19
U l f a t. To‘xtang, hali ish buzilib qolg‘an.
X o n. Nima bo‘lg‘an?
U l f a t. Nodirshohning o‘lim xabari kelgan.
X o n. Nima... Nima... Nodirshoh o‘lganmi?
U l f a t. O‘ldirilgan.
X o n. Kim o‘ldirg‘an uni?! E, voy... Menim baxtim qaro
ekan!
U l f a t. Eron eli yog‘iqib, uni o‘ldirganlar. Bu xabar
Buxorog‘a kelgandan so‘ng, Rahimbiy
sizni yubormoq fikri-
dan qaytqon.
X o n. Emdi men nima qilaman?
U l f a t. Eron qo‘shini sizni omon-eson qo‘lig‘a olmasa,
Bu xorodan ko‘chmaydir. Buni shu kun Rahimbiyga bildirdilar.
X o n. Nima degan u?
U l f a t. Hanuz bir narsa demagan, biroq Eronning
qo‘shin boshliqlari Rahimbiy sizni o‘ldirib qo‘ymasin, deb
qo‘rqalar. Sizni, ishqilib, qochirmoq uchun meni yubordilar.
Shu tobda men bilan qochasiz. (
Eshikka borib, tinglag‘an
dan so‘ng.) Kelingiz,
shahardan chiqib, Eron qo‘shinig‘a
qo‘shilamiz.
X o n. Qanday qilib qochaman?
U l f a t. Qochmoqning qanday-mandayi yo‘q, mana shu
yo‘lga kirib olsangiz, qochib qutularmiz. Menga ishoningiz,
hech qo‘rqmangiz.
X o n.
Bolalarni, nima qilayin?
U l f a t. Vaqtimiz oz qolg‘an. Yuringiz, tez qochaylik. Bir
balo chiqmasin.
X o n. Bolalarim nima bo‘lalar?
U l f a t (
eshikni tinglab qaytg‘andan so‘ng). Buxoro taxtig‘a
Chingiz bolalaridan boshqa kishi chiqarilmaydir. Shu
ning
uchun Rahimbiy katta o‘g‘lingizni xon ko‘taradir. Sizning
ularga ishingiz bo‘lmasin. (
Qo‘lini tutib.) Turingiz,
bot qo-
chaylik emdi.
X o n (
o‘rnidan turar). Men qochg‘ach, bolalarimni
o‘ldirmaylarmi?
U l f a t. O‘ldira olmaylar. O‘g‘lingizni xon ko‘tarishdan
boshqa choralari yo‘qdir. Yuringiz, tez qochaylik. (
Xonni
Dostları ilə paylaş: