14
15
2-mavzu:
QIYOSIY TAHLILNING ILMIY-NAZARIY
ASOSLARI VA PRINSIPLARI
Reja:
2.1. Qiyosiy tahlil obyektlari.
2.2. Qiyosiy tahlilning vazifalari.
2.3. Qiyoslash jarayonidagi eng muhim bosqichlar.
2.4. Qiyoslanishi mumkin bo‘lgan tipik vaziyatlar.
Tayanch tushunchalar:
obyekt, tabiiy, ijtimoiy, ma’naviy, gno
-
seologik, mantiqiy, metodologik, metodik, akseologik vazifalar, qi-
yos lash bosqichlari, muhit, ichki xususiyatlar, tipik vaziyatlar
Qiyosiy tahlil oddiy tahlildan farq qiladi. An’anaviy tahlil
obyektlardan, ular esa o‘z tashkil etuvchilaridan iborat.
Tad
qiqotchilar uchun shuni bilishning o‘zi kifoya. Qiyosiy tahlil
esa aytib o‘tilgan harakatlardan tashqari, yana tahlil obyekt-
larining tashkil etuvchilarini ham bir-biri bilan qiyoslashga
qaratiladi.
Qiyosiy tahlildan maqsad –
qiyoslanuvchi obyektlarning
o‘xshash va farqli jihatlarini aniqlash, ular orasidagi umumiy
qonuniyatlarni yuzaga chiqarishdan iborat.
Azaldan, «Haqiqat qiyosda bilinadi» deymiz. Shuning
uchun ham qiyoslash metodologiyasi
odamlarning hayotiy
fao liyatida keng tarqalgan va qo‘llanilmoqda. Bugungi kunda
qi yoslash metodi barcha bilish va hodisalarni tahlil etish ja
rayoniga tatbiq etilgan. Fan va amaliyotning barcha sohalari
da qiyoslash metodologiyasidan foydalaniladi.
Qiyoslash metodologiyasining mazmuni, mohiyati va vazi
falarini yanada chuqur anglash uchun muayyan ilmiy-amaliy
asoslar mavjud.
Dostları ilə paylaş: