4 7
!
«Yetti zog‘ora qissasi» shoir Turob To‘laning nasriy yo‘na-
lishda yozgan dastlabki asari edi. Agar aksariyat yozuvchilar
nasrdagi
ijodini kichik janrlardan, masalan, hikoyalar yozish bi-
lan boshlagan bo‘lsa, Turob To‘la birdaniga yirik qissaga qo‘l
uradi. Biroq, shunga qaramay,
uning mazmun-mohiyati, kitob
qahramonlarining jonli xarakteri, tili va uslubi muallifning bu
borada katta muvaffaqiyatga erishganidan dalolat beradi.
O‘qishidan ta’tilga chiqqan Siz
tengi bola Toshtemir buvasi
Baxshilla maxsumdan Turbat qishlog‘iga olib borishni iltimos
qilishi bilan boshlangan bu qissa o‘nlab hikoya, afsona, rivoyat
va ertaklarni o‘z ichiga oladi. Asosiy
hikoyachi Baxshilla max-
sumdir. U o‘z hayotida ko‘rgan-kechirganlarini, kattalardan
eshitgan rivoyatlarni nabirasiga yo‘l davomida nihoyatda qizi-
qarli tarzda aytib boradi. Ularda turli
zamon kishilarining bir-
biridan ibratli taqdiri, o‘quvchi e’tiborini o‘ziga tortib oladigan
g‘ayritabiiy voqea-hodisalar hikoya qilinadi.
Shunisi e’tiborliki, yozuvchi bolalar va o‘smirlarga mo‘ljal-
langan bu qissaga o‘z davrida qalamga
olish taqiqlangan mav-
zularni ham dadil olib kiradi, yosh do‘stlariga milliy tarixi-
mizning shonli sahifalarini bildirib ketishdan cho‘chimaydi.
Qissada, jumladan, buyuk sohibqiron bobomiz
Amir Temur, diniy ma’rifatning ulug‘ namoyandalari,
«xalqparvar siymolar» Ismoil ota, Avliyo ota, «sharq
adabiyotining vallamatlaridan biri, butun Osiyoni aql-
idroki bilan tebratgan» Xo‘ja Ahmad Yassaviy,
«Navoiyni mahliyo qilgan donishmand», mashhur
Dostları ilə paylaş: