5
Inson hayvondan farqli o‘laroq, nafaqat moddiy ozuqaga,
balki ma’naviy-ruhiy oziqqa ham muhtojlik sezadi.
Bu nima
degani?
Agar Siz iste’mol qiladigan oziq-ovqatlar jismingiz ehtiyoj-
larini qondirib, uni holsizlanishdan asrab,
doimiy quvvatlantirib
tursa, ma’naviy oziqlanish Sizni ruhiy boyitib, tetiklashtirib,
ma’naviy qashshoqlashishdan asraydi. Odamning moddiy boy-
liklari ko‘payishi uni o‘z-o‘zidan ma’naviy boy qilib qo‘ymaydi.
Inson och-yupun qolmaslik to‘g‘risida qanchalik o‘ylasa, o‘zini
ma’naviy yuksaltirish to‘g‘risida ham undan-da ko‘proq jon
kuydirishi kerak bo‘ladi. Ma’naviy
yuksalishning eng samarali
yo‘llaridan biri esa kitobga oshno tutinish, jumladan, adabiy
asarlar mutolaasiga ixlos qo‘yishdir.
Adabiyotning aynan ma’naviyat
xazinasi ekanining yana bir
sababi shundaki, uning bag‘rida hozirga qadar insoniyat ardoq-
lab kelayotgan eng noyob hislar – insonparvarlik (gumanizm),
adolat, shafqat, o‘zaro hamjihatlik, do‘stlik,
mehr va muruvvat,
sevgi-muhabbat, go‘zallikka tashnalik singari o‘lmas insoniy
tuyg‘ular jamuljamdir. Adabiyotga oshno tutingan odam qalbiga
bu hislar ko‘chib o‘tishi, uni hazrati insonga aylantirishi, hayo-
tiga
nur olib kirib, turmushini turfa mazmun bilan boyitishi
aniqdir.
Islom Karimov «Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch»
asarida xalqimizdan yetishib chiqqan, uning dunyoga ma’rifatli
millat sifatida tanilishiga ulkan hissa qo‘shgan buyuk ijodkorlar
xizmatiga
yuksak baho berar ekan, jumladan, mutafakkir bobo-
miz Alisher Navoiyni quyidagicha ta’riflaydi:
«Agar bu ulug‘ zotni avliyo desak, u avliyolarning avliyosi,
mutafakkir desak,
mutafakkirlarning mutafakkiri, shoir desak,
shoirlarning sultonidir».
1
1
Dostları ilə paylaş: