Qiyosiy tahlilning vazifalari Ilmiy adabiyotlarda izohlanishicha, qiyosiy tahlilning gno
seologik, mantiqiy, metodologik, metodik, akseologik kabi va
zifalari mavjud
1
. Boshqacha aytganda, biz adabiy hodisalarni
qiyoslash jarayonida, albatta, shu bosqichlardan o‘tamiz.
Qiyosiy tahlilning gnoseologik vazifasi . Uning mohiyati
va asosiy maqsadi, qiyoslash obyektlari haqida yangi bilim va
ko‘nikmalarga ega bo‘lishdir. Bu orqali biz quyidagi natijalar
ga erishamiz:
Birinchidan, qiyosiy tahlil jarayonida, har bir taqqoslanadi
gan obyekt haqida yangi ma’lumot olamiz.
Ikkinchidan, qiyoslanayotgan adabiy hodisalarning o‘zaro
ta’siri haqida yangi tushunchalarga ega bo‘lamiz.
Uchinchidan , agar obyektlarni taqqoslash jarayoni yetarli
darajada to‘liq va aniq bo‘lsa, unda ularning o‘tmishi, buguni
va kelajagi haqida umumiy tasavvur hosil qilamiz. Shu bilan
birga qiyoslash metodikasi nazariyasini boyitamiz.
Qiyosiy tahlilning mantiqiy vazifasi. Adabiy hodisalar-
ni taqqoslash jarayonida mantiqiy qonun-qoidalar ifodasi.
Qiyosiy tahlil jarayonida mantiq talablaridan uzoqlashmaslik
uchun quyidagilarga rioya qilish kerak:
1.Turli xil asosga ega adabiy hodisalarni taqqoslash man
tiqqa to‘g‘ri kelmaydi. Ko‘pincha adabiy hodisalarni qiyosiy
tahlil etish uchun turli asoslar tanlanadi. Bu hol yuz berganda
– qiyoslash jarayoni o‘zining aniqligini yo‘qotadi. U ko‘p jihat-
dan predmetsiz, demak, samarasiz bo‘lib qoladi. Qiyoslash
uchun aniq asos bo‘lishi kerak. To‘g‘ri kelgan narsani bosh
1
Минералов Ю.И. Сравнительное литературоведение (Компаративистика). Учебник.
– М.: Юрайт, 2018; Жирмунский В.М. Сравнительное литературоведение // Изб. тр. – М.:
Наука, 1979; Кокорин А.А. Сравнительный анализ: теория, методология, методика. – М.:
МГОУ, 2009.
qasi bilan qiyoslab bo‘lmaydi. Masalan, syujetni syujet bilan,
asar tilini boshqa bir asar tili bilan qiyoslash mantiqan to‘g‘ri
bo‘ladi;
2.Obyektlarga aloqasi bo‘lmagan ma’lum bir vaziyatlar tah-
lildan olib tashlanmasa, kutilgan natijaga erishib bo‘lmaydi;
3.Qiyoslash jarayonida ziddiyatlarga, qarama-qarshiliklar
ga uchrash mumkin, bu tabiiy. Hatto, o‘ta qarama-qarshi
bo‘lgan personajlarda ham albatta, mantiqqa zid bo‘lmagan
umumiy tomonlar topiladi.