Adabiyot 11 II qism indd


ChEXOvNiNg hiKOYAsi hAqidA



Yüklə 3,35 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/45
tarix11.11.2023
ölçüsü3,35 Mb.
#132032
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   45
adabiyot 2qism 11 uzb

ChEXOvNiNg hiKOYAsi hAqidA
Rus adibi A. P. Chexov dunyo hikoyachiligiga katta hissa 
qo‘shgan ijodkorlardan biri sanaladi. Uning hikoyalari qisqa-
ligi, real hayotiy voqealarga asoslangani, shuningdek, o‘ziga 
xos badiiy uslubi bilan ajralib turadi. A. P. Chexov o‘z hiko-
yalarida ulkan tarixiy yoki favqulodda jahonshumul hodisalar-
ni qalamga olmaydi. Balki oddiy rus odamlari qat 
nashgan, 
bir tomondan juda sodda ko‘ringan voqealarni qiziqarli ba yon 
qiladi; unga mahorat bilan badiiy bo‘yoq beradi. Jumladan, 


162
adibning mashhur hikoyalaridan biri bo‘lgan «Garov» hikoya-
si bankir va yosh huquqshunosning qatl hukmi bilan qamoq 
jazosi borasidagi ziddiyati asosiga qurilgan. Hikoyada hayot-
ning mazmuni, yoshlik faslining qadri, mol-dunyoning nimaga 
zarurligiga urg‘u beriladi. Hayot hamma vaqt go‘zal, ayniq-
sa, saodatli va fayzli umr har qanday odamning orzusidir. 
Bunday hayot tarzi uchun faqat cheksiz boylikning o‘zigina 
yetarli emas. Bunday umr uchun dunyoning hamma turdagi 
kerakli- keraksiz minglab kitoblarini o‘qish ham kamlik qiladi. 
Muhimi – uqish. O‘qilgan kitoblar ijtimoiy hayot va inson 
umri bilan bog‘lanishi, har qanday odamni kamolot cho‘q-
qisiga olib chiqishi, shuningdek, umr mazmunini teranroq 
ang 
lashga yordam berishi lozim. Aks holda, bunday ta’lim 
va tahsil hayotdan uzilgan bo‘ladi. Shu ma’noda hikoyadagi 
bayonga ko‘ra bankirni hamisha boyliklaridan ajralib qolish 
xavfi ta’qib qiladi. Garov o‘ynashning o‘zi bema’nilik emas-
mi? Boshidayoq bankirni shu savol qiynaydi. Savolga o‘zicha 
javob ham topadi: «G‘irt bema’nilik bu. Bu narsa kamina 
tomonidan badavlat kishining shunchaki to‘qlikka sho‘xligi 
bo‘lsa, huquqshunos tomonidan – pulga o‘chlik, boylikka 
hirs qo‘yish, tamom-vassalom...» – deb mulohaza yuritadi. 
Oradan yillar o‘tgan sari uning boyliklari kamayib, hatto 
qarzga botadi. Shunda o‘z boyliklari, xususan, ikki million 
pulini asrab qolish uchun qamoqda o‘tirgan huquqshunosni 
qatl etishni niyat qiladi. «Har holda, yashamoq – o‘limdan 
afzalroq» degan fikrini isbotlash va garovga qo‘yilgan pul 
uchun o‘zini o‘n besh yillik hibsga mahkum etgan yosh 
huquqshunos qirq yoshga yetganida hayot mazmunni o‘zicha, 
o‘z qarichi bilan o‘lchab ko‘radi. Ma’lum bir xulosalarga 
keladi. Shu xulosalarini mahbus qog‘ozga tushiradi. Bankir 
qamoqxonaga kirib, ozib-to‘zib qolgan va pinakka ketgan 
mahbus yonida shu maktubni ko‘radi. Bu mulohazalari davo-
mida bir necha marta kitoblarni tilga olib: «Endi kamina 
o‘zimni sizlar ning barchangizdan har jihatdan komil va yetuk 
ekanligimga ishon 
ch hosil qilmoqdaman...» – deb ta’kidlay-
di. Dunyoning noz-u ne’matlarini o‘tkinchi sanaydi, faqat 
mol-dunyogina insonni baxtli-saodatli qilmasligini anglab ye-
tadi. Shuning uchun puldan ixtiyoriy ravishda voz kechadi; 
o‘z xohishiga ko‘ra oxirgi muddatda qamoqxonadan atayin 


163
qochib, garov shartini buzadi. Huquqshunos yozgan maktub 
bankirga ham ta’sir ko‘rsatadi; u o‘zidan o‘zi nafratlanadi. 
A. P. Chexovning ushbu «Garov» hikoyasi inson umri
erkin hayot, mutolaa, kitobning foydasi, olingan ilmning 
hayotga tatbiqi, kamolotning darajasi va boshqa hayotiy 
masalalar haqida fikrlashga undaydi. Ayni damda, hikoya 
mazmuni, bankir va huquqshunosning qilmishlariga shar-
qona odob-axloq mezonlari bilan qaralganda, ikki dunyo 
saodati degan tushuncha o‘rtaga qalqib chiqadi. Bir qa-
rashda, mahbus o‘z-o‘zini tarbiyalagan, komillikka erishgan 
va ruhan tozalangan inson sifatida ko‘rinadi. Biroq inson 
zoti bu dunyoni deb u dunyoni esdan chiqarmasligi hamda 
u dunyoni deb bu dunyodan kechmasligi lozim. Hikoya 
shunday muhim hayotiy masalada ham ogohlikka chorlaydi. 
Umr yelga sovurilmasligi kerak. Shu ma’noda hikoya noo‘rin 
bahs-munozaraning oqibati, xususan, garov ikki inson taqdi-
rini boshqa o‘zanga solganligi haqida saboq beradi. 

Yüklə 3,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin