1 0
bo‘lishingizga ko‘maklashadigan eng yaqin do‘stingizga ayla-
nishi qanchalar muhim. Bilingki, bu do‘st
Sizga hech qachon
xiyonat qilmaydi, hech vaqt Sizni yo‘lg‘iz qoldirmaydi, biror
payt joningizga tegmaydi, zeriktirmaydi. Adabiyotga qo‘lingiz-
nigina emas, qalbingiz,
yuragingizni bering, u bilan yorug‘
kunlarni ko‘zlab safarga chiqing.
Safaringiz mazmunli bo‘lsin, aziz o‘quvchi!
1. O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Kari-
movning badiiy adabiyot va ijodkorlar haqidagi fikrlarini so‘z-
lab bering.
2. «Adabiyot» so‘zining lug‘aviy ma’nosini izohlang.
3. Adabiyot nega «ma’naviyat xazinasi» deb nomlanishini tushun-
tirib bering.
4. Qaysi adabiy asarni o‘qiganingizdan keyin o‘zingizda
jiddiy
o‘zgarish his qilgansiz? Shu o‘zgarishni izohlab bera olasizmi?
5. O‘zingizni yetarli darajada kitob o‘qiyapman deb hisoblay-
sizmi?
6. «Kitobdan kitobning farqi bor» degan gapni qanday tushunasiz?
7. Sizni va tengdoshlaringizni ko‘proq nimalar qiziqtiradi? Ular
orasida adabiy asarlar o‘qishga chanqoqlik ham bormi?
8. Agar bir aylanib yozuvchi bo‘lib qolsangiz,
eng avvalo, nimalar
to‘g‘risida yozgan bo‘lardingiz?
9. «Ma’rifatli kishi» deganda yaqinlaringizdan kimni ko‘z ol-
dingizga keltirasiz? Bunday odamdan nimalarni o‘rgangan
bo‘lardingiz?
10. Ota-onangizning vaqti bo‘lmaganda, ukalaringizni atrofingizga
yig‘ib biror kitob o‘qib berishni odat qilganmisiz?
11. Yozuvchi Abdulla Qahhor: «Adabiyot –
atomdan kuchli, lekin
uning kuchini o‘tin yorishga sarflamaslik kerak», – degan edi.
Shu gapni izohlab berishga urinib ko‘ring-chi.
Dostları ilə paylaş: