3 9
«Ora-chorada tor ko‘chalar yo‘limni to‘sib
qolsa ham, tulki
quvlagan tovuqday sakrab o‘tib ketar edim»;
«Xotin qozonning qopqog‘ini ochdi – baliqday bo‘lib oppoq
laganda moshkichiri chiqdi, o‘rtaga qo‘ydilar»;
«Qo‘ylar xuddi sutga tushgan sichqonday boshlarini ko‘tarib
suzar edilar»;
«Har ikkovimizning yuragimiz dard tekkan terak yaprog‘iday
qaltirab turibdi» va hokazo.
1. G‘afur G‘ulom hayoti va ijodi to‘g‘risida nimalarni bilasiz?
2. «Shum bola» qissasida yozuvchining bolalik hayoti to‘g‘ridan
to‘g‘ri va to‘liq aks etgan deb bo‘ladimi?
3. Shum bolaning sarson-sargardon kezib yurishining asosiy sababi
nimada edi?
4. Shum bola ba’zan yolg‘on
gapiradi, yomon ko‘rgan odamla-
ridan o‘ch oladi, hatto ozgina o‘g‘rilikka ham qo‘l uradi. Uning
bu harakatlarini qanday baholaysiz?
5. Shum bola bilan mahalladoshi Omonning qanday farqi bor?
6. Qissadan olingan parchada Shum bolaning qaysi xususiyatlari
bo‘rtib ko‘rinadi?
7. Sariboyning Shum bola to‘qigan yolg‘onlarga
chippa-chin isho-
nishining asosiy sababi nimada?
8. 5-sinfda o‘rganganingiz G‘afur G‘ulomning «Mening o‘g‘rigina
bolam» hikoyasi bilan «Shum bola» qissasining qanday umu-
miy jihatlari bor deb o‘ylaysiz?
9. «Shum bola» qissasi asosida yaratilgan badiiy film bilan qis-
saning o‘zi orasida qanday farqlarni uchratdingiz?
10. Adabiy asar asosida yaratiladigan
kinofilm yoki spektakllar
o‘sha asar bilan bir xil bo‘lishi kerak deb hisoblaysizmi? Kino-
film va qissaning o‘ziga xos hikoya yo‘sinini solishtirishga
harakat qiling.
11. Sinfingizda «Shum bola» qissasidan keltirilgan parcha asosida
kichik spektakl qo‘yib,
qay biringiz Shum bola, qay biringiz esa
Sariboy roliga ko‘proq mos tushishingizni aniqlashga harakat
qiling.
Dostları ilə paylaş: