qutilib bo‗lmaydigan doimiy bemorlar bor. Bir 
lahzada ham tashxis qo‗yish, ham davolash turini tanlash va so‗zsiz, - natija zarur. 
-Qishloq joylarida umumiy amaliyot vrachlari tizimi rivojlanadi. 
Ushbu 
vrachlar o‗z ishida, aslida, butun poliklinikaning o‗rnini bosadi va faqat murakkab 
vaziyatlarda o‗z bemorlarini tor mutaxassislarga yuboradi. 

lekin bemorlar vrach ishining sifatini hamma vaqt ham baholashga qodir 
emaslar-ku. o‗z ishini yaxshi biladigan, lekin unchalik xushmuomala bo‗lmagan 
vrachga qaraganda o‗z ishini yaxshi bilmaydigan, lekin xushmuomala vrach 
ko‗proq bemorlarni qabul qiladigan holat yuz bermaydimi?

ushbu masala sog‗liqni saqlash vazirligining vakolatiga kiradi. u vrachlik 
hamjamiyatini namoyon etuvchi tashkilotlar bilan birgalikda ultra tovush xizmati 
(UTX) tizimiga malakasiz mutaxassislar kirib qolmasligi haqida qayg‗urishi kerak. 
sog‗liqni saqlash organlari mazkur sohada ishlovchilarning tibbiy-iqtisodiy 
standartlarni bajarishlariga erishishlari darkor.

pulning ketidan quvib utx vrachlari bemorlarga keraksiz va ortiqcha 
mualajalarni tayinlaydigan holat yuz bermaydimi? bunday tajriba, afsuski, 
ixtiyoriy sug‗urtada mavjud. 


167 

bu jiddiy muammo. agar vrach imkon qadar ko‗proq tibbiy xizmatlar 
ko‗rsatishdan moddiy manfaatdor bo‗lsa, unga e‘tiroz bildirish qiyin. lekin xalqaro 
amaliyotda bunday holatlarni jilovlash usullari mavjud. birinchi galda bu davolash 
yordasiga haq to‗lash usullari bilan bog‗liq. boshlang‗ich bo‗g‗inda vrach yoki po-
liklinika yil mobaynida har bir ko‗rsatilgan xizmatga emas, balki bir yo‗la 
biriktirilgan bemorlar kontingenti uchun pul oladi. 


168 
Savollar: 
Kimda opportunizmga intilish ko‗proq —sport vrachidami yoki qishloq 
vrachidami? Nima uchun?
Kimda vrachning ishini nazorat qilishga intilish kuchliroq — jamoa 
egasidami yoki Sog‗liqni saqlash vazirligidami? Nima uchun? 
Ikkinchi parchada keltirilgan axborot asosida vrachning shartnomadan 
oldingi va shartnomadan keyingi opportunizmiga misollar keltiring. Qaysi omillar 
tufayli bunday xatti-harakatga yo‗l qo‗yish mumkin bo‗ladi? Uning oldini 
olishning qanaqa usullari taklif etiladi? Ularning samaradorligiga baho bering. 

Yüklə 5,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   290




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin