Nizomiy Navoiy Fikrlar ko‘proq badiiy yo‘sinda
aks etgan
Fikrlar nisbatan ochiq, hatto, Odam
va undan keyingi payg‘ambarlar
ning Muhammad (a.s.)ga nisbatan
mavqeyi aniq qayd etiladi.
Payg‘ambarning islom rivojida
ko‘rsatgan jasoratlari va ulug‘ zot
ekani, sharafini ta’kidlashga ko‘p
e’tibor qaratgan. Fikrlarini asoslash
uchun payg‘ambar mo‘jizalari,
xususan, «shaqqalqamar» voqea
si, payg‘ambarning harbiy harakat
lari xususida to‘xtaladi.
Ilohiy mo‘‘jizalar xususida so‘zla
gan bo‘lsada, ko‘proq payg‘am
barning yangi shariat barpo etgani
va uning oqibatlari haqida so‘z
yuritadi.
Na’tda Navoiyda kuzatilgan Mu
hammad (a.s.) zoti tasviridan to
unga Qur’on nozil bo‘lgunga qa
dar vaqtning sababoqibat tarzida
gi ifodasi yo‘q.
Tartib orqali tushunarlilik, badiiy
tasvirdagi tizimlilikni ta’minlash
dan tashqari, koinotning yarati
lishi ham muayyan tartibga ega
ekani, jumladan, Muhammad
(a.s.) ana o‘sha jarayonda muhim
o‘rin tutishini ko‘rsatib berishga
muvaffaq bo‘lgan.
Nizomiy va Navoiyning me’roj borasidagi qarashlari juda
uyg‘un, lekin Navoiy bu bobda ham o‘z ijodiy prinsipiga mu
vofiq yangi yo‘ldan yurishga intilgan.
Har ikki ijodkor payg‘ambarning Tangri huzuridan qayti
shi tasvirida ham o‘ziga xoslik ko‘rsatgan. Navoiy Muhammad
(a.s.)ning bir damlik safardan buyuk himmati bilan umma
ti murodini hosil qilib qaytganiga diqqatni qaratsa, Nizo miy
me’roj voqeasidan so‘ng choriyorlarga sano aytadi. Nizo-
miyning bu tasvirlari debochanavislik an’anasiga muvofiq,
chunki Sharq debochalarida manoqib doimiy tarkibiy qism
sanalgan .
Alisher Navoiyning badiiy mahorati, kashfiyotlari mohi
yatini to‘g‘ri va to‘la ko‘rsatish uchun u tayangan manbalar
bilan atroflicha tanishish, ular orasidagi bog‘lanishlar xususi
yatini tahlil qilish zarur. Bu ma’lum faktning saralanishidan
boshlab, shaklla nishi, badiiy tasviri va talqiniga qadar bo‘lgan
oraliqda ijodkorlarning individualligini aniqroq tasavvur qi-
lish imkonini beradi.
Xamsanavislik doirasidagi iskandarnomalar Sharqda ya-
ratilgan Iskandar qissalarining oltin halqasi. Ular qadimgi
davrdan muallif davriga qadar bo‘lgan folklor, diniy-tarixiy,
adabiy-falsafiy merosning ensiklopedik umumlashmasi va
hosilasi sifatida namoyon bo‘ladi.
Navoiy «Saddi Iskandariy»da ham debochani asar mazmu
niga muvofiqlashtirish prinsipiga amal qiladi. Har ikki dos
tondagi