Adabiyotshunoslik


Adabiy komparativistikaga xos xususiyatlar



Yüklə 1,06 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/70
tarix26.11.2023
ölçüsü1,06 Mb.
#135699
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   70
qiyosiy adabiyotshunoslik

Adabiy komparativistikaga xos xususiyatlar
Adabiy komparativistikaning 
obyekti
adabiy jarayondir. 
Badiiy adabiyotni o‘rganish bilan bog‘liq barcha masalalar 
(mas., asar syujeti va kompozitsiyasi, mazmun va shakl, badiiy 
asar tili, yozuvchi uslubi va h.k
.) adabiy komparativistikaning 
predmetini tashkil etadi. S
intetizm, mentallik, retseptiv esteti
-
ka, intertekst(lik), paratekst(uallik), metatekst, gipertekst, arxi-
tekst, imagologiya, vorislik, semiotika, tipologiya, motiv
boshqa 
atamalar qiyosiy adabiyotshunoslikning asosiy tushunchalari 
hisoblanadi. 
Ilmiy adabiyotlarda ta’kidlanganidek, asarning syujeti 
va kompozitsiyasi, asar tili, motivlar, tarjima, asar poetikasi, 
yozuvchi mahorati, o‘zga xalqning boshqa bir xalq adabiyo
­
ti haqidagi qarashlari, ya’ni, adabiy retsepsiyasi (o‘zga xalq 
adabiyotini qabul qilish jarayoni) qiyosiy adabiyotshunoslik 
obyekti bo‘lishi mumkin. 
(masalan, «Navoiy rus kitobxoni ni-
gohida», «Pushkin va o‘zbek kitobxoni», «Fitratshunos yaponlar» 
kabi mavzular)
Shuningdek, ayni badiiy asarga olimlarning 
turlicha qarashlarini (masalan, «Boburnoma» haqida o‘zbek, 
rus, yapon, nemis olimlarining ilmiy izlanishlari), xalqaro 

Batafsil qarang: Расулов Р. Умумий тилшунослик. – Тошкент, 2010. – Б.78 – 115.


8
9
adabiy aloqalar, o‘zaro ta’sir, an’anaviylik va novatorlik, turli 
xil san’at 
(musiqa, rassomchilik, haykaltaroshlik, kino) 
turlari-
ning adabiyotga ta’siri kabi masalalarni ham qiyosan o‘rga-
nish mumkin.
Sharqshunos N.I.Konrad (1891–1970) qiyosiy adabiyot
­
shunoslik obyekti bo‘lishi mumkin bo‘lgan 5 ta jihatga e’ti
­
borni qaratadi: 1.Tarixiy umumiylikka ega millat adabiyot
­
lari qiyosi (mas., fors va tojik ). 2. Turli xalqlar adabiyotida 
tipologik xususiyatlar qiyosi (mas., XIX asr klassik realizmi). 
3. Turli makon va zamondagi xalqlar adabiyoti qiyosi (mas., 
rus va o‘zbek adabiyoti). 4. Bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan holda 
tipologik xususiyatlarga ega bo‘lgan adabiyotlar qiyosi (mas., 
ritsarlik romanlari va yapon harbiy epopeyalari). 5. Xalqlararo 
adabiy aloqalar qiyosi. Bu o‘rinda olim adabiy ta’sir va adabiy 
aloqalarga alohida urg‘u beradi
1
.
V.M.Jirmunskiyning (1891–1971) ta’kidlashicha, yozuvchi 
ijodini unga ta’sir o‘tkazgan milliy va xalqaro adabiy an’ana-
lar bilan qiyosan o‘rganish ham juda katta metodik ahamiyat
­
ga ega bo‘lib, adibning ijodiy individualligini, milliy va jahon 
adabiyoti taraqqiyotida tutgan o‘rnini aniqlashga yordam be
­
radi
2
.
Germaniyada nashr qilingan monografiyada komparati-
vistika fani 1) adabiyot nazariyasi komparativistikasi (Dich
­
tungs-Literaturtheorie); 2) adabiyot tarixi komparativistikasi; 
3) komparativ intermedial tadqiqotlar (komparatistische In
­
termedialitätsforschung / Comparative Arts); 4) komparativ 
madaniyatshunoslik (komparatistische Kulturwissenschaft) 

Конрад Н.И. Избранные труды. Литература и театр. – М.: Наука, 1978. – С.32 – 33.

Жирмунский В.М. Проблемы сравнительно-исторического изучение литератур // 
Известия АН. Т.XIX. Вып. 3. – М., 1960. – С.183.
kabi to‘rtta guruhga ajratilgan
1
. Bu o‘rinda mualliflar adabi
­
yot bilan aloqasi bo‘lgan har bir hodisani komparativistika 
nuqtayi nazaridan o‘rganish mumkinligi nazariyasini ilgari 
surgan.
Bundan tashqari komparativistika nazariyasiga ko‘ra 
adabiy jarayonni ikki xil yondashuv orqali qiyoslash mumkin:
1. Adabiy jarayonga tarixiy genetik yondashuv 
(kelib chiqi-
shi jihatidan bir xil yoki yaqin xalqlar adabiyoti);
2. Adabiy jarayonga qiyosiy tipologik yondashuv 
(kelib chi-
qishidan qat’iy nazar umumiy tomonlarga ega bo‘lgan xalqlar 
adabiyoti
).
Masalan, turli xalqlar adabiyotidagi abadiy mavzular, an’-
ana viy qahramonlar, janrlar, adabiy yo‘nalishlarni o‘rga nish 
masalasi.
Adabiyotni qiyosan o‘rganish jihatdan komparativistika ik
­
kita katta guruhga bo‘linadi. 
1. Makrokomparativistika – genetik jihatdan bog‘lanma
­
gan turli millat doirasidagi adabiy hodisalarning qiyosiy tah-
lili 
(ma salan: Shekspir va Navoiy ijodi). 
2. Mikrokomparativistika – bir millatga yoki hududga (re
­
gion) mansub adabiy hodisalarning qiyosiy tahlili 
(masalan: 
A.Qahhor va O‘.Hoshimov, Yassaviy va Maxtumquli ijodi sin
-
gari
)
Adabiyotshunos olimlarning ilmiy ishlarini qiyosan o‘rga-
nish ham makro yoki mikrokomparativistika obyekti bo‘lishi 
mumkin. Ye.E.Bertels (1890–1957) va A.N.Malexova (1938–
2009) bir makonda yashab ijod etgan rus olimlaridir. Ularning 

Handbuch Komparatistik: Theorien, Arbeitsfelder, Wissenspraxis / Hrsg. von Zym ner 
R., H
ö
lter A. – Stuttgart: Verlag J.B. Metzler, 2013. – 405 s; Bu haqda qarang: Со циаль -
ные и гуманитарные науки. Отечественная и зарубежная литература. Сер. 7 // Лите-
ратуроведение: Реферативный журнал. – М., 2016. – C.7 – 21.


10
11
«Lison ut-tayr» dostoniga oid ilmiy izlanishlari mikrokompa-
rativistika obyekti hisoblanadi. Har ikkala sharqshunosning 
ilmiy qarashlarini qiyosan o‘rganish shunday xulosalarga ke-
lish imkonini berdi
1
:
1. Ye.E.Bertels (1928) va A.N.Malexova (1978) tadqiqot
­
larida germenevtik ta’limot (talqin) muvozanati buzilma
­
gan, matn mohiyati o‘tkinchi g‘oya va mafkuraviy manfaatlar 
uchun qurbon qilinmagan. Ye.E.Bertelsning 40-yillardagi tad
­
qiqotlari haqida bunday deyish qiyin, chunki qatag‘on siyosa
­
ti olimni davr mafkurasi bilan hisoblashishga majbur qilgan; 
Har ikkala sharqshunosning asar syujeti, Navoiyning tasavvuf 
ta’limotiga aloqasi, Foniy taxallusini tanlash sababi, Sharq 
naziranavisligi xususidagi fikrlari deyarli hamohang. Masalan, 
Navoiy va tasavvuf masalasida Ye.E.Bertels shoirning tasavvuf 
ta’limotini chuqur bilgani, ammo so‘fiy amaliyotchi bo‘lma
­
ganini qayd qilsa, A.N.Malexova tasavvuf shoir uchun maqsad 
emas, vosita bo‘lganini ta’kidlaydi
.
2. Ye.E.Bertels masalaga tarixiy-biografik, A.N.Malexo
­
va struktur-sistematik jihatdan yondashadi. Olim hikoyatlar 
mohiyatini siyosiy, ijtimoiy-madaniy kontekstda mayda un
­
surlarigacha tahlil qiladi, A.N.Malexova esa asosiy e’tiborini 
asarning ichki kompozitsiyasi, muallif shaxsiyati, hikoyatlar 
tipologiyasi tadqiqiga qaratadi.
3. Har ikkala tadqiqot mohiyatan bir-birini to‘ldiradi. 
Ye.E.Bertels va A.N.Malexova qarashlardagi fikrlar tadriji «Li
­
son ut-tayr» dostonini turli aspektda o‘rganish mumkinligi va 
davomiyligini ko‘rsatadi.

Халлиева Г. XX аср Россия шарқшунослиги ва ўзбек мумтоз адабиёти. Монография. 
– Тошкент: Муҳаррир, 2018. – Б.133 – 134.

Yüklə 1,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin