2 9
qonlardan olasi
1
bor ekan, menga cho‘tni
2
qo‘ltiqlatib oldilar,
orqalaridan ergashib yurdim.
U qarzdor dehqonnikiga boramiz,
bu qarzdor dehqonnikiga boramiz. Hammasi ham: «Qani, bu
yoqqa, bu yoqqa», – deb taklif qilishadi. Cho‘t ko‘targanimni
ko‘rib, «boyning mirzasi» deb bechoralar meni ham siylashadi.
Palov deysanmi, sho‘rva deysanmi, qo‘y-chi, og‘ayni, meni
gapga solma, juda og‘ir bir ahvolda bo‘lib, bo‘kib yotibman,
ovqat bosdi, ovqat!
Bu noz-ne’matlarning ko‘pini
men faqat otinigina eshitgan
edim. Juda ham Omonning baxtidan kunlashar
3
edim. Endi
qanday bo‘lsa ham Omonni laqillatish kerak edi. Chunki ertaga
egang o‘lgur, tutqaloqlik sigirni u o‘tlatgani
olib borsa, cho‘t
qo‘ltiqlab mehmondorchilikda yursam degan fikr boshimdan
ketmas edi.
– Xo‘sh, sening ishing qalay? – deb so‘radi Omon.
– E, meniki ham, qo‘yaver,
tozayam maza qildim-da, bu
jonivor sigir shunday yuvvosh, shunday bir baraka topgur
ekanki,
yetaklab olib yurib, bir uvatga qo‘yaman, xuddi qoziqqa
bog‘lab qo‘yganday o‘sha yerdan bir qarich qimirlamasdan
o‘tlaydi, o‘tlab turgan joyida o‘t sob bo‘lib qolsa, «naryoqqa
o‘tsam mumkinmi», deganday
qilib menga sekin qiya qarab
qo‘yadi. «Ha, jonivorgina» deb yetaklab nariroqqa jildirib
qo‘yaman. Shunday qilib, qarasam,
sigir emas, jonning rohati
ekan, keyin bir sero‘troq uvatga yetaklab olib borib qo‘ydim-
da, ariq bo‘yidagi tolning salqinida maza qilib uyquni urdim.
Ikki-uch kundan buyon bo‘lgan hamma hordiqlarim chiqib
ketdi.
Yaxshi ham bu yerda qolmaganim, mehmonlarga xizmat
qilaverib toza ham charchagan bo‘lar ekanman.
Omon ham mening gapimga «puk» uchgan bo‘lsa kerak, ikki
gapning birida «haha-haha» deb qo‘yar edi.
1
Dostları ilə paylaş: