Adabiyot 11 II qism indd


YAXshidir AChChiq hAqiqAT



Yüklə 3,35 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/45
tarix11.11.2023
ölçüsü3,35 Mb.
#132032
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   45
adabiyot 2qism 11 uzb

YAXshidir AChChiq hAqiqAT
Yaxshidir achchiq haqiqat,
Lek shirin yolg‘on yomon,
Ul shirin yolg‘onga mendek
Aldanib qolg‘on yomon.
Umrimiz aldoq jahonda
Aldanib o‘tgay va lek
So‘nggi qiynalg‘on yomondir,
So‘nggi qiynalg‘on yomon.
Aytgali achchiq azobing
Bo‘lsa dildosh yaxshidir,
So‘z demay o‘tli alamni
Joningga solg‘on yomon.
Jonga solg‘on ham na sozdir,
Elga so‘ylab men kabi
Shoiri devonayi ishq
Nomini olg‘on yomon.
Gar qilich kelsa boshingga,
Qo‘rqma, Erkin, rostni ayt,
Yaxshidir achchiq haqiqat,
Lek shirin yolg‘on yomon.
«rUhLAr isYONi» dOsTONi hAqidA
«Ruhlar isyoni» dostoni Erkin Vohidov ijodida muhim 
o‘rin tutadi. Doston o‘tgan asrning birinchi yarmida yashab 
ijod etgan ota 
shin bengal shoiri Nazrul Islomning qahra-
monona va fojia 
li taqdiriga bag‘ishlanadi. Shoirga qalbidagi 
dardini ifodalash uchun Nazrul Islomning achchiq qismati 
vosita bo‘lgan. Chunki o‘sha davrda O‘zbekiston ham sobiq 
Ittifoq 
ning mustamlakalaridan biri bo‘lib, o‘zbek xalqining 
erki va mustaqilligi o‘z qo‘lida emas edi. Mustamlakachi-
lar tomonidan o‘zbek millatining ming yillik an’ana va 
urf-odatlari, milliy qadriyatlari, ilm-u urfonining toptalishi, 
yo‘q qilinishi, ma’rifatparvarlarni xalq dushmani sifatida qa-
malishi va qatl etilishi, so‘z erkinligining yo‘qligi shoirni 
ushbu mavzuga qo‘l urishga undagan, albatta. Chunki yurt 
boyligi yetarli bo‘lsa-da, xalqining mehnatiga yarasha faro-
von yashamasligi, kamsitilishi, nazar-pisand etilmasligi Erkin 
Vohidovga ham Nazrul Islomday tinchlik bermadi. Shu bois 
Erkin Vohidov nafaqat o‘zini, barcha erksevarlarni qiynayot-
gan dil tubidagi dard-sitamlarni Nazrul Islom tilidan baralla 
aytishga jazm etdi va bunga erishdi.
Dostonda Vatanining ingliz mustamlakachilaridan ozod 
bo‘lishini orzu qilgan va mana shu yo‘lda o‘z umri hamda 


77
erkini baxshida etgan vatanparvar Nazrul Islomning tutqun-
likdagi hayoti, his-tuyg‘ulari badiiy tasvirlanadi. Ona yurtida 
zulm va zo‘ravonlik, irqchilik, erksizlikning avjiga chiqishi, 
mustamlakachilar tomonidan hind xalqi qonining zulukdek 
so‘rilishi, ayovsiz ezilishi, och-nochorligi shoir qalbini jun-
bishga keltiradi. Dostondagi «Isyon qo‘shig‘i»da Nazrul Islom 
hind xalqini asriy qullikka qarshi kurashga, o‘z ozod 
ligi 
uchun bosh ko‘tarishga da’vat etadi: 
So‘yla, inson,
So‘yla, qadding ko‘tarib baland. 
Yuksaklikda sening qadring 
Himolay monand... 
Uyg‘onmoqning vaqti keldi, 
Bosh ko‘tar, uyg‘on!..
Ammo bu she’rni eshitgan olomon da’vatkor shoirni 
xalq tinchini buzuvchi dushmanga chiqardi. Olomonning 
o‘z shoirini anglab yetmagani, unga ergashmagani mustam-
lakachilarga juda qo‘l keldi va shoir ozodlikdan mahrum 
etiladi.
Malomatga qoldi endi
Shoir bitib haq doston.
Hindu uni «jobon» dedi,
«Kofir» dedi musulmon.
Dostondagi qator mavzularni yoritishda shoir turli xil 
afsona hamda rivoyatlardan foydalanadi. Dostonning uchin-
chi faslidagi «tutqunlik» mavzusida Nazrul Islomning zin-
dondagi o‘y-xayollari, insoniy his-tuyg‘ulari mohirona va 
ishonarli tarzda bayon etiladi. Shoir onasini g‘am-qayg‘uga 
qo‘yganligidan iztirob chekadi. Nazrul Islom o‘zini gunohkor 
hisoblamaydi, agar gunohi bo‘lsa, u ham faqat onasining 
oldidagi farzandlik burchini ado eta olmaganida va xalqini 
ozodlik sari boshlaganida, deb biladi. Aslida, haqiqat ham 
shundan iborat.


78
Onajonim,
Menga bu kun
Sendan o‘zga dilxoh yo‘q.
Zindondaman,
Bilmam, nechun,
Menda zarra gunoh yo‘q.
Gunohkorman
Na Ollohim,
Na vijdonim oldida.
Faqatgina…
Bir gunohim
Onajonim oldida.
Kechir, onam!
Ko‘zingda g‘am,
Azob bo‘ldim joningda.
Shuningdek, shoir jafokash hind xalqining tinimsiz og‘ir 
mehnat qilishi, och-yalang‘och, uysiz, joysiz kun ko‘rishi 
va yurt boyliklarining huzurini kelgindi mustamlakachilar 
ko‘rayotganini o‘ylab yurak-bag‘ri o‘rtanadi. 
Necha ming yil
Manglay tering
To‘kib yerga, qolding och.
Sen olamga
Ipak berib
O‘zing o‘tding yalang‘och.
Bebaho – fil suyaklaring,
Bahring aro – to‘la dur.
G‘avvos qilib go‘daklaring,
Kelgindilar oladur.
Shunday bo‘lsa-da, shoir tushkunlikka tushmaydi, ona 
yurti va o‘z xalqining ozodlikka erishishiga ishonadi, mana 
shu umid unga kuch bag‘ishlaydi.
Dostonning so‘nggi faslida erksevar shoirning va hind 
xalqining orzusi ro‘yobga chiqqanligi tarannum qilinadi. Bi-


79
roq tutqunlikdagi qattiq qiynoqlar, azob-uqubatlar shoirning 
bu baxtli kunlar shukuhidan benasib etadi.
Erkin Vohidovning «Ruhlar isyoni» dostoni shoir adabiy 
merosining, umuman, XX asr o‘zbek dostonlarining eng sara 
namunalari qatorida turadi.

Yüklə 3,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin