94
95
jetni shakllantirish va kompozitsiyani tuzish jihatdan mush
tarak jihatlar bor;
shuningdek, har bir asar o‘ziga xos, so‘z
san’atining betakror namunalaridir.
Irving Stounning «Hayot ishtiyoqi» va Nodir Normatovning
«Ro‘zi Choriyevning so‘nggi vasiyati» biografik romanlari
mav zu va g‘oyasi, syujet va kompozitsiyasida ham
mushtarak
ji hatlarni kuzatish mumkin.
«Hayot ishtiyoqi»da bosh qahramon sifatida golland ras
somi Vinsent Van Gogning badiiy obrazi yaratilgan bo‘lib,
uning hayot yo‘li va ijodiy yaratmalari tarixi syujetning aso-
sini tashkil qiladi.
Nodir
Normatov asarida, yuqorida aytilganidek, o‘zbek
rassomi Ro‘zi Choriyev hayoti va ijodi yoritilgan. Taniqli adib
Erkin A’zamov asar yaratilishi to‘g‘risida shunday deydi:
«Bu
kitobni yozish N.Normatovning burchi edi. Ro‘zi Choriyev xud
-
di shunday ajoyib asarga qahramon bo‘lishga arziydigan inson
edi. Nodir bu rassomni yaqindan bilardi. Ushbu asari yozuvchi
do‘stimning ulug‘ rassomga chin ehtiromi ramzi bo‘libdi
».
1
Rassomning bolalik chog‘laridan tortib, vafotiga qadar –
mashaqqatli, ammo sermazmun va sermahsul hayotini aks
ettirgan bu asarning yaratilish sababini muallif romanning
boshidayoq qayd etadi. Rassomning
«Birgalashib bir kitob
yozsag-u, shu kitob ularning (ixlosmandlarning) savollariga
(Qanday qilib rassom bo‘ldingiz?) javob bo‘lsa...»
2
, degan taklifi
biografik romanning yaratilishiga turtki bo‘lgan.
Dostları ilə paylaş: