Adabiyot 6 (I qism) 2017. p65


–1987-yillarda «O‘zbekiston adabiyoti va



Yüklə 1,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/60
tarix10.03.2023
ölçüsü1,83 Mb.
#123955
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   60
Adabiyot. 6-sinf. 1-qism (2017, S.Ahmedov, R.Qo\'chqorov)

1982–1987-yillarda «O‘zbekiston adabiyoti va
san’ati» gazetasini, 1987–1991-yillarda respublika
Yozuvchilar uyushmasini boshqaradi. Keyin O‘z-
bekiston Atamalar qo‘mitasi raisi, so‘ngra Markaziy
Osiyo xalqlari madaniyati assambleyasining birinchi
vitse-prezidenti lavozimida faoliyat yuritadi.
Odil Yoqubovning dastlabki yirik asari 1951-yilda bosilib
chiqqan «Tengdoshlar» qissasi edi. So‘ngra uning «Dastlabki
Odil YOQUBOV
(1926–2009)


1 1 9
!
qadam» (1953-yil), «Ikki muhabbat» (1955-yil) hikoyalar to‘p-
lami, «Tilla uzuk» (1961-yil) qissa va hikoyalar to‘plamlari chop
etiladi, «Chin muhabbat» (1955-yil), «Aytsam tilim, aytmasam
dilim kuyadi», «Yurak yonmog‘i kerak» (1958-yil), «Olma gul-
laganda» (1961-yil) pyesalari yaratiladi. Birin-ketin «Bir felye-
ton qissasi», «Muqaddas», «Qanot juft bo‘ladi», «Izlayman»,
«Billur qandillar» qissalari e’lon qilinadi.
Odil Yoqubov o‘zbek adabiyotida roman janrini
rivojlantirishga ulkan hissa qo‘shgan adibdir. Uning
turli davrlarda yaratilgan «Er boshiga ish tushsa...»
(1966-yil), «Ulug‘bek xazinasi» (1973-yil), «Ko‘hna
dunyo» (1982-yil), «Diyonat» (1977-yil), «Oqqushlar,
oppoq qushlar» (1988-yil) romanlari kitobxonlarning
mehrini qozongan.
Bu romanlarda yozuvchi gohi o‘rta asrlar vatanimiz tarixi-
dagi buyuk allomalar Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino,
Ulug‘beklar hayoti, ularning ulug‘vor ishlari haqida hikoya
qilsa, gohi zamonaviy mavzularni qalamga olib, odamlar o‘rta-
sidagi mehr-oqibat, muhabbat, adolat, burch kabi yuksak tuyg‘u-
larni asrash to‘g‘risida fikr yuritadi. Shuning uchun ham bu
asarlar hozirgacha o‘quvchilar tomonidan sevib o‘qiladi.
Mustaqillik yillarida ham yozuvchi barakali ijod qildi.
Uning «Adolat manzili» (1998-yil) romani, «Muzaffar Temur»
(1996-yil), «Bir koshona sirlari» (2000-yil) singari pyesala-
ri hamda o‘nlab hikoyalarida xalqimiz o‘tmishi va bugungi
kunining dolzarb muammolari badiiy tadqiq etildi. Yozuvchi
1985-yilda O‘zbekiston xalq yozuvchisi unvoniga ega bo‘lgan
bo‘lsa, 1994-yilda «Do‘stlik», 1998-yilda esa «El-yurt hurmati»
ordenlari bilan mukofotlangan.
Odil Yoqubov 2009-yilda vafot etgan.
Biz quyida adibning istiqlol davrida yaratilgan ta’sirli hi-
koyalarining biri bilan tanishamiz.


1 2 0

Yüklə 1,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin