Adabiyot 11 II qism indd



Yüklə 3,35 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/45
tarix11.11.2023
ölçüsü3,35 Mb.
#132032
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   45
adabiyot 2qism 11 uzb

Savol va topshiriqlar
1. Fitrat hayoti va ijodi haqida qo‘shimcha ma’lumot bering.
2. Dramani rollarga bo‘lib o‘qing.
3. Fojiaga asos qilib olingan tarixiy davr to‘g‘risida nimalarni 
bilasiz?
4. Ulfatning «Podsholik – qon bilan sug‘orilaturg‘on bir 
og‘ochdir» degan fikriga munosabat bildiring.
5. Hakimbiyning Nodirshoh bilan munosabatini matndan mi-
sollar keltirib izohlang.
6. Abulfayzxon saltanatining inqirozini qanday izohlagan 
bo‘lardingiz?
7. Rahimbiy bilan Abulfayzxon obrazlarini qiyoslang.
8. Asardagi Qurbongul qanday obraz?
9. Xayol nima uchun o‘zini Siyovush deb ataydi? Sababini 
tushuntiring.
10. «Badiiy adabiyot va tarix
»
mavzusida ijodiy insho yozing.


35
«Kecha va kunduz» romaniga tugal badiiylik baxsh etgan 
eng muhim omil shundaki, Cho‘lpon xalq hayotining badiiy 
tahlilini ham, ijtimoiy hayot haqidagi o‘zining mulohazalari 
va xulosalarini ham biron o‘rinda yalang‘och aytishga urin-
maydi – bularning bari romanda jonli odamlar, ularning 
taqdiri, xarakterlari mantiqi vositasida ochiladi».
Ozod Sharafiddinov,
O‘zbekiston Qahramoni
«Cho‘lponning ulug‘vorligi shundaki, u XX asr o‘zbek 
adabiyotini yangi pog‘onaga ko‘tarib, o‘zbek adabiy tili 
ning 
shakllanishi va ravnaq topishiga ulkan hissa qo‘shibgina 
qolmasdan, xalqda «Vatan», «Millat», «Istiqlol» tushunchala-
rining teran ma’no kasb etishiga ham mislsiz darajada katta 
ta’sir ko‘rsatdi. O‘zga so‘zlar bilan aytganda, u xalqda hurri-
yat tuyg‘usini uyg‘otdi, uning ko‘zidagi g‘aflat pardasini olib 
tashladi, unda Vatanga muhabbat, kelajakka ishonch hislarini 
tarbiyaladi. Uning fuqarolik jasorati xuddi shundadir».
Naim Karimov,
akademik
«Milliy adabiyotimizda zamonaviy nasrchilik endigina 
shakllanayotgan pallada ijod qilgan Cho‘lponning ijodiy izla-
nishlari nasrimizning poetik arenasini boyitishga sezilarli hissa 
bo‘lib qo‘shildi. Cho‘lpon o‘z ijodi bilan nasriy janrlarning 
turfa imkoniyatlarini namoyon qildi, turli poetik usul va 

Yüklə 3,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin