Adabiyotshunoslik



Yüklə 1,06 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/70
tarix26.11.2023
ölçüsü1,06 Mb.
#135699
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   70
qiyosiy adabiyotshunoslik

Qiyosiy induksiya 
– xususiydan umumiy tomon harakat, qiyoslanadigan adabiy 
hodisalarning o‘xshashlik va tafovutlarni aniqlash jarayonidir. 
Qiyosiy-tarixiy va qiyosiy-chog‘ishtirish metodi 
Qiyoslash metodologiyasida qiyosiy-tarixiy va chog‘ish-
tirish (yoki qiyosiy-chog‘ishtiruv) metodi eng asosiy metod
­
lardan hisoblanadi. Bu metodlar mohiyatan bir-biriga yaqin, 
ammo farq qiladi. 
Qiyosiy-tarixiy metod
adabiy hodisalarning umumiy va 
xos tomonlarini tarixiy taraqqiyot jarayoni bilan bog‘liqlikda 
qiyoslash usulidir. Qiyosiy-tarixiy metod asosidagi ilk nazariy 
fikrlar Arastuning «Poetika» asarida bayon qilingan. Faylasuf 
adabiyotni epos, lirika, drama kabi uch turga ajratish jarayoni
­
da ularni qiyoslaydi va mohiyatini tushuntirib beradi. Qiyosiy-
ta rixiy metod haqida ilmiy adabiyotlarda juda ko‘plab nazariy 
fikrlar bayon qilingan. Jumladan, adabiyotshunos, B.Ka rimov 
qiyosiy-tarixiy metoddan foydalanib, quyidagi yo‘ na lishlarda 
ilmiy tadqiqot olib borish mumkinligini ta’kidlaydi:
1. dunyo adabiyoti durdonalari yoki milliy adabiyotning 
go‘zal namunalari o‘zaro qiyoslanadi;
2. adabiy asarlar yaratilgan davriga ko‘ra taqqoslab o‘rga-
niladi;
3. bir milliy adabiyot vakillarining qiyos uchun asosli asar
­
lari o‘rganiladi;
4. milliy adabiyot namunalari dunyo adabiyoti kontekstida 
tekshiriladi;


26
27
5. adabiy jarayon yoki adabiyot tarixida mavjud adabiy ho-
disalarning farqli va o‘xshash qirralari tadqiq qilinadi;
6. mavzu yoki ilmiy muammo nuqtayi nazaridan o‘zaro ya
­
qin bo‘lgan adiblarning asarlari tekshiriladi;
7. adabiy-estetik evolyutsiyani kuzatishda ma’lum bir adib 
tomonidan yozilgan asarlar obyekt qilib olinadi
1
.
Qiyosiy-tarixiy metodning nazariy asoslari A.N.Vese
­
lovskiy, V.M.Jirmunskiy, N.I.Konrad, A.Dima, A.Dyurishin, 
V.R.Amineva kabi olimlar tomonidan juda yaxshi yoritilgan
2
.

Yüklə 1,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin