100
101
bo‘lgan bosh qahramon ruhiy olami, hayot tarzi, orzu-inti-
lishlarining turlichaligidan kelib chiqadigan o‘ziga xoslikdan
tashqari, har bir yozuvchining individual tasvir usuli, voqea-
larni tanlash tamoyili mavjud. Nodir Normatov romanida,
Irving Stoun asaridagidan farqli o‘laroq, ayrim o‘rinlarda ba-
yon, muallif munosabati, publitsistik uslub yetakchilik qiladi.
«Ro‘zi Choriyevning so‘nggi vasiyati»da «Hayot ishtiyoqi»dagi
singari syujet izchil, voqealar ketma-ketligida rivojlanib bor
maydi. Yozuvchi asarning uch qismida uch xil kompozitsion
qurilmadan foydalanadi. Bu qismlarda voqealar davom etmay
di, balki bu qismlar bir-birini to‘ldirishga, chuqurlashtirishga,
ma’lum hodisaga turli rakursdan qarashga, o‘quvchining tur
licha idrok etishiga yo‘naltirilgandir. Nodir Normatov roma
nida an’anaviy va modern romanchilik uslublarining sintezini
ko‘ramiz. Umuman, mazkur roman o‘zbek adabiyotida o‘ziga
xos hodisadir.
Dostları ilə paylaş: