180
7.
Sotsiologlar
Iqtisodiy buysundirish asosida
ijtimoiy iЕrarxiyani
o‗rnatish usuli
8.
Ernando de Soto
(Peru)
Qiymatga aylanishda ishtirok etish va daromad keltirish
qobiliyati
Jadvaldan ko‗rib turganimizdek, mulkchilikni o‗zlashtirib olish bilan
tenglashtirish neoklassik iqtisodiy tafakkur vakillariga xos bo‗lsa, huquqshunoslar
uchun
shaxsning
buyum ustidan hukumronligi
imkoniyatlarini chegaralash
mulkdan boshqa shaxslarning ziyoniga foydalanishga ruxsat bermaslik sifatida
ta‘riflanadi. Mulkchilik – bu shaxs va buyum o‗rtasidagi emas,
balki insonlar
o‗rtasidagi munosabat sifatida gavdalanishi kerak.
Mulkchilik huquqlari nazariyasi nafaqat boshqaruv, xavfsizlik, merosga
topshirish huquqlarini qo‗shgan holda huquqlar to‗plamini
kengaytiradi, balki
huquqlarning o‗zlarining aylanuvchanligiga, oldi-sotdi ob‘yektlari bo‗lib
buyumlarning o‗zi emas, balki ularga nisbatan huquq hisoblanishiga e‘tiborni
qaratadi. Masalan, Еr uchastkasidan foydalanish huquqi;
mol-mulkdan
foydalanishdan keladigan daromadni olish huquqi va b.
Xuquqshunoslarning fikricha, mulk – bu mutlaq huquq. Mulkdorga qonun
bilan taqiqlanmagan hamma narsa ruxsat etilgan. Mutlaq huquq ijobiy cheklov
emas, balki salbiy cheklov (nima mumkin emas) bilan yoritiladi. Agar
huquqlarning muayyan to‗plami, masalan, A.Onore tomonidan sanab o‗tilgan 11 ta
huquqning aksariyati ikkilamchi hisoblanadi.
Misol uchun, xavfsizlik huquqini
olaylik. Uning o‗zi Еtarli emas, chunki huquq faqat davlat tomonidan muhofaza
qilingan taqdirda, klassik nuqtai nazardan huquq hisoblanadi. Voz kechish huquqi
– bu tasarruf etish huquqining bir qismi. Javobgarlik huquqi mulkchilik huquqini
emas, umuman fuqarolik huquqini o‗zida namoyon etadi.
Iqtisodiy nuqtai nazardan turli huquqlarni hisoblab chiqish texnikasi o‗ta
samarali. Mulkdor, mulkdorligicha qolib,
foydalanish huquqidan ham, boshqarish
huquqidan ham, daromad olish huquqidan ham vaqtinchalik voz kechishi mumkin.
Tovar esa nafaqat o‗zining jismoniy xususiyatlarining yig‗indisi sifatida, balki
181
imkoniyatlar va cheklovlarning ma‘lum to‗plami sifatida namoyon bo‗ladi. Biroq,
boshqa muhim iqtisodiy mavhumlik singari – qiymat,
mulk tarkibiy qismlarga
bo‗linadi, lekin ulardan tarkib topmaydi. Shuning uchun mulkchilikni
huquqlarning murakkab tutami sifatida ta‘riflash mazmunga emas, balki texnologik
xususiyatga ega.
Dostları ilə paylaş: