Academic research in educational sciences


ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES



Yüklə 477,05 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/9
tarix20.01.2023
ölçüsü477,05 Kb.
#122371
1   2   3   4   5   6   7   8   9
oqish-darslarida-she-riy-asarlar-matni-ustida-ishlash

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES 
VOLUME 1 | ISSUE 3 | 2020 
ISSN: 2181-1385 
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2020: 4.804 
Academic Research, Uzbekistan 585  www.ares.uz 
3. Xattaxtaga mavzu - «Qish to’zg`itar momiq par» (Qudrat Hikmat) 
yoziladi. O’quvchilardan she’r muallifining yana qaysi she`rlarini o`qib 
o`rganganliklari va ularning qaysi mavzuda ekani haqida suhbat o`tkaziladi hamda 
shoir haqida qisqa ma`lumot beriladi: 
- Qudrat Hikmat − isteododli bolalar shoiri. U qisqa umr ko’rgan. SHoir o’z 
ijodini kichkintoylarni ilmga ishtiyoq, ona-Vatanga, jonajon yurtimizga sadoqat ruhida 
tarbiyalashga bag`ishlagan. 
Qudrat Hikmat 1925 yilda Toshkent shahrida kambag`al dehqon oilasida 
tug`ildi. Birinchi she’rlari 1945 yilda bolalar gazetalarida bosildi. 
1960-yildan boshlab bolalar nashriyotida ishladi. 
Uning «Mening Vatanim» (1950), «Baxtli bolalar» (1952), «Obodlik» (1953), 
«Do’stlik» (1954), «Rodnoy Uzbekistan» (1955) kabi qator she’riy to’plamlari nashr 
etilgan. Keyinchalik «Ilonshoh va uning amaldori ari haqida ertak» (1963), 
«Soatjonning soati» (1964), «Toshbaqalar hujumi» (1965), «Daydi bola», «O’g`lim 
bilan suhbat» kabi kitoblari bosilgan. (Kitoblari ko’rsatiladi. Ular o’qishga tavsiya 
etiladi.) 
4. She’r bilan tanishtiriladi va o`quvchilarning she’rdan olgan dastlabki 
tushunchalari aniqlanadi
5. She’r matni ustida ishlash o`quvchilarning o`qish ko`nikmalarini 
takomillashtirish bilan bog`lab olib boriladi. 
− Birinchi to’rtlikni o’qing. Unda qaysi so’z va iboralar o’z ma`nosida 
qo’llanmagan? Ularning qaysi ma`noda qo’llanganini izohlashga harakat qiling. 
− Quyidagi to’rtlikning qaysi misralarida jonlantirish qo’llangan? Jonlantirish 
deganda nimani tushunasiz? 
Mahalla-ko’y ko’chada
CHuvurlashib qor kurar, 
Esib sovuq izg`irin: 
− Tezroq yur! — deb buyurar.  
− Quyidagi to’rtlikning keyingi ikki misrasidagi so’zlarning ma`nosini 
tushuntirishga harakat qiling. 
Pirpiratib ko’zini 
Avtobuslar o’tadi. 
Qahraton qish hovurni 
Mo’rkon kabi yutadi. 

Yüklə 477,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin