10
11
«Lison ut-tayr» dostoniga oid ilmiy izlanishlari mikrokompa-
rativistika obyekti hisoblanadi. Har ikkala sharqshunosning
ilmiy qarashlarini qiyosan o‘rganish shunday xulosalarga ke-
lish imkonini berdi
1
:
1. Ye.E.Bertels (1928) va A.N.Malexova (1978) tadqiqot
larida germenevtik ta’limot (talqin) muvozanati buzilma
gan, matn mohiyati o‘tkinchi g‘oya va mafkuraviy manfaatlar
uchun qurbon qilinmagan. Ye.E.Bertelsning 40-yillardagi tad
qiqotlari haqida bunday deyish qiyin, chunki qatag‘on siyosa
ti olimni davr mafkurasi bilan hisoblashishga majbur qilgan;
Har ikkala sharqshunosning asar syujeti, Navoiyning tasavvuf
ta’limotiga aloqasi, Foniy taxallusini tanlash sababi, Sharq
naziranavisligi xususidagi fikrlari deyarli hamohang. Masalan,
Navoiy va tasavvuf masalasida Ye.E.Bertels shoirning tasavvuf
ta’limotini chuqur bilgani, ammo so‘fiy amaliyotchi bo‘lma
ganini qayd qilsa, A.N.Malexova tasavvuf shoir uchun maqsad
emas, vosita bo‘lganini ta’kidlaydi
.
2. Ye.E.Bertels masalaga tarixiy-biografik, A.N.Malexo
va struktur-sistematik jihatdan yondashadi. Olim hikoyatlar
mohiyatini siyosiy, ijtimoiy-madaniy kontekstda mayda un
surlarigacha tahlil qiladi, A.N.Malexova esa asosiy e’tiborini
asarning ichki kompozitsiyasi, muallif shaxsiyati, hikoyatlar
tipologiyasi tadqiqiga qaratadi.
3. Har ikkala tadqiqot mohiyatan bir-birini to‘ldiradi.
Ye.E.Bertels va A.N.Malexova qarashlardagi fikrlar tadriji «Li
son ut-tayr» dostonini turli aspektda o‘rganish mumkinligi va
davomiyligini ko‘rsatadi.
1
Халлиева Г. XX аср Россия шарқшунослиги ва ўзбек мумтоз адабиёти. Монография.
– Тошкент: Муҳаррир, 2018. – Б.133 – 134.
Dostları ilə paylaş: