adabiyot tarixi – ij- timoiy fikr, madaniyat va fan tarixidir , shoir shaxsiyatini esa
ma’lum tarixiy sharoit shakllantiradi. Shoirning individuallik,
shaxsiy tashabbus darajasini aniqlash uchun, dastavval uning
ijodi nima bilan qurollangani tarixini kuzatish kerak.
A.N.Veselovskiy barcha fikrlarini jamlab, qiyosiy metodo-
logiyaga tayangan holda «Tarixiy poetika» asarini yaratadi.
3
Rus olimasi M.G.Bogatkinaning fikricha, zamonaviy kompara
tivistika metodologiyasi matnni o‘rganishning qiyosiy metod
lari majmuasidan iborat bo‘lib, aynan A.N.Veselovskiy yarat
gan qiyosiy-tarixiy maktab an’analariga asoslanadi.
4
Xullas, qiyosiy tadqiqotlar uchun asosiy metod hisoblan
gan qiyosiy-tarixiy metod
5
adabiy jarayon dinamikasini,
vorisiylik va an’analar almashinuvini, badiiy qadriyatlarni
to‘liq anglashda yordam beradi.
1
Qosimov A., Hamroqulov A., Xo‘jayev S. Qiyosiy adabiyotshunoslik. – Toshkent: Akadem-
nashr, 2019. – B.24.
2
Академические школы в русском литературоведении. – М.: Наука, 1975. – C.211.
3
Веселовский А.Н. Историческая поэтика. – М.: Высшая школа; – 1989. – С.405.
4
Богаткина М.Г. О формировании новой парадигмы в современной компа ративистике
// Международная научная конференция. – Казань, 2004. – С.75.
5
Qarang: Эшонбобоев А. Қиёсий-тарихий метод ҳақида // Ўзбек тили ва адабиёти. –
Тошкент, 2008. №4. – Б.38 – 46; Каримов Б. Адабиётшунослик методологияси. – Тошкент:
Муҳаррир, 2011. – Б.73 – 75.
A.N.Veselovskiydan keyin adabiy komparavistikaning me-
to dologik jihatlarini V.M.Jirmunskiy, A.Dima, D.Dyurishin,
N.I.Konrad, I.G.Neupokoyeva, M.B.Xrapchenko, A.Kokorin,
M.Bo gatkina, V.R.Amineva, Yu.I.Mineralov kabi olimlar tad
qiq qil gan va dunyo adabiyotshunosligida bu jarayon davom
etmoq da.
Bugun qiyosiy adabiyotshunoslik fani kundan kunga rivoj-
lanmoqda.