Abulqosimov m. H., Umarov a. T., Qulmatov a. A. Institusional iqtisodiyot


-rasm. Mulk shakllarining rivojlanishi



Yüklə 5,06 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə99/290
tarix18.11.2023
ölçüsü5,06 Mb.
#132866
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   290
Институционал иқтисодиёт дарслик l

7.3.1-rasm. Mulk shakllarining rivojlanishi 
Jamoaviy 


183 
2.
 Oliy mulk
davlat mulkining dastlabki shaklidir. Davlatni tashkil etish ko‗p 
hollarda mulkni, masalan, Еrni zo‗rlik bilan tortib va bosib olishlar oqibati bo‗lgan. 
Oliy mulkning asosiy tavsiflari quyidagilardan iborat: 
a) mulk va hokimiyatning bo‗linmasligi; 
b) xizmat uchun mukofot sifatida resursni hadya qilish shaklida faoliyat 
bilan almashish; 
v) mehnat sharoitlarini ishlab chiqaruvchilarga biriktirish (xususiy egalik); 
g) biriktirilgan resurslarni tasarruf etish uchun davlat monopoliyasi; 
d) ishlab chiqaruvchining o‗z faoliyati natijalariga mulkchiligi. 
Davlat boshlig‗i bunday mulkning «oliy mulkdoriga» aylangan va ularni o‗z 
fuqarolariga tarqatgan (hadya qilgan). Еrni egalikka olish va undan foydalanish 
sharti davlatga xizmat qilishdan iborat bo‗lgan. Oliy hokimiyat ixtiyorida eng 
muhim ta‘sir etish vositasi – tortib olish (tasarruf etish) huquqi qoldirilgan. Bu bir 
vaqtning o‗zida ikkita o‗zaro bog‗liq vazifani hal etish imkonini bergan: ishlab 
chiqaruvchining 
ehtiyojlarini 
qondirish 
va 
ishlab 
chiqaruvchini 
o‗zi 
foydalanadigan resursni takror Еtishtirishga majbur qilish. 
Asta-sekin vaqt o‗tishi bilan oliy mulkchilik instituti sharoitida, davlat 
monopoliyasi xo‗jalik faoliyati mahsulotlari bilan almashuv rivojlanishiga 
to‗sqinlik qila boshlagan. Iqtisodiy ehtiyojlarning ta‘siri ostida mulkchilik instituti 
o‗zgara boshladi. Natijada turli ishlab chiqarish usullariga xos bo‗lgan ikki xil 
institut shakllandi: tabaqali va ko‗p pog‗onali mulk. 
3. 
Tabaqali mulk
– oldingi davrda asosiy mehnat sharti bo‗lgan tabiiy 
resurslarga 
tabaqali 
monopoliyalarning 
shakllanishi 
bilan 
tavsiflanadi, 
dvoryanlarning o‗zlariga «biriktirilgan» mol-mulkni tasarruf etish huquqining 
kengayib borishi bilan izohlanadi.
Tabaqali mulkchilikning asosiy xususiyatlari: 
a) mulkdorlar sinfining paydo bo‗lishi; 
b) ishlab chiqarish vositalari cheklangan aylanmasining paydo bo‗lishi; 
v) hokimiyat huquqlariga nisbatan mulkiy huquqlarning cheklangan 
xususiyati; 


184 
g) ishlab chiqaruvchining o‗z faoliyati natijalariga mulkchiligi; 
d) mulkdan olinadigan daromadni qayta taqsimlash yangi shaklining paydo 
bo‗lishi. Rivojlanishning Еvropa modeliga xos bo‗lgan tabaqali mulkchilik instituti 
davlat mulkchiligidan xususiy mulkchilikka o‗tish bosqichi sifatida ta‘riflanadi. 
4. 

Yüklə 5,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   290




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin