Adabiyotshunoslik



Yüklə 1,06 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/70
tarix26.11.2023
ölçüsü1,06 Mb.
#135699
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   70
qiyosiy adabiyotshunoslik

To‘rtinchi vaziyat
. Har xil makon va zamon adabiy hodi-
salarini qiyoslash jarayoni. Bunda turli muhit, makon va tur
­
li zamon adabiy hodisalari taqqoslanadi. Bu vaziyat qiyosiy 
tah lil metodologiyasi va metodikasi uchun eng murakka
­
bi sa naladi. Masalan, Shekspir va Alisher Navoiy asarlarida 
ma’rifat talqini yoki Abdulla Qahhor va Jek London asarlarida 
badiiy psixologizm masalasini o‘rganish uchun quyidagilarni 
hisobga olish kerak:
Birinchidan,
qiyoslanadigan hodisalarning mohiyatini tu-
shunish lozim. 
Ikkinchidan
, qiyosiy tahlil obyektlari mavjud 
bo‘lgan oldingi sharoitlar va muhitlarni ham imkon qadar 


22
23
chuqurroq o‘rganish, ularning Shekspir va Navoiy yoki Abdul
­
la Qahhor va Jek London dunyoqarashiga ta’sirini ochib berish 
darkor. Chunki har xil zamon va makonda yashab ijod etgan 
adiblarning asarlarini mashhurlikdan boshqa yana nima bir
­
lashtirib turganini bilish uchun ko‘pgina adabiy hodisalarni 
yuzaga chiqarish lozim.
Qiyoslash obyektlarining makon-zamon ko‘rsatkichlari 
munosabati bilan, tahlil qiluvchining oldida ko‘plab qiyinchi
­
liklar paydo bo‘ladi. Ammo qiyoslanadigan adabiy hodisalar-
ning rivojlanish jarayonida vujudga keladigan vaziyatlarning 
xususiyatlari hisobga olinsa, ularni hal etish mumkin. Agar qi
­
yosiy tahlil olib borayotgan tadqiqotchilar farqlanuvchi, zid
­
diyatli hodisalarni qiyoslash metodologiyasi va metodikasiga 
ega bo‘lsa, qiyoslash natijasi yaxshi samara beradi.
Nazorat savollari:
1. Tabiiy, ma’naviy va ijtimoiy qiyosiy tahlil obyektlari bir- biri
­
dan qanday farq qiladi?
2. Qiyosiy tahlilning vazifalari nimalardan iborat?
3. Qiyoslash jarayonidagi eng muhim bosqichlarga izoh bering?
4. Qiyosiy tahlil kutilgan natijani berishi uchun, tadqiqotchi 
qan day bosqichlarda ish olib borishi kerak?
5.
 
Zaruriyat – obyekt – mohiyat algoritmida qiyosiy tahlilni 
amal ga oshirish mexanizmini tushuntiring?
6. Qiyoslanishi mumkin bo‘lgan qanday tipik vaziyatlarni bilasiz?
7. Nima uchun har xil makon va zamon adabiy hodisalarini qi
­
yoslash jarayoni qiyosiy tahlil metodologiyasi va metodikasi 
uchun eng murakkabi sanaladi?

Yüklə 1,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin