Academic Research in Educational Sciences Volume 3


Academic Research in Educational Sciences



Yüklə 315,92 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/7
tarix26.11.2023
ölçüsü315,92 Kb.
#136435
1   2   3   4   5   6   7
ona-tili-mashg-ulotlari-o-quv-topshiriqlarining-berilishi-va-ularning-mazmuni

Academic Research in Educational Sciences 
Volume 3 | Issue 5 | 2022
ISSN: 2181-1385 
Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12
DOI: 10.24412/2181-1385-2022-5-237-243 
SJIF: 5,7 | UIF: 6,1 
 
 
 
 
 
240
 
May, 2022 
https://t.me/ares_uz Multidisciplinary Scientific Journal 
Yuqorida aytilgan fikrlarga yondashadigan bo„lsak, har bir atama o„z mazmun-
mohiyatiga ega. Ya‟ni, mashq muayyan harakatni, bir necha bor aynan takrorlash 
orqali shu mashg„ulotdan ko„zlangan ko„nikma va malakaga ega bo„lishni nazarda 
tutsa, o„quv topshiriqlari esa o„quvchining zimmasiga biror mazvuni mustahkamlash 
maqsadida bir marta bajarish uchun beriladigan ish, vazifani anglatadi. 
Demak, mashq – ko„nikma yoki malaka hosil qilish vositasi. Topshiriq esa 
ma‟lumotlarni kishi xotirasiga kirituvchi maxsus qurilmaga o„xshaydi. U 
yo„naltiruvchi xususiyatga ega. Topshiriq orqali o„quvchini fikrlashga, mustaqil 
ishlashga, ong va tafakkurini yuksaltirish vazifasini bajaradi. Zero, bugungi kunda 
mashqlar ham, topshiriqlar ham “Ona tili” darsliklarining muhim ajralmas tarkibiy 
qismi hisoblanadi. Nazariy ma‟lumotlar, ya‟ni grammatik qoidalar o„quvchida 
belgilangan mavzu doirasida bilim, tushuncha hosil qiladi. Ta‟lim mazmunida 
o„quvchi egallashi ko„zda tutilgan ko„nikma va malakani, asosan, mashqlar 
shakllantiradi. Topshiriqlar bu o„rinda ko„proq o„quvchi bilimini boyitishga xizmat 
qiladi. 
Maktabda, odatda, muayyan o„quv predmetiga tegishli darslik dars jarayonida 
ham, hatto darsdan so„ng ham o„quvchi va o„qituvchining shu o„quv predmeti 
bo„yicha bilim berish hamda ma‟lumot olishning asosiy vositasi, tayanchidir. 
Shunday ekan, asosiy diqqatni darslikdagi o„quv materiallarining tarkibi, tuzilishi va, 
albatta, mazmuniga qaratish kerak. Maktab darsliklarida millat tafakkuri va 
mafkurasining eng ilg„or namunalari aks etishi kerak, degan ta‟kid, fikrimizcha, “Ona 
tili” darsliklariga ko„proq tegishlidir. Ajdodlardan, umuman, insoniyat daholaridan 
bugungi kungacha yetib kelgan tafakkurning eng ilg„or mahsuli bo„lgan maqol, 
matal, hikmatli so„zlar, tasviriy ifodalar, iboralar ona tili ta‟limining mazmunini 
tashkil etishi kerak, ulardan onda-sonda emas, balki har darsda, har o„quv topshiriq 
tarkibida unumli foydalanish maqsadga muvofiq. O„z o„rnida va o„z vaqtida 
o„quvchilar tafakkuriga singdirilgan bu kabi xalqona, milliy durdonalar ularning 
fikrlarini teranlashtirishga, dunyoqarashlarini kengaytirishga va o„zlarida hosil 
bo„lgan ijodiy tafakkur mahsulini ravon, aniq hamda tushunarli tarzda bayon eta 
olishlariga zamin yaratadi. 
Amaldagi dastur va darsliklar o„quvchini ona tili ta‟limi maqsadiga muvofiq
mustaqil izlanishga undashi lozim. Bunday sharoitda darslikning eng muhim qismini 
nazariy ma‟lumotlar bazasi emas, balki o„quvchiga ona tilimizning son-sanoqsiz 
imkoniyatlaridan unumli va o„rinli foydalanishni o„rgatadigan 
o„quv topshiriqlari tashkil etmog„i lozim. (Chunki maktabda ona 
tili ta‟limi tilshunos tayyorlash maqsadini emas, til 



Yüklə 315,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin