Adobe Photoshop dasturi 20 dan ortiq formatdagi fayllar bilan ishlash imkoniga ega. Ular: PSD, PSB, PostScript, EPS, DCS, EPS TIFF, BMP, GIF, JPEG, TIFF, PICT, PNG, PDF, ICO, IFF, PCX, RAW, TGA, Scitex CT, Filmstrip, FlashPix, JPEG2000 va boshqalar. Eng koʻp qoʻllaniladigan formatlar: BMP (Windows Bit map — Windows ning vit xaritasi) — Windows muhitida ishlovchi kompyuterlarda ekran osti tasvirlarini qoʻllovchi dastur Microsoft Paintda keng qoʻllaniladi. JPEG, JPG (Joint Phonographic Experts Group) — hozirgi kunda eng koʻp qoʻllaniladigan formatlardan biri boʻlib, uning asosiy afzaliklaridan biri maxsus dastur yordamida fayl hajmini yetarlicha siqish imkonining mavjudligidir. Ammo faylni siqib, hajmini kichraytirish jarayonida tasvir sifatida oʻzgarish boʻladi. Fayl kuchli siqilganda tasvir sifati yomonlashishi mumkin. Ushbu formatdagi fayllar kompyuter xotirasida koʻp joy egallamaydi va hajm jihatidan kichikligi bois mazkur formatdagi tasvirlar bilan ishlash ancha oson.
TIFF (Tagger Image File Format) — bu formatdagi fayllar ham keng qoʻllanadi. Lekin Tiff formatidagi fayllar kompyuter xotirasida koʻp joyni egallaydi. Adobe Photoshop dasturida ushbu formatdagi tasvirlar bilan ishlashda dasturining ishlash tezligi sezilari ravishda kamayishi mumkin.
RGB (red, Green, Blue — qizil, koʻk, yashil) moduli tasvirni ekranda tahrir qilish nuqtai nazaridan kelib chiqqan holda juda qulay va u 24 razryadli ranglar platasi yordamida deyarli barcha 16 million ranglarni monitorlarda aks ettiriladi. RGB ranglar majmuasi bilan ishlagan barcha tasvirlarni xohlagan formatda diskka yozish mumakin. RGB ranglar majmuasidagi ayrim ranglar umuman tabiatda uchramaydi.
CMYK — tabiatda mavjud boʻlgan ranglar majmuasi, quyosh nurlari inson koʻzlari ajrata oladigan barcha ranglarni oʻziga mujassamlashtirgan. Quyosh nurlari biror — bir jismga tushganda uning taʼsiri ostida inson koʻzlari jism shakli va rangini idrok etadi. Misol uchun, binolarning oʻt oʻchirish burchaklariga osib qoʻyilgan oʻt oʻchirgichlar toʻq koʻk va zangori ranglar bilan boʻyalishiga qaramay, bizning koʻzimizga toʻq qizil rangda koʻrinadi. Ranglarni bir biriga qoʻshilishi natijasida boshqa ranglar hosil qilinadi: S — xavorang, M — binafsharang, Y — sariq rang, K — qora rang. RGB ranglar majmui keng koʻlamdagi ranglarni taklif etadi. Lekin ularning koʻp qismi (ayniqsa, yorkinlari) tasvirni chop etganda monitordagi bilan keskin farq qiladi. Shu bois xam koʻplab mutaxassislar tasvirni chop etishdan avval uni CMYKsistemasiga oʻtkazadilar.
Ayrim mutaxassislar esa tasvir bilan CMYK sistemasida ishlashni maslaxat beradilar. Ammo bu tasvir bilan ishlash turli qiyinchiliklar tutdiradi. Ayni shunday qiyinchiliklardan biri — kompyuter juda sekin ishlaydi. Bunga asosiy sabab Adobe Photoshop dasturi RGB sistemasiga sozlangan boʻlib, har bir buyruqni bajarib, uni RGB sistemasidan CMYK sistemasiga almashtirguncha kompyuter qoʻshimcha vaqt talab qiladi. Bundan tashqari, skaner va monitor RGB sistemasida ishlashga moʻljallangan. Oldin bu dastur faqat poligrafiya suratlari muharriri boʻlgan, keyinchalik esa veb-dizaynda ham ishlatila boshladi. Photoshop mediafayllar, animatsiya va boshqa turdagi ijod namunalarini qayta ishlovchi dasturlar bilan aloqadorlikka ega. Adobe ImageReady, Adobe Illustrator, Adobe Premiere, Adobe After Effects, Adobe Encore DVD dasturlari bilan hamkorlikda Photoshop proffesional DVD yaratilishida, turli darajadagi maxsus effektlarni yaratishda, televideniya, kinomotografiyada va oʻrgimchak turida ishlatilishi mumkin. Hozirda kompyuter oʻyinlarini yaratishda ham Photoshop keng ishlatilyapti. Photoshopning asosiy formati PSD yuqorida nomi keltirilgan barcha dasturlarga import va eksport qilinishi mumkin. PS CS DVDlarda menyu hosil qilish funksiyalariga ega. Dasturning juda mashxurligi sabab PSD formati Adobe Fireworks, Photo-Paint,
WinImages, GIMP, SAI, PaintShop Pro va boshqa grafik dasturlarda tan olinadi. Photoshop quyidagi rang modellarini tan oladi va ishlaydi: RGB, LAB, CMYK, Kulrang tusi, Oq-qora, Duotone, 256 rangli palitra (Indexed), Koʻp kanalli (Multichannel).
WWWda hujjatlar aniq bir kompyuter platformalariga mo'ljallangan yoki qaysidir format bilan saqlanishini oldindan aytib bo'lmaydi. Ammo kompyuterda ishlayotgan foydalanuvchi qaysi terminalda ishlashidan qat'i nazar yaxshi formatlangan hujjatni olishi kerak. Bu muammoni HTML andoza tili hal qiladi. HTML (Hyper Text Markup Language — gipermatnni belgilash tili) WWW dagipermatn hujjatlarni tayyorlash vositasidir. HTML hujjat ning tuzilishini ifodalovchi uncha murakkab bo'lmagan buyruqlar majmuyidan iborat. HTML buyruqlari orqali matnlar shaklini istagancha o'zgartirish, ya'ni matnning ma'lum bir qismini ajratib olib, boshqa faylga yozish, shuningdek, boshqa joydan turli xil rangli tasvirlami qo'yish, audio va video ma'lumotlarni joylashtirish mumkin. U boshqa hujjatlar bilan bog'laydigan gipermatnli aloqalarga ega.
Odatda, HTML tilida tahrirlash uchun dasturiy vosita talab qilin-maydi, lekin tahrirlash uchun qulay vositalar ko'p. Ba'zi dasturiy vositalarda yaratilgan veb-saytlarni ayrim brouzerlar o'qimasligi mumkin. Shuning uchun, odatda, veb-ma'lumotlar HTML tili qoidasi bo'yicha kiritiladi.
HTML internet texnologiyalarida ishlash uchun yaratilgan bo'lib, uning hujjatlari (ASCII kodlarida yozilgan) oddiy matnli fayllardan iborat. Ular maxsus belgilangan kodlami o'z ichiga oladi. HTML— hujjatlarni oddiy foydalanuvchi tomonidan yaratish va tahrirlash uchun MS FrontPage, Macromedia Dreamweaver va shunga o'xshash bir qancha maxsus dastur vositalaridan foydalanish mumkin.
MS Windows Notepad yoki Wordrad tahrirlagichida ishlaganda HTML — hujjatlarni matn ko'rinishida saqlash uchun »Soxranit как» buyrug'idan foydalanish kerak.
Oddiy matnli fayldan HTML — hujjatlar maxsus belgilar kodi (teglar) bilan farqlanadi. Bu kodlar hujjatni formatlash, tayyor maketni aniqlash, boshqa hujjatlarga taalluqli murojaatlarni ifodalash va boshqa ko'pgina amallarni bajaradi. HTML — kodlar, odatda, bosh harflar bilan yoziladi. Bu esa, o'z navbatida, ularni asosiy matndan farqlashni va tahrirlashni osonlashtiradi.
Maxsus kodlar (teglar)da yozilgan HTML — hujjatning natijasini ko'rish brouzer (browser) deb nomlanuvchi dastur orqali amalga oshiriladi. Bu kategoriyadagi dastur vositalariga HTML formatdagi elektron hujjatlarni ko'rish uchun mo'ljallangan vositalar kiradi. Zamonaviy brouzerlar nafaqat matn va grafikani, balki musiqani, inson nutqini, Internetda radio to'lqinlarini eshitishni, videokonfe-rensiyalarni ko'rishni. elektron aloqa xizmati bilan ishlashni, telekonferensiyalar xizmati bilan tanishish va shunga o'xshash ko'pgina im-koniyatlarni yaratadi. HTML — hujjatlar uchun eng ko'p qo'llaniladigan brouzerlarga Internet Explorer va Operalarni misol qilib keltirish mumkin. Brouzerda HTML — hujjatni tahrirlash imkoniyati bo'lmay, u faqat namoyish etadi. Brouzerdan chiqmas-dan turib, undagi buyruqlardan foydalanib, MS Windows Notepad yoki joriy kompyuterda mavjud bo'lgan boshqa dasturiy vositalar yordamida HTML — hujjatni tahrirlash mumkin.
Windows muxitidagi matn muxarrirlari: Notepad, TextPad, UltraEdit, EdutPlus. Ko’rsatilgan hamma matn muharrirlari yordamida HTML kodlarni yozishda qo’llash mumkin.
Ko’pgina matn muharrirlarida HTML kodlarni hatto programmalashtirish tillarida kodlarni yozish juda qulay. Ba'zilari avtomatik ravishda opеratorlar, funktsiyalarni tanish va ularni xar-xil ranglarda tasvirlash imkoniyatiga ega. Ba'zi matn muxarrirlarida HTML hujjatni wеb brauzеrda sinab ko’rish tugmasi mavjud.
HTML xujjatni yaratishga mo’ljallangan maxsus programmalar (HTML muxarrirlar) ham mavjud: FrontPage, Adobe GoLive, Macromedia Dreamweaver, Nestcape Composer. Muharrirlar 2 turga bo’linadi:
kod muxarrirlari;
WYSIWYG tеxnologiyasi (What You See Is What You Get – nimani yordamida foydalanuvchi HTML komandasi va elеmеntlarini yozmaydi, oddiy matn muxarrirlaridеk matn yozadi, tasvirlarni kеrakli joyga joylashtiradi, formatini o’zgartiradi va x.k. xolos.
Wеb animatsiyalar turlicha bo’ladi. Masalan GIF Animator dan foydalanib, tasvirlarni «Jonlantirish» mumkin. Bu wеb rеklamalarda ko’p qo’llaniladi.
GIF animatsiyalarni Ulead GIF Animator (http://www.ulead.com) va Animagic GIF Animator (http://www.rtlsoft.com/animagic/index.html) programmalari yordamida hosil qilish mumkin. GIF tasvirlardan yuqorirok o’rinda Macromedia Flash yordamida yaratilgan animatsiyalar turadi. Bu animatsiyalar intеraktiv bo’lganligi sababli Flash tеxnologiyalar ommalashib borayapti. Bu tеxnologiyani ayniqsa avtomobil ishlab chiqaruvchilar, wеb-biznеschilar, umuman, multimеdiya-prеzеntatsiya yaratmoqchi bo’lganlar kеng qo’llaydilar.
Macromedia (http://www.macromedia.com/flash/) dan tashqari CoffeeCup Firestarter (http://www.coffeecup.com) dan foydalanib animatsiyalar yaratish mumkin.
Agar foydalanuvchi multimеdia saxifasina yatarmoqchi bo’lsa, qo’shimcha instrumеntlardan foydalanishiga to’g’ri kеladi, masalan, Quick Time, Windows Media yoki boshqa multimеdia programmalari.
Microsoft kompaniyasi Windows ME va undan kеyingi chiqargan OS larida Windows Movie Maker programmasini qo’shib chiqarayapti. Bu programma yordamida vidеo roliklarni tahrirlash mumkin bo’ladi. Yana Sound Forge XP (http://www.soniefoundry.com)programmasidan tovushlarni tahrirlash va konvеrtatsiya qilishda foydalanish mumkin.
Wеb sahifalar yaratishda fayllarni joylashtirishning quyidagi usullari mavjud: