Chog‘ishtirish metodi – filologik hodisalarni tizimli
qiyos lashga asoslangan metod bo‘lib, asosan farqli xususiyat
larni ochib berishga qaratilgan metoddir. Shuning uchun ham
tilshunoslikda boshqacha nomi kontrastiv metod deb atala
di. Garchi nazariy asoslari ishlab chiqilmagan bo‘lsa-da, antik
davrlardan boshlab turli xil filologik hodisalarni chog‘ishti
rishga qaratilgan asarlar yaratilgan. Alisher Navoiyning fors
va turkiy tillar muhokamasiga qaratilgan «Muhokamat-ul
lug‘atayn» asari chog‘ishtirish metodining yorqin namuna
sidir. Fanda mazkur metodning nazariy asoslari tilshunos olim
I. A. Boduen de Kurtene tomonidan XIX asrda ishlab chiqilgan.
Ye. D. Polivanov, L. V. Sherba, S. I. Bernshteyn, A.A.Reformat
skiy, Sh. Balli kabi olimlar bu boradagi ilmiy ishlarni davom
ettirishgan
3
.
Tilshunos olim R.Rasulov ilmiy xulosalariga ko‘ra, cho-
g‘ish tirish metodi ikki va undan ortiq qarindosh yoki qarin
dosh bo‘lmagan tillarni, til hodisalarini o‘zaro qiyolash usuli
1
Каримов Б. Адабиётшунослик методологияси. – Тошкент: Муҳаррир, 2011. – Б.74.
2
Bu haqda yana qarang: Эшонбобоев А. Қиёсий-тарихий метод ҳақида // Ўзбек тили ва
адабиёти. 2008. №2.
3
Поливанов Е.Д. Русская грамматика в сопоставлении с узбекским языком. – Ташкент,
1933; Реформатский А.А. О сопоставительном методе // Русский язык в национальной
школе. 1962. №5; Методы сопоставительного изучения языков. – М., 1988.
bo‘lib, ushbu xususiyatga ko‘ra faqat qarindosh tillarni taq-
qos lab, qiyoslab o‘rganadigan qiyosiy-tarixiy metoddan farq
qiladi. Shuningdek, qiyosiy-tarixiy metoddan farqli ravishda,
chog‘ishtirilayotgan tillarning tarixiga, ularning kelib chi
qishiga – genetik jihatlariga, taraqqiyotiga e’tibor bermaydi,
ularga asoslanmaydi.
1
Agar yuqoridagi nazariy fikrlarni adabiyotga tatbiq qilsak,
tahlil bir millat yoki bir hudud adabiyoti doirasida olib borilsa,
adabiy hodisalarning genetik jihatlariga e’tibor qaratilsa, bun
da qiyosiy-tarixiy metoddan (mas., «o‘zbek mumtoz adabiyoti
da ramzlar qiyosi»), turli millatga mansub adabiyotlar tadqiqi
va tahlili asosida (mas., rus va o‘zbek, ingliz va ispan) u yoki
bu adabiy hodisalarning spetsifik xususiyatlari ochib berilsa,
chog‘ishtirma metoddan foydalaniladi.