118
119
«Boqchasaroy fontani» da:
Amaldorlar, boylar izma-iz
Orqasidan izlab yurardi.
Yigit-yalang «Oh...» deb o‘yida,
Azob chekar edi ko‘yida.
«Suv qizi»da:
Ko‘rgan ko‘zning quvonchi ekan,
Ko‘rgan yigit qolmas sevgisiz...
Bu bilan qizlarning nihoyatda go‘zalligi ifoda etilmoqda.
3. Syujetlararo o‘xshashlik.
Maryam tatarlarning Polsha
ga hujumi vaqtida podsho haramiga keltirilgan. Orzini esa
qaroqchi Alibobo chashma bo‘yidan o‘g‘irlab saroyga olib
kelgan. Ayni zamonda tutqun qizlarning haramdagi hayoti
tasvirida mutanosibliklar bor. Ko‘rinadiki, har ikki shoir ham
ayollar erksizligi mavzusini hayotiy lavhalarda yoritgan. Bu,
o‘z navbatida, ezgulik va yovuzlik, yaxshilik va yomonlik kura-
shini ham o‘zida ifoda etadi. Garov va sulton yovuzlik timsoli,
Maryam bilan Orzi erksizlik qurboni sifatida ko‘zga tashlana
di. Har ikkala poema ham qayg‘uli yakun topadi. Ya’ni Maryam
«tarki umr» etadi. Orzi esa haramda farzandli bo‘ladi va qizi
bilan o‘zini daryoga tashlaydi.
Dostları ilə paylaş: